48
-(ъ)ңlә/(ь)ңlа ~ (i)ηңlə/(ї)ηңlа variantii
Xorazm, Qorako‘l va Olot
shevalariga xosdir: anglanglar (tushuninglar) ~
aңлaңлa ~ aηlaηla,
ko‘ringlar
~ гөръңлә ~ göriηlä.
III shахsda
-сън/сьн ~ sin/sїn, -сун ~ sun, -съ/сь ~ si/sї. -сy/сү ~
su/sü affikslari ishtirok etadi:
-сън ~ sin affiksi barcha shevalarda qo‘llanadi,
-сън/сьн ~ sin/sїn
variantlari singarmonizmli shevalarda faol ishlatiladi: eshitsin ~
ъшътсън ~
išitsin (Toshkent), qaytsin ~
қайтсьн ~
qajtsїn (qipchoq);
-sуn ~ sun varianti Namangan shevasida qayd qilinadi: korsin ~
корсун ~
korsun, bilsin
~ билсун ~ bilsun;
-sъ/sь/sy/sү ~ si/sї/su/sü variantlari Iqon, Qorabuloq shevalarida
uchraydi: borsin ~
барсь ~
barsї, ishlasin ~
и:шлəсъ ~
i:šläsi, ko‘rsin
~
көрсү ~ körsü, qo‘ysin ~
қойсу ~
qojsu;
-
дəг/тəг/лəг
~
däg/täg/läg
affiksi
Tojikistondagi
qarluq
shevalarida uchraydi: ishlasin ~
ъшлəдəг ~
išlädäg, pishirsin ~
бишəртəг ~
bi:šärtäg, olsin ~
ɔ
ллəг ~
ālläg. Bu affiks boshqa
shevalarda qayd qilinmadi, lekin Alisher Navoiy va Husayniylar o‘z
asarlarida
bu maylning III shaxsida -dik affiksini ishlatgan. Alisher
Navoiyda:
Telba ko‘nglungni, Navoiy, zabt aylay olmading.
Emdi chek andin ilik har sori borsa bordik
baytidagi
borsa bordik birikmasi
borsa borsin deb tushuniladi.
Fe’lning funksiоnаl fоrmаlаri
Sifаtdоsh shаkllаri
B shakllarda tubandagi affikslsr qatnashadi:
-р/ар/əр ~ r/аr/är affiksi. Bu affiksning bo‘lishsiz shaklida
-
s qo‘shimchasi keladi: Korar-ko‘rmasdan gəpira berma
~ Kөрəр-
көрмəстən гəпърə:əрмə ~ Körär-körmästän gäpirä:ärmä. (Andijon)
Shevalarda sifatdoshning
-ур/үр ~ ur/ür varianti qayd qilinmaydi. Faqat
adabiy til qolipidagi matnlarda qayd qilinishi mumkin:
Қалдьрғаш қара болур,
Қанать ала болур.
Qaldїrγaš qara bolur,
Qanatї ala bolуr (shim. o‘zb. shev.);
49
-мъш/мьш/мүш/муш ~ miš/mїš/müš/muš affiksi. Singarmonizmni
yo‘qotgan shevalarda faqat
-мъш/муш ~ miš/muš varianti qo‘llanadi:
borgənmish
~ б
ɔ
ргəммуш ~ bārgämmuš (Toshkent), aytganmish ~
əйтгəнъмуш ~ äjtgänimuš (Farg‘ona);
-гəн/кəн/ған/қан ~ gän/kän/γаn/qаn affiksi variantlarining barchasi
singarmonizmli shevalarda uchraydi:
Ба:шшьмда
в
он лə:пəр ба:йьң қы:зьман,
Ə:лъмдə ду:тарьм,
в
о:йьн са:зьман.
А:там-ə:нəм сəвгəнъмə вəрмəсə,
Аққьн су:ва аққаньма разьман.
Ba:ššїmda
v
on lä:pär ba:jїη qї:zїmаn,
Ä:limdä du:tarїm,
v
o:jїn sa:zїmаn.
A:tam-ä:näm sävgänimä värmäsä,
Aqqїn su:va aqqanїma razїman (Xorazm laparlaridan).
Bu affiks so‘ngidagi
n undoshi
ayrim shevalarda regressiv
assimilatsiyaga uchrashi mumkin: kelganlarga qaranglar ~
кегəллəргə
қарайлəр ~
kegällärgä qаrаjlär (Andijon). Singarmonizmni yo‘qotgan
shevalarda faqat
-гəн/кəн ~ gän/kän varianti ishlatiladi: qo‘ygan ~
қойгəн ~
qojgän, topgan ~
т
ɔ
пкəн ~
tāpkän (Toshkent);
-əн/ан ~ än/an affiksi o‘g‘uz lahjasiga oid shevalarda uchraydi:
borayotgan ~
баратьpан ~
baratїran, kelgan ~
гəлəн ~
gälän;
-доғон ~ dоγоn affiksi. Bu affiks shimoliy o‘zbek shevalarida
uchraydi va u bir variantlidir: boradigan ~
барадоғон ~
baradoγon,
keladigan ~
кəлəдоғон ~ kälädоγоn;
-джақ/джəк ~ žаq/žäk affiksi:
olmoqci ~
алджақ ~
alžaq,
ketmoqchi
~ гътджəк ~
gitžäk (Xorazm);
-ась/əсъ ~ аsї/äsi affiksi:
borgim keldi ~
barasьm gəldъ ~ barasїm
gäldi, ichgim keldi
~ и:чəсъм гəлдъ ~ i:čäsim gäldi (Xorazm);
-əйчи: ~ äjči: affiksi:
borayotgan edim ~
б
ɔ
рəйчи:дъм ~
bāräjči:dim (Quyi Qashqadaryo);
-
гучъ ~ guči affiksi Xo‘jand shevasida qayd qilinadi va bu
affiksdagi
ъ/i unlisi lab garmoniyasiga uchraydi: boradigan
edim/eding/edi ~
б
ɔ
ргучудум, бɔ
ргучудуң, бɔ
ргучудъ ~ bārgučudum,
50
bārgučuduη, bārgučudi. Faqat III shaxs
tuslanishidagina bu unli
lablanmaydi.
Rаvishdоsh shаkllаri
Bu shaklda ham bir necha affikslar qatnashadi:
-ə/а/й ~ ä/а/j affiksi.
Bu affiks varianti barcha singarmonizmli
shevalarda bor. Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda faqat
-ə/й ~ ä/j
varianti qo‘llanadi: ketə berdъ
~ кетəвурдъ ~
ketävurdi (Marg‘ilon),
o‘ynay-o‘ynay ~
oйнaй-oйнaй ~ ojnaj-ojnaj, bora-bora
~ бара-бара ~
bara-bara (qipchoq). Xorazm shevalarida uning bo‘lishsiz shakliga yana
-
ън/ьн ~ in/їn ta’kid affiksi qo‘shiladi va bu affiks tarkibidagi a/ə
/ä
unlilari ъ/ь
~ i/ї unlilariga o‘zgaradi: ko‘rmay ketdi ~
гөрмъйън гъттъ
~ görmijin gitti, olmay ketti
~ алмьйьн гъттъ ~ аlmїjїn gitti;
-п/ъп/ьп ~ p/ip/їp affiksi
. Bu affiksning
jarangsiz undosh bilan
tugagan variantlari barcha shevalar uchun xosdir: ishlab ~
ъшлəп ~
išläp, olib ~
aльп ~ alїp, lekin qipchoq shevalarida bir qator
pozitsiyalarda uning jaranglashgan varianti ham mavjud: borib edi ~
барьб/в eдъ ~ barїb/v edi, kelib edi
~ кeлъб/в eдъ ~ kelib/v edi.
-үб/уб/үп/уп ~ üb/ub/üp/up varianti shevalarda uchramaydi, lekin
adabiylashgan ayrim she’riy (folklor) matnlarda qayd qilinishi mumkin;
-гəнъ/кəнъ ~ gäni/käni affiksi.
Bu
affiks faqat singarmonizmni
yo‘qotgan shevalarda qayd qilinadi: borgani
~ б
ɔ
ргəнъ ~ bārgäni,
eshitgani
~ eшъtкəнъ ~ ešitkäni;
-
гънчə/кънчə/ғьнча/қьнча
~
ginčä/kinčä/γїnčа/qїnčа
affiksi:
yurguncha ~
йүргънчə ~
jürginčä, borguncha
~ барғьнча ~ barγїnča.
Men bormaguncha, sen kelma, kuyib-yonib yurguncha ~
Məн
бaрмaғьнчa сəн гəлмə, күйүп-йаньп йүргънчə ~ Män barmaγїnča sän
gälmä, küjüp-janїp jürginčä (o‘g‘uz).
Adabiy tilda bu shaklda birinchi
bo‘g‘inda
u(у) unlisi
keladi
. Bu affiksning shimoliy o‘zbek shevalarida
-
гъчи:/къчи:/ғьчы:/қьчы: ~ giči:/kiči:/γїčї:/qїčї: variantlari qayd
qilinadi: ko‘rguncha ~
көргъчи: ~ körgiči:, aytguncha ~
eткъчи: ~
etkiči:, borguncha ~
барғьчы: ~
barγїčї:, otguncha ~
атқьчы: ~
atqїčї:;
-и: ~ i: аffiksi. U o‘g‘uz lahjasi shevalariga xosdir.
Adabiy tildagi
-a ravishdosh affiksi ma’nosiga mos keladi: yuradi ~
йүри:dъ ~
jüri:di,
51
lekin
йүри:dъ əдъ ~
jüri:di ädi shaklidagi fe’l adabiy tildagi
yurar edi
shakliga ekvivalent bo‘ladi.
Adadiy tildagi
-gach / кach / qаch affiksining variantlari shevalarda
uchrashi dialektologik tadqiqotlarda qayd qilinmadi.
Hаrаkаt nоmi shаkllаri
Unda uch variantdagi affikslar qatnashadi:
-мəк/мақ ~ mäk/mаq affiksi
o’g‘uz lahjasi uchun xarakterlidir:
oynamoq ~
ойнамақ ~
ojnamaq, ketmoq ~
гътмəк ~ gitmäk;
-ш/ъш/ьш/үш/уш ~ š/iš/їš/üš/uš qarluq-chigil-uyg‘ur
lahjasining
xususiyatidir: bilish ~
бълъш ~
biliš, yig‘ish ~
йьғьш ~
jїγїš, o‘rish ~
оруш ~
oruš, ko‘rish ~
көрүш ~
körüš. Singarmonizmni yo‘qatgan
shevalarda
ш/ъш ~ š/iš variantlarigina ishlatiladi;
-в/ув/үв ~ v/uv/üv affikslari qipchoq
lahjasi uchun xarakterlidir:
biluv ~
бълүв ~
bilüv, eshituv ~
ешътүв ~
ešitüv, qoluv ~
қалув ~
qaluv.
Shuni ajtish lozimki
, harаkаt nоmining har uchala varianti adabiy
tilga juz’i fonetik tahrir bilan qabul qilingan va adabiy tilning ta’siri
natijasida bu affikslar shevalarda aralash qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: