7-dars. UYIMIZ
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: uyimiz mavzusiga oid tayanch so‘zlar, harakatni
bildiruvchi so‘zlar, o‘rin-joy va harakat yo‘nalishini bildirgan so‘zlar
haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo-
qotda muomala madaniyatiga amal qilish, to‘g‘rilik kabi sifatlarni
shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish,
lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, sinf xonasi aks etgan rangli rasmlar,
didaktik tarqatma materiallar, multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |