Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash, 

ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta-

namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil-

magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi.



Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga 

o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam 

hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana 

qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgila-

rining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul-

larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi-

lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning, 

gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak be-

radi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joy-

lashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan payt da 

odam o‘zini no xush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den-

giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar 

orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalar ning tebra-

nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havo ning tebra-




115

nishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing bu-

tun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi.

Sezgi chegaralari va sezgirlik

Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgi-

larning kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq. 

Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi 

ham shuncha kuchli bo‘ladi. Har qanday ta’sirdan ham sez-

gi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi hech qanday sezgi hosil 

bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, bir 

gramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa shirinlik sezil-

maydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining paydo bo‘lishi 

uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur. 

Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgi ning 

pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qila-

digan qo‘zg‘alish kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar 

uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa muayyan dara-

jada yorug‘lik sezamiz. Agar yana bitta lampochka yoqib 

qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar bir stakan choy-

ga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz, unga ya-

na ikki gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kim-

dir sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas 

farqni sezish farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish ku-

chining og‘riq tomon yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgi-

ning yuqori chegarasi deyi ladi. Masalan, kuchli tovush qu-

loqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik ko‘zni qamashtirib 

ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegarala rining dara-

jasi sezgirlikning darajasini belgi lab beradi. Bu sezgirlik sezgi 

chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sezgi che-

garasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik 

past bo‘ladi va, aksincha, sezgi chegarasining darajasi qancha-

lik past bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi.

           Sezgilarning umumiy xususiyatlari

Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik dara-

jasi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlari 



116

farqlanadi: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompen-

satsiya.

1.  Adaptatsiya (lotincha adapto – moslashmoq) sezgi 

a’zo larining muhit o‘zgarishlariga moslashuvidir. Adaptatsi-

ya 3 xil:

a) qo‘zg‘atuvchining davomli ta’siri jarayonida sezgilarning 

to‘la yo‘qolishi. Masalan, teriga biron narsa doimiy tegib tur-

sa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi;

b) kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’sirida ham sezgilar zaiflashishi 

mumkin. Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga ki-

rib qolsak, kuchli yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib, atrofdagi narsalar-

ni ajrata olmaymiz. Birozdan so‘ng analizatorlar ning sezgirli-

gi kes kin pasayadi va biz ko‘ra boshlaymiz. Bu ikki adap tatsiya 

turi psixologiyada negativ adaptatsiya deyiladi, chunki ularda 

sezgirlik keskin pasayadi;

d) sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida kamayib 

borishi. Masalan, qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirli-

gi ortadi, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiya-

si zami rida yuzaga keladi.

2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qi-

lish na 


ti 

jasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya 

deb ataladi. Qo‘z 

g‘alish jarayonining tarqalishi natijasi-

da boshqa analizatorlarning sezuvchanligi ortadi. Sen-

sibillashtirishga mashq qilish nati 

jasida erishish mum-

kin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda 

past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanadi. 

To‘qimachilik sanoatining ayrim ishchilari qora rangning  

60 ga yaqin tusini ajratadilar. Tajribali lotsman (kuzatuvchi)

lar olis masofadagi narsalarni ham yaxshi ko‘ra oladilar.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish