1.2. Bosh skеlеti
Bosh skеlеti, ya'ni kalla suyaklari miya qutisi va yuz bo‘limidan
iborat. Bosh skеlеti bosh miya, eshitish, muvozanat saqlash, ko‘rish va
hid bilish organlarini hamda hazm qilish va nafas olish organlari
oldingi qismini himoya qilib turadi.Bosh skеlеti miya qutisi va yuz
skеlеtiga ajratiladi (12, 13- rasmlar).
12-rasm. Bosh skеlеti (oldingi tomondan ko‘rinishi)
1-pеshona, 2 - qanshar, 3 - burun suyagi, 4, 5 - chakka, 6 - ko‘z kosasi,
7 - ko‘zning yuqori tirqishi, 8– ko’z kosasining yuqori va pastki qirrasi,
9 - ko‘zning pastki tirqishi, 10 – perpendikulyar plastinka, 11 – xanjarsimon
suyak, 12 - burun to‘sig‘i, 13 – soshnik, 14 -burunning oldingi bo‘rtig‘i,
15 - yuqori jag‘, 16 - pastki jag‘, 17 - iyak dumbog‘i, 18-tish, 19-yonoq suyagi,
20-supraorbital belgi.
Do'stlaringiz bilan baham: |