Interaktiv mashq. Ovoz orqali topshiriq e’lon qilinadi.
Tushirib qoldirilgan harflarni nuqtalar o‘rniga qo‘yib,
so‘zlarni alifbo tartibida yozing.
Kito., do‘s., har., de.qon, .nor, .odring, pa.ta, .at.
Foydalanish uchun harflar: b,t,h,x,a,f.
V. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra
baholanadi, darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. Lug‘atda berilgan so‘zlar ishtirokida gap-
lar tuzish.
5-dars. KO‘CHAMIZ
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga nutqiy va grammatik mavzu ha-
qida «Ko‘chamiz» mavzusidagi tayanch so‘zlar, -ga, -ka, -qa
qo‘shimchali so‘zlarning talaffuzi va yozilishi, qayerga, qayerda
so‘rog‘i haqida ma’lumot berish.
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘z
burch va huquqlarini bilish, mulkni asrab-avaylash tuyg‘ularini tar-
biyalash.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |