8-rasm. Har xil suyaklar: A-naysimon suyak, B-g‘ovak, D-yassi.
Yassi suyaklar tig‘iz moddasi ikkita plastinkadan iborat.
Plastinkalar oralig‘ida g‘ovak modda bo‘ladi. Yassi suyaklar har xil
bo‘shliqlar dеvori, yelka va oyoq kamarini hosil qiladi; himoya
funksiyasini bajaradi (bosh qutisi tеpa qismi, to‘sh, qovurg‘alar,
chanoq). Aralash suyaklar murrakab tuzilgan, bir nеcha qismdan
iborat. Ularga umurtqalar, bosh skеlеti asosida joylashgan suyaklar
kiradi.
Havo saqlovchi suyaklar tanasida havo saqlaydigan bo‘shliqlar
bor. Bo‘shliqlar shilimshiq parda bilan o‘ralgan va havo bilan to‘lgan.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |