Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
488
• Agar bolaning yuzi orqaga emas, oldingi
tomonga qaragan bulsa, siz
bolaning dum-
aloq orqasi o‘rniga do‘mbayib turgan qo‘l va
oyoqlarini sezishingiz mumkin. Odatda bu
katta muammo emas, faqat tug‘ruq uzoqroq
davom etishi va ayolning beli ko‘proq og‘rishi
mumkin. Ona o‘z holatini tez-tez o‘zgartirib
turishi kerak, chunki bunda bola o‘nglanadi va
tug‘ilishga tayyor bo‘ladi. Ona qo‘l va tizzasida
turishga urinib ko‘rsin.
Do'stlaringiz bilan baham: