Qo‘lning erkin muskullari yelka,bilak va panja muskullariga
ajratiladi. Yelkada oldingi guruh (bukuvchi) va orqa guruh (yozuvchi)
muskullar bo‘ladi. Oldingi guruhga yelkaning ikki boshli,
tumshuqsimon yelka va yelka kamari muskullari kiradi. Yelkaning ikki
boshli muskuli uzun boshchasi kurakning bo‘g‘imusti bo‘rtig‘idan,
kalta boshchasi tumshuqsimon o‘sig‘idan boshlanadi. Muskul
qorinchasi pay orqali bilak suyagiga birikadi. Bu muskul yelka
suyagini yelka bo‘g‘imidan, bilakni tirsak bo‘g‘imidan bukadi; bilakni
87
tashqi tomonga buradi.
Tumshuqsimon
yelka
muskuli
kurakning
tumshuqsimon
o‘simtasidan boshlanib, yelka suyagiga birikadi. Muskul yelkani
bukadi va yaqinlashtiradi. Yelka kamari muskuli yelka suyagi (ikki
boshli muskul ostki qismi) dan boshlanib, tirsak suyagiga yopishadi.
Muskul bilakni tirsakdan bukadi.
Yelkaning orqa guruh muskullari uch boshli va tirsak muskullari
kiradi. Ular tirsak bo‘g‘imini yozadi. Uchboshli muskulning uchta
boshchasi bor. Uning uzun boshchasi kurakning bo‘g‘imosti
bo‘rtig‘idan, o‘rta va yon boshchalari yelka suyagi orqa yuzasidan
boshlanadi. Muskul payi tirsak suyagiga yopishgan. Tirsak muskuli
yelka suyagi pastki qismidan boshlanib, tirsak suyagi orqa yuzasiga
yopishadi.
Bilak muskullari joylashgan o‘rniga binoan oldingi,yon va orqa
guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh ham yuza va chuqur muskullardan
iborat (45-rasm). Oldingi guruh muskullar tirsak, panja va
barmoqlarni bukadi. Ularga 9 xil muskul: yelka-bilak, bilakni
tirsakdan bukuvchi, uzun kaft, barmoqlarni bukuvchi yuza va chuqur
muskullar, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskullar va kvadrat
muskullar kiradi.
Bilakning orqa guruhiga 10 xil: panja, barmoqlar va bilakni
yozuvchi, bilakni tashqariga buruvchi muskullar kiradi. Panja
muskullari kalta bo‘lib, faqat kaft yuzasida joylashgan uch guruhni
hosil qiladi.
Qo‘l panjasi muskullariga yon tomonda joylashgan bosh barmoq
va jimjiloq do‘mbog‘i muskullari, ular orasida joylashgan o‘rta guruh
kaft muskullari kiradi. Bosh barmoq do‘mbog‘i muskullariga bosh
barmoqni uzoqlashtiruvchi, bukuvchi, yaqinlashtiruvchi va bosh
barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi qo‘yuvchi to‘rtta muskul kiradi.
Muskullar bilak suyagidan boshlanib, bosh barmoq falangalariga
yopishadi. Jimjiloq do‘mbog‘i muskullari ham to‘rtta bo‘lib,
jimjiloqni
uzoqlashtiruvchi
va
bukuvchi,
jimjiloqni
boshqa
barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yuvchi va kaftning kalta muskullariga
ajratiladi.
Kaftning o‘rta guruhi to‘rtta chuvalchangsimon muskullar va
panja suyaklari orasida joylashgan еttita (uchta kaft va to‘rtta kaft
orti)suyak oralig‘i muskullardan iborat. Kaft muskullari kichikroq 19
ta muskuldan iborat. Muskullar barmoqlarning murakkab va nozik
88
harakatlarini ta'minlaydi. Ular orasida ayniqsa bosh barmoqni boshqa
barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega. Bunday
holat panja va barmoqlar yordamida ish qurolini ushlab, mеhnat
qilishga imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |