Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar



Download 271,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana31.12.2021
Hajmi271,96 Kb.
#269119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PF-6118-сон 24.11.2020. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  18-apreldagi  “Ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish,

mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining

rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmonining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining

TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boshliq

Boshliq yordamchisi

 

 

Boshliqning



birinchi o‘rinbosari

Boshliq o‘rinbosari —

Boshliq o‘rinbosari —



Iqtisodiy jinoyatlar va

korrupsiyaga qarshi

kurashish boshqarmasi

boshlig‘i

Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni

legallashtirishga va

terrorizmni

moliyalashtirishga

qarshi kurashish

boshqarmasi boshlig‘i

 

Axborot-tahlil bo‘limi



5

Iqtisodiy jinoyatlar va

korrupsiyaga qarshi

kurashish boshqarmasi

23

Jinoiy faoliyatdan



olingan daromadlarni

legallashtirishga va

terrorizmni

moliyalashtirishga

qarshi kurashish

boshqarmasi

19

Kadrlar bo‘limi



4

Hujjatli


tekshirishlar

bo‘limi


7

Ichki


xavfsizlikni

ta’minlash

bo‘limi

3

Tashkiliy-nazorat



bo‘limi

3

 



 

Surishtiruv bo‘limi

4

Birinchi bo‘lim



6

Axborot-


kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy

etish va axborot

xavfsizligini

ta’minlash bo‘limi

2

 



Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni

legallashtirishga qarshi

kurashish bo‘limi

8

Navbatchilik



qismi

Ikkinchi bo‘lim

6

Maxsus bo‘lim



1

 

Tezkor-qidiruv



faoliyati hisobi

bo‘limi


4

Uchinchi bo‘lim

6

Moliya-xo‘jalik



bo‘limi

3

 



Terrorizmni

moliyalashtirishga

qarshi kurashish bo‘limi

3

Aydar-Arnasoy ko‘llari



tizimi resurslaridan

foydalanish sohasidagi

iqtisodiy

huquqbuzarliklarga

qarshi kurashish bo‘limi

3

Murojaatlar bilan



ishlash bo‘limi

2

Jamoatchilik bilan



aloqalar va

huquqiy axborot

bo‘limi

2

Metodologiya, xavflarni



baholash va

tipologiyalar bo‘limi

4

Xalqaro


aloqalar

bo‘limi


3

Axborotni to‘plash va

unga ishlov

berish bo‘limi

3

Hududiy


boshqarmalar va

bo‘limlar

Kriminalistika

laboratoriyasi

1

Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 031 shtat birligi



shundan markaziy apparatda — 88 shtat birligi”.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  29-maydagi  “Elektr  energiyasi  va  tabiiy  gaz  yetkazib  berish  hamda

iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmonida:

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash;

ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;

zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  majburiy  ijro  tizimi  tezkorligi  va

samaradorligini ta’minlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  tizimini  takomillashtirish,  davlat  ijrochilari  faoliyatining

samaradorligini oshirish”;

b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

v) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilab qo‘yilsinki, Byuro tugatilayotgan Sud departamentining xo‘jalik shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlari va

majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi, sud hokimiyati yoki adliya organlarining balansiga o‘tkazilgan hamda

ular tomonidan ishlatiladigan mulk (binolar, mablag‘lar va boshqa moddiy-texnikaviy boyliklar) va sud hokimiyatiga yoki adliya

organlariga ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar bundan mustasno”;

g) 6-bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“ijro  ishi  yurituvi  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjetiga  undirilgan  summaning  5  foizi,  qarzdorning  mol-

mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno”;

sakkizinchi xatboshidagi “80 foizi” so‘zlari “100 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



“Byuro  xodimlari  tomonidan  ko‘llaniladigan  va  undiriladigan  jarimalar,  shuningdek  pul  mablag‘larini  undirish

to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan

jarimalar summasining 80 foizi”;

o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

d) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-

huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-

5343-son Farmonida:

a) 3-bandda:

ikkinchi  xatboshi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish

departamenti” so‘zlaridan keyin “(keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

uchinchi xatboshi “har oylik ustamalar miqdori 50 foizni” so‘zlaridan keyin “shuningdek prokuratura organlarining ilmiy

darajaga ega bo‘lgan xodimlarining oylik maoshiga qo‘shiladigan har oylik ustamalar miqdori 30 foizni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mazkur  bandning  ikkinchi  xatboshisida  nazarda  tutilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  xarajatlar,

shuningdek  Departament  organlarining  texnik  va  yordamchi  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  bo‘yicha  xarajatlar  2020-yil  1-

noyabrdan boshlab, mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlar esa, 2020-yil 1-yanvardan boshlab

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;

b) 6-bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin;

“prokuratura organlarida pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi

va pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.

Prokuratura organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, me’yorlari va tartibi sud va

boshqa  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar,  shu  jumladan  ichki  ishlar  organlari  xodimlarining  pensiya  ta’minoti  bo‘yicha

taqdim etilgan imtiyozlarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

v) 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“8.  Belgilansinki,  ma’lumotlar  bazasiga  kiritiladigan  qarzdor  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  ro‘yxati  O‘zbekiston

Respublikasi  Hukumati  tomonidan  belgilanadigan  alohida  yirik  bitimlarni  amalga  oshirish,  alohida  turdagi  moliya-kredit  va

davlat xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalana olmaydilar.

Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  bajarilmagan  majburiyatlari  mavjudligini  tekshirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh

prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  tomonidan  yuritiladigan  Ijro  ishi  yurituvlari  yagona  elektron  bazasini  onlayn

rejimda tekshirish orqali amalga oshiriladi”.

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  8-maydagi  “Prokuratura  organlari  kadrlarini  tayyorlash,  qayta

tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-5438-son

Farmonining 6-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Akademiya  xodimlariga  Davlat  budjeti  hisobidan  prokuratura  organlari  xodimlari  uchun  belgilangan  alohida  mehnat

sharoitlari  uchun  har  oylik  ustama  hamda  qonun  hujjatlarida  belgilangan  boshqa  rag‘batlantiruvchi  qo‘shimcha  haq  va

ustamalar to‘lanadi;”.

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  23-maydagi  “Budjet  mablag‘laridan  foydalanish  samaradorligini

tubdan  oshirish  va  iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  mexanizmlarini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-

5446-son Farmonining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. 2018-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining

qabul  qilinayotgan  normativ-huquqiy  hujjatlar  ijrosini  ta’minlashdagi  faoliyati  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5343-son Farmonining 3-bandi birinchi — to‘rtinchi xatboshilari Departament va uning hududiy

bo‘linmalari xodimlariga tatbiq etilsin.

Bunda ushbu bandda ko‘rsatilgan tadbirlarni ijro etish bilan bog‘liq xarajatlar 2020-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston

Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  27-iyuldagi  “Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy

manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmonida:

1) 1-ilovada:

1-pozitsiyasi  “Tekshiruvlarning  turlari”  ustuni  “o‘tkaziladigan  tekshiruvlar”  degan  so‘zlardan  keyin  “(kameral  va  sayyor

soliq tekshiruvi hamda soliq auditi bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2-pozitsiya hamda izoh qismining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

2) 2-ilovada:

17-pozitsiyasining “Nazorat qiluvchi organ” ustunida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy

ijro byurosi” so‘zlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.

22-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

22.



Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq

qo‘mitasi

10 kundan oshmagan

holda

”;

quyidagi mazmundagi 22 -pozitsiya bilan to‘ldirilsin:



“ 22 .

Soliq auditini o‘tkazish*

O‘zbekiston Respublikasi Davlat

soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida

belgilangan muddatlardan oshmagan holda

”;

izoh qismi quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:



“*Davlat soliq xizmati organlari 2022-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  vakilni  soliq  auditi  tayinlanganligi

to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qiladi”.

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  31-oktabrdagi  “Jinoiy-huquqiy  statistika  tizimini  tubdan

takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5566-son Farmoni

12-bandining ikkinchi xatboshisidan “va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.

8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  9-sentabrdagi  “O‘zbekiston  Respublikasida  notariat  tizimini  tubdan

isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5816-son Farmonining 11-bandida:

1

1



ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“ko‘chmas  mulklar  bo‘yicha  bitimlarni  notarial  tasdiqlashda  kommunal  xizmatlar  bo‘yicha  qarzdorliklar  haqidagi

ma’lumotlarni  faqat  kommunal  tashkilotlar  axborot  tizimlari  orqali  onlayn  rejimda  tekshirish  tartibi  o‘rnatilgan  holda,  tegishli

kommunal  tashkilotlardan  bunday  qarzdorlik  mavjud  yoki  mavjud  emasligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotnoma  olish  talabi  bekor

qilinadi;

ijro  hujjatlari  bo‘yicha  qarzdorlik  mavjudligi  to‘g‘risida  ma’lumotlar  Majburiy  ijro  byurosi  axborot  tizimi  orqali  onlayn

rejimda tekshiriladi”;

uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud

departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-722-son qarorida:

1) 3-bandda:

birinchi xatboshidagi “sud ijrochilari” so‘zlari “davlat ijrochisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mulkiy  xarakterdagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  —  undiruv  summasi  bazaviy  hisoblash  miqdorining  1000  baravaridan

oshmagan  taqdirda  —  undirilayotgan  summaning  5  foizi  miqdorda,  undiruv  summasi  bazaviy  hisoblash  miqdorining  1000

baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda”;

to‘rtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2) 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

3) 1-ilovada:

a) 3-bandda:

birinchi xatboshidagi “sud ijrochisi” so‘zlari “davlat ijrochisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mulkiy  xarakterdagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  —  undiruv  summasi  bazaviy  hisoblash  miqdorining  1000  baravaridan

oshmagan  taqdirda  —  undirilayotgan  summaning  5  foizi  miqdorda,  undiruv  summasi  bazaviy  hisoblash  miqdorining  1000

baravaridan  oshgan  taqdirda  —  undirilayotgan  summaning  2  foizi  miqdorda.  Mulkiy  xarakterdagi  ijro  hujjatini  ijro  etishda

undiruvchiga belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk berilsa, ijro yig‘imi summasi ushbu mulk qiymatidan belgilanadi”;

uchinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisi” so‘zlari “davlat ijrochisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 6-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “sud ijrochisiga” so‘zlari “davlat ijrochisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“mol-mulkni davlat foydasiga o‘tkazish”;

to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.

g) 7-banddagi “Adliya vaziri” so‘zlari “Bosh prokurori” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) III bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

e) 16-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” so‘zlari “davlat ijrochisining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yo)  17-bandning  birinchi  xatboshisidagi  “Sud  departamentining”  so‘zlari  “O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

j) 18-bandda:

birinchi xatboshidagi “Sud departamentining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy

ijro byurosining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ijro  yig‘imini  qaytarish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilinganidan  boshlab  uzog‘i  bilan  ikki  kun  ichida  qaytarish  uchun

Majburiy  ijro  byurosi  markaziy  apparatiga  yuboriladi.  Ijro  yig‘imini  qaytarish  qaror  olingan  kundan  boshlab  besh  bank  kuni

davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.

10.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  12-sentabrdagi  PQ-2036-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  O‘zbekiston

Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda:

a) 71 -bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “respublika budjeti”

so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 81 -bandning beshinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “respublika budjeti”

so‘zlari bilan almashtirilsin.

11.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  13-noyabrdagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari

xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2065-son qaroriga 1

— 4-ilovalarning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“PRILOJENIYE № 1 

k postanovleniyu Prezidenta Respubliki

Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065




Download 271,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish