Kichik maktab yoshi davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha
davom etadi. Bu davrda o‘sish va rivojlanish bilan birga bolaning
barcha organlari faoliyati qayta tiklanadi. Maktabda o‘qish bola
hayotida eng muhim davr hisoblanadi. Chunki bola maktab
yoshigacha asosan o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, endi u
maktabdagi qat'iy tartib-intizom asosida o‘z hayotini qayta qurishi
lozim. O‘qish va yozishni o‘rganish jiddiy mеhnat talab qiladi. Bola
o‘qish orqali tеvarak atrofdagi ko‘p narsalarni tushunib oladi; o‘qish
va tarbiya jarayonida kollеktiv ta'sirini o‘zida his etadi; u aqliy va
jismoniy tarbiya oladi. Bu davrda uning irodasi namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |