?
NAZORAT SAVOLLARI
128
VII bob. YUMSHOQ DORI VOSITALARINI
ISHLAB CHIQARISH
7.1. Surtmalar, kremlar, gellar, linimentlar, pastalar,
shamchalar va qalamchalarni ishlab chiqarish
Yumshoq dori turlarining ta’rifi va tasnifi. Yumshoq dori
vositalari, asosan, teriga, yaralarga va shilliq pardalarga sur-
tish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular ma’lum bir haroratda
o‘ziga xos reologik xossalarni namoyon qilishi bilan tasnifla-
nadi: strukturali qovushqoqlikka mutanosib bo‘lgan nonyuton
turidagi oquvchanlik, psevdoplastiklik yoki plastiklik xossalari.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular bir xil aralashgan massa bo‘-
lishi kerak.
Yumshoq dori turlari o‘z tarkibida ta’sir qiluvchi modda va
yordamchi moddani saqlaydi.
Yumshoq dori tarkibidagi asoslar va yordamchi moddalar.
Yordamchi moddalar va asoslarning funksiyali vazifasiga qarab
quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:
yumshoq asoslar-tashuvchilar (vazelin, lanolin, polietilenok-
sid va boshq.);
erish harorati va qovushqoqlikni oshiruvchi moddalar (pa-
rafin, spermaset, gidrogenizatsiya qilingan o‘simlik moylari va
boshq.);
gidrofob erituvchilar (mineral va o‘simlik moylari, izopro-
pilpalmitat, izopropilmiristat, benzilbenzoat);
suv va gidrofil erituvchilar (etanol, izopropanol, propilen-
glikol, dimetilsulfoksid);
m/s turidagi emulgatorlar (laurilsulfat natriy, emulgirlovchi
mum (emulgator ¹ 1), yuqori yog‘ kislotalarning tuzlari va
boshq.);
s/m turidagi emulgatorlar (yuqori yog‘ spirtlari, xolesterin,
jun mumining spirti va boshq.);
129
gel hosil qiluvchilar (algin kislotasi va uning tuzi, past mo-
lekulali polietilen, bentonitlar, kaolin, kolloidli kremniy dioksid,
jelatin va boshq.);
antimikrobli konservantlar (benzalkoniy xlorid, benzoy
va sorbin kislotalari, benzil spirti, krezol, xlorkrezol, etanol va
boshq);
antioksidantlar (alfa-tokoferol, askorbin kislotasi, butil-
gidrooksid toluol, natriy metabisulfiti va boshq.);
solubilizatorlar (beta-siklodekstrin, gidrofil SFM);
pH ko‘rsatkichini turg‘unlashtiruvchi moddalar (limon
kislotasi, gidrofosfor kislotaning natriyli tuzlari va boshq.);
bo‘yovchilar, maza beruvchi korrigentlar.
Yumshoq dorilarni quyidagicha tasniflash mumkin:
surtma dori turi;
kremlar;
gellar;
pastalar;
linimentlar.
SURTMALAR
Surtmalar — sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan yumshoq
dor turi bo‘lib, uning dispersion muhiti ma’lum bir haroratda
nonyuton turidagi oquvchanlikka hamda yuqori ko‘rsatkichli
reologik parametrlarga ega bo‘ladi.
GIDROFOB SURTMALAR
Gidrofob surtmalar uglevodorodli asoslarda tayyorlanadi
(vazelin, vazelin moyi, parafin). Ular o‘z tarkibida boshqa lipofil
yordamchi moddalarni ham saqlashi mumkin (o‘simlik moylari,
hayvon yog‘lari, mumlar, sintetik glitseridlar va boshq.).
GIDROFOB ABSORBSION SURTMALAR
Gidrofob absorbsion surtmalarni teriga surtilganda ekssudat
hosil qilishi mumkin. Ushbu surtmalarning asoslari ikki guruhga
bo‘linadi:
uglevodorod va suv/moy turidagi emulgatordan tashkil top-
gan gidrofob asos (vazelin, lanolin va jun mumining spirtidan
130
tashkil topgan asosga ma’lum miqdorda suv yoki suvli eritmani
suv/moy turidagi emulsiya ko‘rinishida kirgizish mumkin bo‘ladi);
girofob asos, yani suv/moy yoki moy/suv turidagi emulsiya
hosil qilgan asos (vazelin va suvli lanolan).
GIDROFIL SURTMALAR
Gidrofil surtmalar, qoida bo‘yicha, giperosmolar bo‘lib, ulardan
foydalanilganda ma’lum bir miqdor ekssudatni absorbsiya qilib
olishlari mumkin. Ushbu surtma asoslarini ikki guruhga bo‘lish
mumkin:
suvda eruvchan asoslar. Ular o‘z tarkibida suvsiz gidrofil erituv-
chilarni saqlaydi (polietilenoksid-400, propilenglikol va boshq.);
suv bilan yuviluvchan asoslar. Ular o‘z tarkibida suvda
eruvchan polimerlardan va gidrofil suvsiz erituvchilardan tash-
qari lipofil moddalarni saqlaydi (yuqori yog‘ kislotalari, vazelin,
vazelin moyi, lanolin va mumlar).
ÊREMLAR
Êremlar — yumshoq dori turlari bo‘lib, sirtga, teriga surtish
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Êremlar o‘z tarkibida bir yoki
bir nechta dispers sistemani saqlaydi. U ma’lum bir haroratda
saqlanganida kremning dispers muhiti nonyuton turidagi ko‘r-
satkichga va past reologik parametrlarga ega bo‘ladi.
Êremlar gidrofil va gidrofob bo‘lishi mumkin.
GELLAR
Gellar — yumshoq dori turlari bo‘lib, sirtga ishlatishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular dispers muhiti suvdan iborat bo‘lgan
bir yoki ko‘p fazali dispers tizimli bo‘lib, kam miqdordagi gel
hosil qiluvchi moddalar hisobiga ham reologik xossani namoyon
qiladi. Gellar asosiga qarab gidrofob (oleogellar) va gidrofil
(gidrogellar) bo‘ladi.
PASTALAR
Pastalar — sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan yumshoq
dori turi bo‘lib, uning tarkibidagi 20 %dan ortiq qattiq dispers
faza asosda suspenziya ko‘rinishida bir xil tarqalgan bo‘ladi.
Surtma, gel va kremlarda ishlatiladigan asoslardan pastalar
tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
131
LINIMENTLAR
Linimentlar — yumshoq dori turi bo‘lib, sirtga ishlatish
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ularni teriga surkab, singdirish
(linera) yordamida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |