Foydalanish uchun so‘zlar: Kuzda, baxt, ozod, obod, rost,
yolg‘on, bilim.
Slayd. O‘qituvchi slayd asosida sh tovushining talaffuzi va yozi-
lishini tushuntiradi. S va h harflarining birikishidan hosil bo‘lgan
sh undoshi tilning oldingi qismidan sirg‘alib chiqadi va yumshoq
talaffuz qilinadi. Ammo tilning orqa qismida hosil bo‘ladigan unli
va undoshlar bilan yonma-yon kelganda qattiq aytiladi.
Qiyoslang: shamol–shox, shirin –qishloq.
Darslik bilan ishlash.
2-mashq. Sinf doskasida ikkitadan o‘quvchi chiqib bajara-
di. O‘quvchilar gaplarni o‘qib, -di, -dilar qo‘shimchalarini olgan
so‘zlarni topib yozadilar.
1-mashq. Foydalanish uchun berilgan so‘zlardan foydalanib,
nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, gaplarni yozadilar.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |