O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Baho  Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi



Download 436,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.11.2019
Hajmi436,62 Kb.
#26862
1   2   3   4
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish


Baho 

Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi 

A’lo 


“5” 

Mustaqil  ishlar  to‘liq  va  aniq  bajarilgan,  olingan  ma’lumotlar 

tahlil  etilib,  izchil  va  tizimli  ravishda  muammoning  echimiga 

qaratilgan  loyihalash  jarayoni  amalga  oshirilgan,  mustaqil  ishni 

bajarishga  ijodiy  yondashilgan,  muammoga  tegishli  adabiyotlardan 

unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari ijodiy tahlil asosida aks 

etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 

Yaxshi 


“4” 

           Axborotlar  ahamiyatiga  ko‘ra  tabaqalashtirilgan,  mustaqil 

ishni  bajarishga  qisman  ijodiy  yondashilgan,  muammoga  tegishli 

adabiyotlardan  unumli  foydalanilgan,  internet  ma’lumotlari  aks 

etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 

Qoniqarli 

“3” 

Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar 



va  imkoniyatlardan  to‘liq  foydalanilmagan,  berilgan  namunalarga 

asoslanib,  mantqiy  echimlar  keltirilgan,  mustaqil  ishni  bajarishga 

ko‘rsatmalar  asosidagi  tayyor  ma’lumotlardan  foydalanilgan 

mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 

Qoniqarsiz 

“2” 


  Mustaqil  ishlar    etarlicha  izchillikda  va  tizimlilik  darajasida 

bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan, 

muammoga  tegishli  adabiyotlardan  unumli  foydalanilmagan, 

internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 

 

Berilgan  savollarga  quyida  taklif  etilayotgan  mustaqil  ishlarning  shakllaridan 



foydalangan  holda  to‘liq  javob  berish,    qo‘yilgan  masalani  har  tomonlama  tahlil  etish, 

tarixiy  jarayonlar,  dalillarni  qiyoslash,  ijtimoiy  tarixiy  voqeliklarni  ilmiy  va  xolisona 

ochib  berish,  tarixiy  jarayonlarni  o‘z  mustaqil  ijodiy  yondashuvi  asosida 

yaxlit  yoritish,  tarixiy  dalillar  tahlilidan  to‘g‘ri  xulosa  chiqara  olish  zarur  bo‘ladi. 

Shuningdek, turli manbalardan foydalanganligi, aniq tarixiy sharoitdan kelib chiqib, o‘sha 

davr  tarixiy  voqeligi  aloqadorliklarini  tushunib  etishi,  berilayotgan  javoblarning  milliy 

g‘oya bilan uyg‘unligi kabi holatlarga urg‘u berishi talab etiladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

25 


V. MUSTAQIL ISHLARNING SHAKLI VA HAJMINI BELGILASH 

 

Talabalarga  mustaqil  ta’lim  mavzulari  berilar  ekan,  o‘qituvchi  har  bir 



mavzuning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  mavzularni  o‘rganishga  bo‘lgan  yondashuv, 

mavzu  natijalarini  qay  tarzda  umumlashtirish,  tahlil  qilish,  xulosalar  chiqarish  va 

ularni  oxirgi  jarayon  sifatida  baholash  uchun  taqdim  qilish  holatlarini  tushuntirib 

berishi lozim. 

Mavzularning  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  o‘rganish  jarayonida  uning 

natijalarini umumlashtirishda eng maqbul uslublar, xususan, reja asosidagi konspekt, 

tezislar,  xronologik  va  boshqa  mazmundagi  jadvallar,  diagrammalar,  chizmalar, 

xaritalar  (yoki  xaritalar  asosida  ishlash),  grafiklar,  yozma  yoki  og‘zaki  axborot, 

referat,  ilmiy  ish,  ijodiy  ish  tarzida  amalga  oshirilishining  qo‘llanishi  haqida 

ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tishi maqsadga muvofiqdir. 

Shuningdek,  talabalar  o‘zlari  tayyorlagan  mustaqil  ta’lim  topshiriqlarini  yozma 

yoki  og‘zaki,  referat  yoki  ijodiy  ish  sifatida  topshirishlarini  ham  oldindan 

belgilashlari zarur. 

Talabalar  mustaqil  ishlarining  shakli  va  hajmini  belgilashda  quyidagi  jihatlar 

e’tiborga olinishi lozim: 

- o‘qish; 

-  muayyan  fanning  o‘ziga  xos  xususiyati  va  o‘zlashtirishdagi  qiyinchilik 

darajasi; 

- talabalarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch 

bilimi); 

- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 

- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinlik darajasi 

semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib 

borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini 

asta-sekin  oshirib,  ularni  topshiriqlarni  bajarishga  tizimli  va  ijodiy  yondashishga 

o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.    


 

26 


Talabalar  mustaqil  ishini  tashkil  etishda  talabaning  akademik  o‘zlashtirish 

darajasi  va  qobiliyatini  hisobga  olgan  holda  quyidagi  shakllardan  foydalanish 

mumkin: 

-  fanning  ayrim  mavzularini  o‘quv  adabiyotlari  yordamida  mustaqil 

o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; 

- amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish; 

- ma’lum mavzu buyicha referat tayyorlash; 

- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 

-bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash; 

- hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

- maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 

-  amaliyotdagi  mavjud  muammoning  echimini  topish,  test,  munozarali  savollar 

va topshiriqlar tayyorlash; 

- ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash; 

- uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 

Fan  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  talabalarga  mustaqil  ish  uchun  boshqa 

shakllardagi  vazifalar  ham  topshirilishi  mumkin.  Talabalarga  qaysi  turdagi 

topshiriqlarni  berish  lozimligi  kafedra  tomonidan  belgilanadi.  Topshiriqlar  puxta 

o‘ylab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya 

mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini  mustahkamlash,  chuqurlashtirish,  kengaytirish  va 

to‘ldirishga xizmat qilishi kerak. 

  

 

 

 

 

 

 

 

 


 

27 


VI. MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH 

USULLARI 

 

Mustaqil    ta’limni    tashkil    qilish    jarayonida    belgilangan    mavzularning  turli  



mazmunga  va  turli  davrlarga  oid  tanlanishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Agar  

mustaqil    ta’lim    uchun    topshirilgan    mavzular    bir    xil    mazmundagi    (masalan,  

faqat    siyosiy    tarix    yoki    faqat    iqtisodiy    masalalar    va    hokazo)    mavzulardan  

iborat  bo‘lsa,  talabalarning  fanni  faqat  bir tomonlama  (yoki  cheklangan  holdagi  

malum    bir    soha    bo‘yicha)    o‘rganishlariga  majbur    qilib    qo‘yadi.    Bu    esa    o‘z  

navbatida    talabalarning    eng    avvalo    tarix  sohasidagi      bilimlarini    cheklanishiga  

yoki    bir    yoqlama    bo‘lib    qolishiga    olib    kelsa,    ikkinchidan    ularning    tarixiy  

jarayonlarni    o‘rganishdagi    turli  uslublardan    foydalanmaslikka    (chunki    malum  

uslublar    hamma    mavzular    uchun    ham    mos    kelavermaydi)    va    ularni    chetlab  

o‘tishiga    olib    keladi.    Natijada    talaba    fan    (kurs)    yuzasidan    o‘rganishi    lozim  

bo‘lgan  (ko‘zda  tutilgan)  barcha  mavzularni  o‘rganmaydi  va  etarli  bilimga  ega  

bo‘lmaydi. 

Yuqoridagilardan    xulosa    qilib    aytish    o‘rinliki,    fan    (kurs)    yuzasidan  

berilayotgan  har  bir mavzu o‘qituvchi  tomonidan  avvaldan  atroflicha  o‘rganilishi  

va    shundan    so‘nggina    talabalarga    tavsiya    qilinishi    lozim.    Bu    jarayonda  

kafedraning  o‘rni  haqida  yuqoridagi  bandlarda  aytib  o‘tilgan  edi. 

Mustaqil  ta’lim  uchun  belgilangan  (tavsiya  etilgan)  mavzular  tarix  fanining 

turli  sohalarini  qamrab  olar  ekan,  albatta  ularni  o‘rganishda  o‘ziga  xos  tarzda  

yondashish  talab  etiladi.  Mustaqil  ta’lim  mavzulari  mazmunidan  kelib  chiqqan  

holda  mustaqil  ta’lim  topshiriqlari  bir  necha  ko‘rinishda  (usulda)  tayyorlanishi 

mumkin. 

 

 

 

 

 

 

 


 

28 


Mustaqil ishlarni tayyorlash usullari: 

                         Reja (oddiy, murakkab) asosidagi konspekt: 



 

Tezislar:  

               Xronologiya: 

-jadvallar  

-chizgilar 

-hujjatli materiallar 

-fotosuratlar 

-turli so‘rovnomalar 

-xaritalar  

-diagrammalar  

-grafiklar  

-yozma yoki og‘zaki axborot 

-atamalar lug‘ati (ilmiy, 

siyosiy, iqtisodiy, 

harbiy tayanch 

tushunchalar

)

 

-slaydlar 



-axborot texnologiyalari 

asosida elektron ovozli 

namoyish va multimediya 

mahsuloti 

-ijodiy ish 

-referat  

-ilmiy ish 

     


Talaba    tomonidan    mustaqil    ta’lim    uchun    tavsiya    etilgan    mavzuning    qay  

tarzda  bajarilishidan  (mavzudan  kelib  chiqqan  holda)  qatiy   nazar,  adabiyotlar  

va    manbalar,    hujjatlar    va    matbuot    materiallarining    to‘liq    ro‘yxati    (ishda  

foydalanilganlari)  va  qisqa  tavsifi  berilishi  shartligi  maqsadga  muvofiqdir. 



 

VI.1. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish 

 

Fanning  xususiyati,  talabalarning  bilim  darajasi  va  qobiliyatiga  qarab  ishchi 

o‘quv  dasturiga  kiritilgan  alohida  mavzular  talabalarga  mustaqil  ravishda 

o‘zlashtirish  uchun  topshiriladi.  Bunda  mavzuning  asosiy  mazmunini  ifodalash  va 

ochib  berishga  xizmat  qiladigan  tayanch  iboralar,  mavzuni  tizimli  bayon  qilishga 

xizmat  qiladigan  savollarga  e’tibor  qaratish,  asosiy  adabiyotlar  va  axborot 

manbalarini ko‘rsatish lozim.  

Topshiriqni 

bajarish 

jarayonida 

talabalar 

mustaqil 

ravishda 

o‘quv 


adabiyotlaridan 

foydalanib 

ushbu 

mavzuni 


konspektlashtiradilar, 

tayanch 


iboralarning  mohiyatini  anglagan  holda  mavzuga  taalluqli  savollarga  javob 

tayyorlaydilar.  Zarur  hollarda  (o‘zlashtirish  qiyin  bo‘lsa,  savollar  paydo  bo‘lsa, 

adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa) o‘qituvchidan maslahatlar 

oladilar.  Mustaqil  o‘zlashtirilgan  mavzu  buyicha  tayyorlangan  matn  kafedrada 

himoya qilinadi.  

 


 

29 


VI.2. Referat tayyorlash 

 

Talabaga  qiyinchilik  darajasi  uning  shaxsiy  imkoniyatlari,  qobiliyati  va  bilim 

darajasiga  muvofiq  bo‘lgan  biror  mavzu  bo‘yicha  referat  tayyorlash  topshiriladi. 

Bunda  talaba  asosiy  adabiyotlardan  tashqari  qo‘shimcha  adabiyotlardan  (hujjatlar, 

yozma  manbalar,  monografiyalar,  ilmiy,  uslubiy  maqolalar,  internetdan  olingan 

ma’lumotlar,  elektron  kutubxona  materiallaridan)  foydalanib  ma’lumotlar  yig‘adi, 

tahlil  qiladi,  tizimga  soladi  va  mavzu  buyicha  imkon  darajasida  to‘liq,  keng 

ma’lumot  berishga  harakat  qiladi.  Zarur  hollarda  o‘qituvchidan  maslahat  va 

ko‘rsatmalar  oladi.  Yakunlangan  referat  kafedrada  ekspertlar  ishtirokida  himoya 

qilinadi. 



 

 

VI.3. Manbalar yordamida mavzuni yoritib berish 

 

Talaba  fan  asoslarini  puxta  egallab  olishi,  dinshunoslikni  yaxshi  bilishi  o‘quv-

tarbiya  ishlarining  qanday  tashkil  qilinishidan  tashqari,  ko‘p  jihatdan  darsliklar, 

o‘quv qo‘llanmalarining sifati va saviyasiga ham bog‘liqdir. 

Imoratni  mustahkam  poydevorsiz  qurib  bo‘lmagandek,  tarixni  manbasiz  yozib 

bo‘lmaydi. Tarixiy  manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va 

jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy 

va  ma’naviy  yodgorliklarni  tushunamiz.  Moddiy  yodgorliklar  turkumiga  ko‘xna 

manzilgoh  va  mozorlar,  shaharlar,  qasrlar  hamda  qal’alarning  xarobalari,  o‘sha 

joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy-ro‘zg‘or hamda zeb-ziynat 

buyumlari,  qadimiy  sug‘orish  inshootlarining  qoldiqlari,  oltin,  kumush  va  mis 

tangalar,  shuningdek,  ibtidoiy  odamlar  va  hayvonlarning  qoya  toshlarga  o‘yib 

ishlangan  sur’atlari,  umuman  tosh  va  boshqa  buyumlardagi  yozuvlar  kiradi. 

Ma’naviy  yodgorliklar  turkumiga  esa  uzoq  o‘tmishdan  qolgan  qo‘lyozma  asarlar 

hamda  odamlarning  turmushi  va  urf-odatlarini  o‘zida  aks  ettiruvchi  materiallar, 

shuningdek, kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar kiradi.   

Tarixiy  manbalar  inson  ijtimoiy  faoliyati  natijasida  paydo  bo‘lgan.  U  ijtimoiy 

hayotning  hamma  tomonlarini,  bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zida  aks ettiradi.  Shuning 



 

30 


uchun  tarixiy  manbalarsiz  qadimiy  odamlarning  turmushi  va  ijtimoiy  faoliyati  qay 

tarzda kechganligini bilib va o‘rganib bo‘lmaydi. Manbalar ustida ish olib borganda 

shuni ham esda tutish zarurki, har bir tarixiy davrning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u 

avvalo  ijtimoiy-siyosiy  tuzumning  tabiati,  ishlab  chiqarish  usullari,  o‘sha  davrda 

mavjud bo‘lgan moddiy madaniyat va nihoyat, yozuv texnikasining umumiy darajasi 

bilan belgilanadi.  

Manbalar  yordamida  mavzuni  yoritib  berishda  avvalambor,  tarixiy  manbalarni 

topish,  ularni  turkumlash,  chuqur  va  atroflicha  tadqiq  etish,  manbada  o‘z  aksini 

topgan  yoki  bayon  etilgan  voqealar,  keltirilgan  dalillarning  to‘la  va  haqqoniyligini 

aniqlash asosiy vazifa hisoblanadi.  



 

VI.4. Ko‘rgazmali ma’lumotlar tayyorlash 

 

Talabaga  muayyan  bayon  qilish  va  yaxshiroq  o‘zlashtirish  uchun  yordam 

beradigan  ko‘rgazmali  materiallar  (chizmalar,  jadvallar,  rasmlar,  xaritalar,  foto-

suratlar,  atamalar    lug‘ati,  maketlar,  modellar,  grafiklar,  namunalar,  kichik  badiiy 

asar)  tayyorlash  topshiriladi.  Mavzu  o‘qituvchi  tomonidan  aniqlanib,  talabaga 

ma’lum  ko‘rsatmalar,  yo‘l-yo‘riqlar  beriladi.  Ko‘rgazmali  vositalarning  miqdori, 

shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 

bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. 

Talaba  ko‘rgazmali  materiallardan  foydalanish  bo‘yicha  yozma  ravishda 

tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.  



 

VI.5. Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash 

 

Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo‘lgan 

masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan testlar tuzish topshiriladi.  

Bunda  o‘qituvchi  tomonidan  talabaga  testga  qo‘yiladigan  talablar,  uni  tuzish 

qonun-qoidalar,  qanday  maqsad  ko‘zda  tutilayotganligi,  turli  savollar  tuzishda 

mavzuning  munozarali  holatlarini  qanday  amalga  oshirish  lozimligi,  topshiriqlarni 

tuzish  usullari  bo‘yicha  yo‘l-yo‘riqlar  beriladi.  Maslahat  darslarida  bajarilgan 


 

31 


ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlash, 

aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin). 



 

VI.6. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash 

 

Talaba  biron  bir  mavzu  bo‘yicha  (mavzuni  talabaning  o‘zi  tanlashi  ham 

mumkin  (referativ  xarakterda)  maqola,  tezis  yoki  ma’ruza  tayyorlab  topshirishi 

mumkin.  Bunda  talaba  o‘quv  adabiyotlari,  ilmiy-tadqiqot  ishlari,  dissertatsiyalar, 

maqola va monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalaridan mavzuga 

tegishli ma’lumotlarni jamlaydi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, 

shaxsiy  tajribasi  va  ilmiy  natijalariga  asoslangan  holda  qo‘shimchalar,  izohlar 

keltirib,  o‘z  nuqtai-nazarini  bayon  etadi va  asoslaydi.  Bunda  talaba  o‘qituvchi bilan 

hamkorlikda  ishlaydi.  Tayyorlangan  maqola,  tezis  yoki  ma’ruza  kafedrada  himoya 

qilinadi. 



 

VI.7. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echish 

 

Bir  mavzu  yoki  bo‘lim  bo‘yicha  nostandart,  alohida  yondashib  bajariladigan, 



nazariy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  amaliy  topshiriqlarga  yondashib  talab  qilinadigan 

ilmiy-ijodiy  vazifalar,  modellar,  namunalar  yaratish  vazifasi  topshirilishi  mumkin. 

Amaliy  topshiriqlar  masalani  hal  qilishning  optimal  variantlarini  izlashga  va 

ishlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 

Talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, ilmiy topshiriqlar berish, o‘qituvchi 

bilan hamkorlikda ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirish mumkin. 

Bu  jarayonni  amalga  oshirishda  rahbar  o‘qituvchi  va  talabadan  ijodiy 

yondashuv  talab  etiladi.  Jumladan,  ma’lum  mavzu  bo‘yicha  ta’lim  muassasi  yoki 

respublika miqyosida tashkil etiladigan talabalar hamda yosh olimlar ilmiy ijodlariga 

bag‘ishlangan turli ilmiy-nazariy konferentsiyalarda ishtirok etish. 

Shuningdek,  mustaqil  ta’lim  jarayoniga  oid  mavzular  mazmun  mohiyatini 

yoritib beruvchi turli slaydlar taqdimotini amalga oshirish ham tavsiya etiladi. Yoki 

bo‘lmasa,  texnologik  vositalar  yordamida  ma’lum  vaqtga  (masalan,  40  daqiqa) 


 

32 


mo‘ljallangan biror bir mavzuning dars ishlanmasini taqdimot tarzida ishlab chiqish 

va himoya etish ham o‘ziga xos ijobiy natija beradi. 



 

VI.8. Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish. 

 

Pedagogik  texnologiya  –  tizimli,  texnologik  yondashuvlar  asosida  ta’lim 

shakllarini  qulaylashtirish,  natijasini  kafolatlash  va  ob’ektiv  baholash  uchun  inson 

salohiyati  hamda  texnik  vositalarning  o‘zaro  ta’sirini  inobatga  olib,  ta’lim 

maqsadlarini 

oydinlashtirib, 

o‘qitish  va  bilim  o‘zlashtirish  jarayonlarida 

qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik 

amaliyot  jarayonlarini  belgilash  va  tasvirlash,  talaba  kelgusi  faoliyatida  duch 

keladigan  vazifalarni  oldindan  aniqlash,  ta’lim  tarbiyaning  shakllari  va  vositalarini 

tayyorlash,  shaxsda  shakllantirish  nazarda  tutilgan  kasbiy  sifatlar  va  ma’naviy 

fazilatlarni  o‘zlashtirishga  yunaltirilgan  mashqlar  tizimini  ishlab  chiqish,  ta’limning 

natijasi  va  o‘zlashtirish  darajasi,  sifatini  baholash  mezonlariga  mos  ravishda 

talabaning  bilim  va  malakalarni  egallash  sifatini  ob’ektiv  baholash  uchun  nazorat 

vazifalarini tayyorlash, darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni 

rejalashtirish  va  nihoyat  mustaqil  mashg‘ulotlarning  tuzilmasi  va  mazmunini  ishlab 

chiqish kabilar pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

33 


VII. MUSTAQIL TA’LIM  UCHUN  TAVSIYA  ETILADIGAN  MAVZULAR 

 

 

Mustaqil ta’lim mavzulari 

Dars soatlari 

hajmi 

1-semestr 

Mahmud 

Koshg‘ariyning 



“Odobas-solihin” 

asarining 

tarbiyaviy ahamiyati 

2 

 Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari 

2 

 Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi 

2 

 Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi 

2 

Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo‘shgan xissalari 

2 

Buxoro yahudiylarining diniy marosimlari va bayramlari 

2 

O‘zbekistonda  konfessiyalararo  diniy  bag‘rikenglikning 

tarixiy tajribasi  

2 

 Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari 

2 

 O‘zbekistondagi  muqaddas  ziyoratgohlar:  Hakimat-Termiziy 

majmuasi 

2 

 O‘zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar: Qaffol ash-Shoshiy 

maqbarasi 

2 

O‘zbekistonda mustaqillik yillarda diniy ta'lim tizimida 

amalga oshirilgan islohotlar 

2 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 

I.Karimovning diniy bag‘rikenglik sohasida olib borgan 

oqilona siyosat 

2 



   JAMI: 

24 soat 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

34 


VIII. TAVSIYA QILINADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 

 

1. 


O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi T., ”O`zbekiston” 2014. 

2. 


Inson huquqlari : Universal xalqaro xujjatlar toʻplami. – T.: 1996 . 

3. 


I.Karimov.  Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., ”O`zbekiston” 1996. 

4. 


I.Karimov.  Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T., ”O`zbekiston” 1996. 

5. 


I.Karimov.  Yuksak    malakali  mutaxasislar-taraqqiyot  omili.  O`zbekiston 

Respublikasi      Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat  qurilish  akademiyasining 

ochilishi  marosimida  so`zlangan  nutqi.  1995-yil  3-oktyabr.  Asarlar  4-jild  T.: 

”O`zbekiston” 1996. 

6. 

I.Karimov. Bunyodkorlik yo`lidan. T.: ”O`zbekiston” 1996.  



7. 

I.Karimov. Amir Temur – faxrimiz g`ururimiz. A.Temur tavalludining 660 

yilligiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyadagi ma`ruza, 1996. 

8. 


I.Karimov.  Yuksak  ma`naviyatsiz  kelajak  yo`q.  ”Ma`naviyat  va  ma`rifat” 

Respublika  jamoatchilik  markazi  rahbariyati  hamda  boshqaruvi  a`zolari  bilan 

uchrashuvida    so`zlangan  nutq.  1996  yil  4-sentyabr.  Asarlar.  5-jild.  T., 

”O`zbekiston” 1997. 

9. 

I.Karimov.    Yangicha  fikrlash  va  ishlash  –davr    talabi  T.,  ”O`zbekiston”, 



1997. 

10. Mirziyoev  Sh.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekiston  davlatini 

birgalikda  barpo  etamiz.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga 

kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma 

majlisidagi nutq. T.: «O‘zbekiston» 2016. -108 b. 

11. 


Mirziyoev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lishi  kerak. 

Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari 

va  2017  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  mahkamasining  kengaytirilgan 

majlisidagi ma’ruza. T.: «O‘zbekiston» 2017. -104 b. 



 

35 


12.  Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt 

taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi.  Toshkent.:  O‘zbekiston.  2017.  -

106 b.  

13.  Mirziyoev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan 

birga quramiz. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017. -84 b. 

14. 


Ta’lim  toʻgʻrisidagi”  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  T.: 

1997.  


15. 

“Manaviy  qadriyatlar  va  milliy  o`zlikni  anglashning  tiklanishi”. 

(I.Karimovning  ”O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida:  xavfsizlikka  taxdid, 

barqarorlik  shartlari  va    taraqqiyot  kafolatlari”  asari).  Asarlar  6-jild.  T., 

”O`zbekiston”, 1997. 

16. 


Barkamol  avlod  -Oʻzbekiston  taraqqiyotining  poydevori  (I.Karimovning 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX-sessiyasida  so`zlagan  nutqi). 

Asarlar 6-jild.T., “O`zbekiston”, 1998. 

17. 


Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  toʻgʻrisida  (yangi  taxrir). 

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni. T.: “Adolat”, 1998. 

18. 

I.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T.:  O`zbekiston 1998. 



19. 

I.Karimov.  O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida:  xafsizlikka  taxdid, 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari.  Asarlar  6-jild.  T.,  ”O`zbekiston” 

1998.  


20. 

O`z  kelajagimizni  o`z  qo`limiz  bilan  qurmoqdamiz.  (I.Karimovning 

“Turkiston”  gazetasi  muxbirining  savollariga  javoblari)  Asarlar  7-jild.  T., 

“O`zbekiston”, 1999. 

21. 

O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda  (I.Karimovning  O`zbekiston 



Respublikasi Oliy  Majlisining  XIV-sessiyasidagi ma`ruzasi). Asarlar 7-jild. T., 

“O`zbekiston”, 1999. 

22. 

Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat  qilishga  xizmat  etsin: 



(I.Karimovning  “Tafakkur”  jurnali  Bosh  muxarrirning  savollariga  javoblari). 

Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999. 84-102-betlar.  



 

36 


23. 

Milliy  istiqlol  mafkurasi-xalq  e`tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchdir. 

(I.Karimovning “fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblari). Asarlar 8-jild. 

T., “O`zbekiston”,  2000. 

24. 

M.Imomnazarov,  M.Eshmuxamedova  Milliy  ma`naviyatimiz  asoslari.  T., 



“Toshkent islom Universiteti” 2001. 

25. 


Terrorizmga  qarshi  kurash  toʻgʻrisida.  Oʻzbekiston  Respublikasining 

qonuni. //Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2004. 5-son. 

26. 

Bagʻrikenglik tamoyillari Dekloratsiyasi. - T.: 2002 . 



27. 

I.Karimov 

“Mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” O`zbekiston 

Respblikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo`shma 

majlisidagi ma`ruza- T.: “O`zbekiston” 2010 yil 12-noyabr. 

28. 


I.Karimov.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas`ulmiz.  T.,  ”O`zbekiston” 

2001. 


29. 

I.Karimov.  ”Milliy  istiqlol  g`oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar” 

risolasidagi so`z bo`shi. Asarlar 9-jild. T., ”O`zbekiston”,  2001. 

30. 


I.Karimov.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  T., 

”O`zbekiston” 2002. 

31. 

I.Karimov.  Biz  tanlagan  yo`l  -  demokratik  taraqqiyot  va  ma`rifat”  dunyo 



bilan hamkorlik yo`li” T., «O`zbekiston» 2003. 

32. 


Jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirishga  va  terrorizmni 

moliyalashtirishga  qarshi  kurashish  toʻgʻrisida.  Oʻzbekiston  Respublikasining 

qonuni. //Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2004. 9-son.  

33. I.Karimov.  Istiqlol  va  ma`naviyat.  T.,  O`zbekiston »  2004.O.Musurmonova. 

Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.T.: Oʻzbekiston, 1996. 

34. B.Qosimov va boshqalar. Vatan va millat muqaddasdir. T.: Oʻqituvchi, 1996. 

35. I.Jumaboev. Hayot mazmuni va komil inson muammosi. T.: «Fan», 1996.  

36. N.Ortiqov.  Ma’naviyat:  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar.  T.:  Ma’naviyat, 

1997. 

37. M.  Imomnazarov.  Milliy  ma’naviyatimiz  nazariyasiga  chizgilar.  T.:  Sharq, 



1998. 

38. M.Oripov. Oila, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. T.: «Fan», 1998.  

39. I.Yablokov. Religiovedenie. M.1998. 


 

37 


40. A.Qodirov. Ma’naviyatning iqtisodiy tamoyillari. T.: Oʻqituvchi, 1999.  

41. Moʻminov  A.Q.  Dinshunoslik  asoslarini  oʻqitish  va  oʻrganishning  yagona 

kontseptsiyasi. – T.: ToshDShI nashriyoti, 1999 y. 

42. J.Tulenov. Ma’naviy yuksalish siri, T.: Mexnat, 2000. 

43. S.Otamurodov  “Ma`naviyat  asoslari”  ma`ruzalar matni –T.: 2000.  

44. Yoʻldoshxoʻjaev H., Rahimjonov D., Komilov M Dinshunoslik. Ma’ruzalar 

matni. – T.: Tosh DShI nashriyoti, 2000 y. 

45. T.Mahmudov  “Mustaqillik va ma`naviyat” –T.: “Sharq” 2001 

46. Milliy  istiqlol gʻoyasi: siyosiy  tushuncha va  tamoyillar.  T.:  Yangi  asr  avlodi, 

2001. 


47. I.Jabborov.,  S.Jabborov.  Jahon  dinlari  tarixi.Oʻquv  qoʻllanma.  T.: 

Oʻzbekiston. 2002   

48. P.Ivanov. Xristianstvo i religii mira. M.2002. 

49. S.Otamurodov,  S.Otamurodov  “O`zbekistonda  ma`naviy  -ruhiy    tiklanish”  –

T.: “Yangi   asr avlodi”, 2003  

50. Mas’ul muharrir akad Ibrohimov N.I. – T.: Mehnat, 2004.  

51. Toshkent  islom  madaniyati  poytaxti.          T.:  “Toshkent  islom  universiteti” 

2007. 


52. M.  Hamdamova  “Ma`naviyat    asoslari”  o`quv  qo`llanma  –T.:  “Fan  va 

texalogiya”,  2008 

53. Yuksak ma’naviyat yoʻlida. T.: «Ma’naviyat», 2008. 

54. Hasanov A., Komilov M., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov 

Q Islom tarixi. Darslik. – T.: “Toshkent islom universiteti” 2008 y.  

55. Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashning  ma’naviy–ma’rifiy 

asoslari (oʻquv qoʻllanma) T.:2008. 

56. Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lugʻat. T.: Gʻofur Gʻulom, 2009. 

57. Rahimov. «Ma’naviyat asoslari». Oʻquv qoʻllanma, T.: TDYU,  2009.  

58. Diniy    bag`rikenglik  va  mutaassiblik  (yuz  savolga  -  yuz  javob)      T.: 

“Toshkent islom universiteti” 2009.  

59. Ochildiev  A.  Missionerlik:  moxiyat,  maqsadlar,  oqibatlar  va  oldini  olish 

yoʻllari –T.: 2009. 

60. Muqaddas  dinimizga  yuksak  e’tibor  va  ehtirom.  T.:    “Toshkent  islom 

universiteti”. 2010. 


Download 436,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish