Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol, aqliy hujum, suhbat, «So‘z top».
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, kuz fasli aks etgan rangli rasmlar,
didaktik tarqatma materiallar, multimedia vositasi.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kuzgi, hosilni yig‘adilar, hosil
bayrami, havo, daraxtlar, barglar, poliz, sabzavotlar, qovoq, behi,
kartoshka, sholg‘om, sabzi, tayyorgarlik, issiqxona, ombor, sarg‘ayadi,
to‘kiladi, soviydi, yig‘ib olinadi, haydaydilar, tekislaydilar.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |