Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
– davomatni aniqlash;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Oldingi mavzuning
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasi slayd yordamida
aniqlanadi. O‘quvchilar slaydda berilgan topshiriqlarni og‘zaki ba-
jaradilar. Slaydda quyidagi topshiriqlar beriladi:
Berilgan so‘zlar asosida o‘quvchilar gaplar tuzadilar. Namuna:
juda, maktabimizni, gullar, sevamiz, binosi, hovlisida, katta, bor.
«To‘g‘ri toping» o‘yini. O‘quvchilarga so‘zlar beriladi. O‘quvchilar
to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni topib daftarlariga yozadilar. Namuna: gul-
lar, maktap, boramis, sevamiz, joylashkan, qaerda, joylashgan, sinif
Do'stlaringiz bilan baham: |