Dars jihozi: «Bahor keldi» mavzusigaoid rasmlar, ular haqida
video lavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: bahorda, dehqon, ko‘m-ko‘k, qip-qizil, ko‘chat, daraxt, haydaladi, ekiladi, sug‘oradi, tozalamoq I. Darsning borishi. Darsni tashkil etish: – o‘quvchilarni darsga hozirlash;
– o‘quvchilar davomatini aniqlash.
2. Tashkiliy qism. «Tezkor savollar» metodi.
Fasllar ichida eng yoshi? (Bahor)
Bahor elchisi bo‘lgan gul? (Boychechak)
Ayollar bayrami nishonlanadigan oy nomi…. (Mart)
Bahorda birinchi bo‘lib uchib keladigan qush nomi. (Turna,
qaldirg‘och)
II. O‘tilgan mavzu ustida ishlash. «Yil fasllari» bo‘yicha bajarib kelingan klasterlarni tekshirish,
javoblarni umumlashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. 1. Darslikda tasvirlangan «Bahor keldi» rasmi asosida savol-
larga javob bering:
1. Bahorda qaysi daraxt oldin gullaydi?
... .
2. Bahorda birinchi ochiladigan gulning nomi nima?
... .
3. Bahorda qaysi qush birinchi bo‘lib janubdan uchib
keladi?
... .
4. Bahorda qaysi hasharotlar uyqudan uyg‘onadi?
...
89
2-topshiriq. Berilgan so‘zlardan foydalanib, matnni davom et-
tiring.