- 40 -
10-mavzu: Yangi imlo qoidalariga asosan ayrim so’zlarning yozilishi.
Tayanch tushunchalar: Tovush, harf, diftong, monoftong, harfiy birikma,
baynalminal so‘zlar, ayrim harflar.
R E J A:
1. ѐ, ю, я harflari qo‘llaniladigan so‘zlarning imlosi.
2. Ayrim baynalminal so‘zlarni to‘g‘ri yozish me‘yorlari.
O‘zbek lotin alifbosida o‘zbek kirill alifbosidagi yo, yu, ya harflari o‘rniga
qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq.
1.ѐ, ю, я harflari ikki tovushni (й+unli) ifodalashga xizmat qilsa, bu harflar
o‘rniga yo, yu, ya harflari yoziladi: заѐм - zayom, юмор - yumor, ядро – yadro,
ѐмғир - yomg‘ir, ютуқ - yutuq, яхши – yaxshi kabi.
2. ѐ, ю, я harflari o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini
ko‘rsatishga xizmat qilsa:
1) asosan ѐ harfi o‘rniga o harfi, ю harfi o‘rniga u harfi, я harfi o‘rniga a harfi
yoziladi: стажѐр - stajyor, люстра - lustra, фляга - flaga kabi;
2) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman ѐ harfi o‘rniga
yo harflari, ю harfi o‘rniga yu harflari, я harfi o‘rniga ya harflari yoziladi: актѐр -
aktyor, бюро - byuro, снаряд - snaryad kabi.
Ko‘rinadiki, ѐ, ю, я harflari o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoqligini
ko‘rsatish uchun xizmat qilsa, uzbek lotin alifbosida ikki xil aks ettiriladi. Qachon bir
harf va qachon ikki harf yozishni qoidalashtirib bo‘lmaydi, shu sababli bunday harf
qatnashadigan so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi imlo lug‘atida ko‘rsatiladi.
«O‘zbek tilining qisqacha imlo lug‘ati»ga (O‘zFA nashriyoti, 1962) kiritilgan
so‘zlarning 41tasida ѐ harfi shunday vazifada kelgan. Ana shu so‘zlarning 17tasida ѐ
harfi o‘rniga o harfini yozish yetarli: dirijor, Iikor, schotchik, uchot kabi. Quyidagi 24
so‘zda esa ѐ harfi o‘rniga yo harflari yoziladi: aktyor, dublyor, transportyor, boksyor,
montyor, partnyor, rejissyor, repartyor, sapyor, suflyor, shafyor, minomyot,
pulemyot, samolyot, vertolyot, amyoba, slyot….
Shu lug‘atga kiritilgan so‘zlarning 55tasida ю harfi shunday vazifada kelgan.
Ana shu so‘zlarning 51tasida ю harfi o‘rniga u harfini yozish yetarli: a1umini, budjet,
luks kabi. Quyidagi 4 so‘zda esa ю harfi o‘rniga yu harflari yoziladi: byuro, byust,
menyu.
Shu lug‘atga kiritilgan so‘zlarning 47tasida я harfi shunday vazifada kelgan.
Ana shu so‘zlarning 38tasida я harfi o‘rniga a harfini yozish yetarli: molekular,
yubilar, sentabr, oktabr kabi. Quyidagi 9 so‘zda esa я harfi o‘rniga ya harflari
yoziladi: dvoryan, slavyan, naryad, snaryad, zaryad, zaryadka, plyaj, tyaga.
IX. Uzbek kirill alifbosidagi:
9) ц harfi o‘rniga uzbek lotin alifbosida:
- 41 -
a) so‘z oxirida, so‘z boshida, old qo‘shimchadan keyin, undoshdan keyin s harfi
yoziladi: кварц - kvars, шприц - shpris, целлофан - sellofan, цилиндр – silindr,
антициклон - antisiklon, конструкция - konstruksiya kabi;
b) boshqa hollarda unlidan keyin ts yoziladi: глицирин - glitsirin, гербицит -
gerbitsit, конституция- konstitutsiya kabi.
2. Ruscha щ harfi o‘rniga uzbek kirill alifbosida ш yoki шч harflari yozilar edi,
uzbek lotin alifbosida sh yoziladi (faqat meshshan so‘zida ikkita sh yoziladi):
община - obshina, ямщик - yamshik kabi.
3) ь belgisi:
a)undosh tovushning yumshoqligini ko‘rsatsa, uzbek lotin alifbosida
yozilmaydi: альбом - a1bom, вольт - volt, апрель - aprel, нефть - neft kabi;
b)ayirish belgisi vazifasini bajarsa:
- ю, я, e harflaridan oldin kelganida belgi tashlanib, ю, я, е harflari o‘rniga yu,
ya, ye harflari yoziladi: интервю - intervyu, фортепьяно - fortepyano, премьера -
premyera kabi;
- o, и harflaridan oldin kelganida belgi o‘rniga y harfi yoziladi: павильон -
pavilyon, батальон - batalyon kabi.
4) ъ belgisi:
a) rus tilidan olingan suzlarda tashlanib, undan keyin kelgan e, ю harflari
o‘rniga ye, yu harflari yoziladi: разъезд - razyezd, адъютант - adyutant kabi;
b) arab tilidan olingan suzlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно -
ma‘no, санъат - san‘at kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: