10
a) pul bozori (money market) yoki pul ko’rinishidagi moliyaviy aktivlar
bozori;
b) qimmatli qog’ozlar bozori (bonds market) yoki pul ko’rinishida bo’lmagan
moliyaviy aktivlar bozori. Pul bozorida olish va sotish jarayonlari yuz bermaydi
(pulni pulga sotib olish ma’nosizdir), biroq pul bozori amal qilishi, pulga bo’lgan
talab hamda taklifni shakllanishi qonuniyatlarini tadqiq qilish makroiqtisodiy
tahlil uchun juda muhimdir. Pul bozorini, uning muvozanat shartlarini o’rganish
«pul narxi» (kredit narxi) sifatida qatnashuvchi muvozanatli foiz stavkasini va pul
massasining muvozanatli miqdorini olish, shuningdek pul bozorida muvozanatni
o’zgarish oqibatlari va uni tovar hamda xizmatlar bozoriga ta’sirini ko’rib chiqish
imkoniyatini beradi. Pul bozorida asosiy vositachilar bo’lib pul omonatlarini qabul
qiluvchi va kreditlar beruvchi banklar hisoblanadilar. Qimmatli qog’ozlar bozorida
aktsiyalar va obligatsiyalar sotiladi hamda sotib olinadi. Qimmatli qog’ozlarning
xaridorlari bo’lib, birinchi navbatda o’z jamg’armalarini daromad olish (aktsiyalar
bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha foizlar) maqsadida sarflovchi uy
xo’jaliklari hisoblanadilar. Aktsiyalarni sotuvchilari (emitentlari) sifatida firmalar,
obligatsiyalarni sotuvchilari sifatida firmalar va davlat qatnashadilar. Firmalar o’z
investitsion xarajatlarini moliyalashtirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish
uchun mablag’lar olish maqsadida aktsiya va obligatsiyalarni chiqaradilar, davlat
esa davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqaradi.
3)Makroiqtisodiy modellarda resurslar bozori mehnat bozori bilan ifoda
etilgan, chunki uning amal qilish (mehnatga talab va mehnat taklifini shakllanishi)
qonuniyatlari makroiqtisodiy jarayonlarni, ayniqsa qisqa muddatli davrda
tushuntirish imkoniyatini beradi. Mehnat bozorini o’rganishda biz turli mehnat
ko’rinishlaridan, malaka va mutaxassis tayyorlash darajasidagi farqlardan
abstraktlashimiz lozim. Uzoq muddatli makroiqtisodiy modellarda shuningdek
kapital bozori ham tadqiq qilinadi. Mehnat bozori muvozanati iqtisodiyotda
muozanatli mehnat miqdorini va muvozanatli «mehnat narxi» - ish haqi stavkasini
aniqlash imkoniyatini beradi. Mehnat bozorida muvozanat bo’lmagan holat tahlili
ishsizlik sabablari va shakllarini aniqlashga imkon beradi.
4) Valyuta bozori (foreign exchange market) – bu turli mamlakatlar milliy pul
birliklari (valyutalar) bir biri bilan ayirboshlanadigan (dollarni ienaga, evroni
funtga va shu kabi) bozor. Bir milliy valyutani boshqasiga ayirboshlash natijasida
ayirboshlash (valyuta)kursi (exchange rate).shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: