Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Ong nima? 

2.  Ong tuzilishiga qaysi bilish jarayonlari kiradi?

3.  Ongning qanday ta’riflari bor?

4.  Ongsizlik nima?



62

II bob.  SHAXS VA FAOLIYAT

2.1.  Shaxs psixologiyasi

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan 

tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha 

tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson 

psi xologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi 

shaxs ning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr 

Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allo-

malari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlari-

ni ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan.

Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovi-

da yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi. 

Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu 

o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabat-

larga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odam-

lardan alohida yashay olmaydi.

Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini 

davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv siste-

masining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosi-

da ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yosh-

dagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani 

egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qa-

chonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli 

munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi 

tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijti-

moiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana bosh-

laydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat 

a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret in-

sondir. Ke lib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, 

qarashla riga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt 



shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odam-

lar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib 

topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligi-

ni vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib 




63

topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa 

odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birik-

masidir. Indivi duallik temperament va xarakter xususiyatlari-

da, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayon-

lariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, 

qobiliyatlarda, faoliyat ning shaxsga xos uslubida va hokazolar-

da namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning 

bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi 

o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

 «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash 

bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individual-

lik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash 

emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha 

 

olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, 



o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga ku-

laverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida 

namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning 

individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman 

birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq 

joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryo-

dan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olma-

gunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga 

chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga 

shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo 

munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqt-

ga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individu-

allik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib 

hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun 

ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga 

oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalar ning 

psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z 

tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bi-

lan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashi-

ni taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga 

kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turi-

shi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning 

doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.



64


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish