Maktabgacha yoshdagi


Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

5.3. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha

Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli, 

boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu 

gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va 

qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtiril-

gan rollarni tez va oson yodlab oladilar. 

Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi 

ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan oson-

lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyat li 

shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. 

Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik 

farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbat-

larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi-

lan shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim 

qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyat-

lar bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi 

ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun 

o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror nar-

sani sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisobla-



221

masdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish 

ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan mak-

tabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham 

yo‘l qo‘yilgan. Bolalik dav rida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-

muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik 

xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-

shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning 

nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik 

nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya 

yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial 

olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.

Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristika-

sini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki 

juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiy-

roq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha 

torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni 

ajratishimiz mumkin.



Layoqat va uning turlari

Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, 

un dagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologi-

yada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat 

deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va 

ijtimoiy la yoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyat-

lardan oliy nerv ti zimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning 

yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik 

va fiziologik sifatlari, bi lish jara yonlarni ta’minlovchi sezgi or-

ganlari – ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan 

kelib chiqsa (bular nasliy ota-ona dan genetik tarzda o‘tadi), 

ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, 

muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlan-

tirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat 

muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anato-

mik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik 

asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan la-

yoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. 

Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana 



222

shu yuqo rida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi 

mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyat-

larini rivojlan tirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘l-

ga qo‘yish kerak.

 

Bolalar bilan individual ishlash.



Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat 

qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, 

iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng 

bu yuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham 

la yoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bi-

limga chanqoq lik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qo-

biliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor 

yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga 

layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning 

qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab 

bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.

Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobi-

liyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga 

layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4 

yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan 

turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chal-

gan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh 

tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyin-

chalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda 

musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq 

ada biy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoir-

larda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na-




223

voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali 

10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.

Qobiliyat turlari

Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobili-

yatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bi-

lan muvaffaqi 

yatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga 

ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay 

o‘qiydilar. Maxsus qobili 

yatlar kishiga qandaydir bir muay-

yan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. 

Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va 

boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.

Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yosh-

ligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va 

undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, 

yutuqlarga erish sa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning 

o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nis-

batan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki ta-

lantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, 

chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fa-

zilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shun-

day harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat 

kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidor-

li insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har 

tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qo-

biliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib 

borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va bu-

tun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.

Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va ori-

ginal tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birik-

masi  iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni 

ta lantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijti-

moiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini 

juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va 

san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasida-

gi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida  ular 

murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.




224

Talantlilikning yuqori bosqichi daholik  deb ataladi. Ijti-

moiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda 

prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daho-



lar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mah-

suli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bos-

qich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l 

ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxs-

ga aylanadilar.

Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash 

bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoq-

da. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ular-

ga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish 

bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyat li yoshlarni chet el-

lardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markaz larda o‘qitish 

va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tar-

biyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan 

ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini 

hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, 

 

sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim 



 olishni  ta’minlaydi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish