Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Bo‘lim boshlig‘i
Davlat ijrochisi
8 — 36
Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 37 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 275 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo bo‘limida kamida 1 nafar
ish yurituvchi nazarda tutiladi.
** Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo bo‘lim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo bo‘lim faoliyat yuritadi.
*** Tumanlararo bo‘limlar tashkiliy-nazorat va material-texnik ta’minoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga
oshiriladi. Tumanlararo bo‘limlar xodimlar soni va saqlashga xarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va
xarajatlar smetasida aks etadi”;
6) 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom)da:
a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo bo‘limlarining” so‘zlari bilan
to‘ldirilsin;
b) 5-banddan “tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlariga”
degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash;
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va
samaradorligini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining
samaradorligini oshirish”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa
davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat
daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari
va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu
maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-
qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor
qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;
b) ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro
hujjatlar bo‘yicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari,
qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi
hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar,
shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va
mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish,
shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘radi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda
ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish,
shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, ijro ishi
yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiradi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy
jazo qo‘llaydi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda
ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga
oshirish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va
samaradorligini ta’minlash sohasida:
ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritadi;
Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;
ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi
ishlashini ta’minlaydi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro
yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligini
onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro
ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi;
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan
monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini ko‘rsatadi;
elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida
xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot
tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Byuro organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘radi;
axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro
xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va
boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro
hujjatlari bo‘yicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;
xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar
bilan sud hujjatlarini ijro etishda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud
qarorlari bo‘yicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar
loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro
ittifoqi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi;
d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining
samaradorligini oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va
umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni
tayyorlashda ishtirok etadi, o‘z vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini
boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi, Byuro
davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;
Byuro organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni
o‘tash bilan bog‘liq xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish
choralarini ko‘radi;
ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida
korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplayens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi;
davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni o‘tash qoidalari va odob-axloq
qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi.
Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin”;
d) 11-bandda:
o‘n yettinchi xatboshida “qidiruv e’lon qilish” so‘zlaridan keyin “va uni amalga oshirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“b” kichik band chiqarib tashlansin;
e) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash, shuningdek
yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir”;
yo) 15-bandning “i” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
j) quyidagi mazmundagi 15 -band bilan to‘ldirilsin:
“15 . Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat
organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan to‘lovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari
mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha ravishda har oylik mehnat haqi
fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli”;
z) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo bo‘limlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari
tegishincha katta davlat ijrochilari o‘rinbosarlari hisoblanadi”;
i) 19-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari
boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi xatboshi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
k) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari o‘z
maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.
Maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar”;
l) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “shuningdek, maxsus toifalar beriladigan mansablarni egallab turgan” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
7) 5-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-
ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom)da:
a) nomidan “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
b) 1-banddagi “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi
o‘rinlarda — Inspeksiya)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 2 va 4-bandlar, 9-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari, 10-band, 13-bandning birinchi xatboshisi, 26-bandning
birinchi xatboshisi, 28-band, 35-bandning birinchi xatboshisi, 36-band, 39-bandning oltinchi xatboshisi, 46-band, 47-bandning
ikkinchi va yettinchi xatboshilari, 67-bandning uchinchi xatboshisi, 68 va 70-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” va “va
Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Byuroda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi”;
d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus
ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa
mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa
mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro
direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat
vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va ma’muriy amaliyot
faoliyati bilan shug‘ullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.
Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, ma’lumot darajasi va
minimal ish tajribaga qo‘yiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan
nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi
va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini
aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi”;
e) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1
1
“8. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb
yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi”;
yo) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda
hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi”;
j) quyidagi mazmundagi 13 -band bilan to‘ldirilsin:
“13 . Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki
uning o‘rinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan
mustasno) ishlashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida maxsus o‘quv kursini o‘taganidan keyin ruxsat
beriladi”;
z) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Xodimlar xizmatni o‘tash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimlarining
kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib
chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvni o‘tkazish davrida Byuro xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat
vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish va Byuro xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh
prokuror tomonidan belgilanadi”;
i) 16-bandda:
birinchi xatboshidan “va Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Byuro xodimlariga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Byuro direktori xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qo‘yilgan holda beriladi.
Byuroning Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
Guvohnoma Byuro xodimining aybi bilan yo‘qotilishi lavozimdagi nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yo‘qotilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi”;
l) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga xizmat bo‘yicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori
tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya o‘tkaziladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi
tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan
xodimlar esa — tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan
o‘tkaziladi”;
m) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Bosh prokuror”
so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori o‘rinbosarlari;
adliya katta maslahatchisi — Byuro markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Byuroning Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Byuroning hududiy boshqarma
boshliqlari;
adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuroning markaziy
apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, Byuroning
hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘basi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar)
va tumanlararo bo‘lim boshliqlari — katta davlat ijrochilari;
adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari,
ma’murlari, muhandislari, sho‘ba mudirlari, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta
surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, axborot
texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari;
1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv bo‘yicha katta
inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;
3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan o‘tgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi.
Ushbu Nizomning 67-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga lavozimidan qat’i nazar, darajali unvonlar o‘z vaqtida beriladi”;
o) 24-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi”;
uchinchi xatboshidagi “Byuro va Inspeksiyaga” so‘zlari “Byuroga” so‘zi bilan almashtirilsin;
p) 32-bandda:
o‘ninchi xatboshidagi “Majburiy ijro byurosining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 34-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarma boshliqlari”
so‘zlari “Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
1
1
“Qimmatbaho sovg‘a, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni
belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining
Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan
mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
s) 35 va 40-bandlar, 41-bandning ikkinchi xatboshisi, 43-band, 44-bandning birinchi xatboshisi, 44 -banddagi tegishli
kelishikdagi “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
t) 38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima
shaklidagi intizomiy jazolarni qo‘llashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi
kelishish tartibiga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash o‘z vakolatiga kiruvchi xodimlarning
lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan bo‘shatishi mumkin”;
u) 45-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Inspeksiyada” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
f) 48-bandda:
birinchi xatboshidagi “va Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Byuro va Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlari,
shuningdek Byuroning, Inspeksiyaning markaziy apparatlari” so‘zlari “hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek
Byuroning markaziy apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
x) 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning o‘rinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari
rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan
taqdim etiladi.
Mas’uliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pog‘onasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning
kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda
kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi”;
ts) 50-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy
boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi”;
ch) 53-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya xodimlari xizmat avtotransporti va maxsus vositalar bilan” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
sh) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
e) 56-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Xodimlarga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga
ega bo‘lgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar
kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til
beriladi”;
yu) 63-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Byuroda xizmatni o‘tash xodim ishdan bo‘shatilganda tugatiladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat o‘tashni tugatish
uchun quyidagilar asos bo‘ladi”;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xodimning Byuroda xizmatda bo‘lishining eng yuqori yoshiga yetishi”;
ya) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish
tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan xodim o‘z vakolatlari doirasida
Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin”;
ya ) 66-bandning birinchi xatboshisidagi “Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlariga
almashtirilsin;
ya ) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Byuro va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi
mumkin”;
ya ) nizomning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni
o‘tash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |