- 6 -
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o‘zbek
adabiy tili XIX-XX asrlarda yoki XX asrning 20-30 yillarida shakllangan degan
qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga
qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘lab o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek orfografiyasining tarixiy rivojlanish
jarayonlarini belgilaydi.
O'zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan
harakterlanadi: bu davrda o'zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi — bir grafik
tizimdan boshqa grafik tizimga ko'chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday
hodisa kamdan kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma'lum boiadiki, o'zbek yozuvining XX asr
tarixi to'rt davrni o'z ichiga oladi:
1-davr — arab grafikasiga asoslangan yillar (1900—1929).
2-davr — lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929—1940).
3-davr — rus grafikasiga asoslangan yillar (1940—1995).
4-davr — ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan
yillar (1995-2010)
Arab alifbosi bizda VIII asrning 20-yillaridan XX asrning 20-yillarigacha
qo‘llangan. ―Milliy uyg‘onish‖ davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar
kiritish boshlangan. Ilg‘or o‘zbek ziyolilari 1905-1907 yillardan (matbuot va so‘z
erkinligiga erishilgandan so‘ng) ayrim arabcha harflarning shakliga, ba‘zi imlo
qoidalariga isloh kiritish to‘g‘risida matbuotda yoza boshlaganlar. Ammo bu
masalaga Turkistonni boshqargan davlat amaldorlari salbiy munosabatda bo‘lib,
O‘lkada davlat tili rus tili, mahalliy tillar, ularning yozuvi, imlosi bilan shug‘ullanish
davlatning vazifasi hisoblanmaydi" deb salbiy munosabatda bo‘lganlar. O‘zbekcha
matbuot va muallimlik bilan shug‘ullangan mahalliy ziyolilar esa turli tazyiqlarga
bardosh berib, imlo va ona tili darsliklari yaratish yuzasidan o‘zlari tashabbus
ko‘rsatib ish olib borganlar, „Turkcha qoida", „Imlo" singari o‘quv qo‘llanmalarini
nashr qildirganlar, matbuotda maqolalar bilan chiqqanlar. Demak, yuqoridagi
sababalarga ko‘ra birinchi davrning 1916 yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh
qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e‘tibor savod
chiqarish, o‘qish va o‘rgatish ishlarni tashkil etish masalalariga qaratilgan va shu
maqsadda qator o‘quv – uslubiy kitoblar yaratilgan. «Ustodi avval» (Saidrasul
Saidazizov. 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «lkkinchi muallim»
(Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbarisoni»
(Abdullaxo'ja Saidmuhammad-xo'jayev, 1916) kabi qo'llanmaiar shularjumlasidandir.
1917 yil oktyabr to‘ntarishidan so‘ng mahalliy tillar, ularning alifbosi va
imlosiga rasmiy ravishda e‘tibor berila boshlangan. Ayniqsa, 1919 yil 26 dekabrda
Rusiya Respublikasida savodsizlikni tugatish to‘grisida Dekret chiqqanidan so‘ng
Qo‘shma Rusiya Sho‘rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo
masalalarini tezroq hal qilish o‘rtaga qo‘yilgan, chunki imlo va harflar shakli masala-
larini hal qilmay turib, ko‘pchilik xalqni savodxon qilib bo‘lmas edi.
1918-yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi
to‘garak-seminar – «Chig‘atoy gurungi‖ jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat va
- 7 -
Qayum Ramazonov boshchilik qilishadi. 1919-1920 yillarda bu jamiyat a‘zolari
alifboni isloh qilish bilan bog‘liq ―Bitim yo‘llari‖ kitobchasini yaratadi.
Turkiston jumhuriyati Xalq Maorif Komissarligi o‘zbek maorifchilarining
1918 yil avgustda bo‘lib o‘tgan birinchi qurultoyida arabcha harflarni isloh qilish
yuzasidan quyidagi qarorga kelingan: harflarning ikki xil shaklda, ya‘ni alohida
yozilish shakli hamda so‘z boshida yozilish shakligina bo‘lishi lozim.
1921 yilgi til va imlo qurultoyi. Turkiston Xalq Maorif Komissarligining
tashabbusi bilan (komissar Shohid Ahmadiev) 1921 yilning yanvar oyi boshida
Toshkentda uzbek tili va imlosi yuzasidan Turkiston Muxtor Jumhuriyati qurultoyi
o‘tkaziladi. Bu anjumanda harf va imlo masalasi yuzasidan ma‘ruza qilgan Fitrat o‘z
so‘zini: „Maorifimizni eski imlo va yozuv bilan kengaytmak mumkin emas. Maorifni
kengaytmak va savodsizlikni bitirmak uchun imlomizni isloh etmak lozimdir", —
degan chaqiriq bilan yakunlagan. Fitrat o‘z ma‘ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili
xususiyatlariga mos emasligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar
etishmasligini har bir harfning to‘rt shakli borligini, bunday nomukammallikdan
qutilish uchun esa uni isloh qilish zarurligini aytadi.
Mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha ma‘ruza qilgan Botu-Maxmud Xodiev
arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanmay uni lotin grafikasi asosidagi yangi
alifbo bilan almashtirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi.
1921 yil yanvargacha „Yangi imlochilar" bilan („CHig‘atoy gurungi"
qatnashchilari) „Eski imlochilar" (M.Abdurashidxonov boshchiligida), „O‘rta
imlochilar" o‘rtasida ilmiy baxs-kurash bo‘lgan edi, 1921 yilgi qurultoydan so‘ng
„Lotinchilar", ya‘ni lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini yaratuvchilar (Mahmud
Hodiev-Botu rahbarligida) paydo bo‘ldilar, bular ham kurashga qo‘shildilar.
Turkiston Respublikasi Xalq maorif komissari Sultonbek Xo‘janov Ozarbayjon
turk yangi alifbo qo‘mitasidan 1922 yilning 5 dekabrida xat oladi. Bu xatda
Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Qo‘mitasida (AzSIK) „Turk yangi alifbo qo‘mitasi"
ishlab turganligi, Qo‘mitaning maqsadi amaldagi arab alifbosini lotin alifbosi bilan
almashtirish g‘oyasini ommalashtirish va bu ishni turkiy xalqlar hayotiga joriy qilish
ekanligini bildiradi. Bu xat Turkiston Maorif Komissarligi qoshidagi Davlat ilmiy
kengashi (GUS) raisi Xalil Do‘stmuhamedovga yo‘llanadi, rais, hozircha bu ishga
zaruriyat yo‘q, mazmunidagi javob xatini hozirlaydi.
1923 yil 3–9 oktyabrda O‘rta Osiyo o‘zbeklari yozuvi va imlosini isloh qilish
yuzasidan Buxoro shahrida alifbo-imlo konferensiyasi o‘tadi. Unda 1922 yildagi
qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga unlilar uchun
6 belgi kiritiladi. Konferensiyada yangi alifbo bilan birga birinchi imlo qoidalari
Do'stlaringiz bilan baham: