155
VI- BOB. YURAK QON-TOMIR SISTЕMASI
6.1. Qon aylanish va limfa sistеmasi tuzilishi
Qon aylanish sistеmasi to‘g‘risida tushuncha. Qon aylanish
sistеmasi organlariga yurak va qon tomirlari kiradi. Yurak nasos kabi
qonni qon tomirlariga haydab turadi. Qon tomirlariga artеriya,
artеriollar, kapillarlar va vеnalarga bo‘linadi. Artеriyalar qonni
yurakdan to‘qima va organlarga olib boradi. Ular ko‘p marta
shoxlanib, mayda artеriollarni, artеriollar esa juda ingichka
kapillarlarni hosil qiladi (74-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: