d) rivojlantiruvchi:o‘qib o‘rganganlari va hayot tajribasidan foy-
dalanilgan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni
hal eta olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, «Rasmlar nima deydi?»
ta’limiy o‘yini, «Esse» metodi, «Klaster» metodi.
Dars jihozi: «Assalom, Navro‘z!» mavzusigaoid rasmlar, ular
haqida video lavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: qadimdan, xursand, yilboshi, qariyalar, ehson, nogironlar, ziyorat, mehr-muruvvat, bahor taomlari, xabar olinadi, hashar, tozalanadi, xalq sayllari, o‘tkaziladi I. Darsning borishi Darsni tashkil etish: - o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
94
2. Tashkiliy qism. «Rasmlar nima deydi?» ta’limiy o‘yini.
O‘quvchilar slaydda yoki doskaga ilingan rasmlar orqali bugungi
o‘tiladigan mavzu nomini topishlari kerak (Rasmlarda Navro‘z
bayrami tantanalari aks ettirilgan).