26-dars. MUSTAHKAMLASH
1-topshiriq.
Savollarga javob bering.
1. “Til – ijtimoiy hodisa” deganda nimani tushunasiz?
2. Tilshunoslik fanining qanday bo‘limlari bor va ularda ni-
malar o‘rganiladi?
3. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Ularning qanday turlari bor?
4. Qanday tovush o‘zgarishi hodisalarini bilasiz?
Misollar asosida tushuntiring.
5. Bo‘g‘in nima?
2-topshiriq.
“Zanjir”
o‘yinini o‘tkazing.
Sinf 2 guruhga bo‘linadi. 1-guruh yozuvda ham, talaffuzda ham
tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladigan so‘zlarni navbat bilan doskaga
yozadi: sening, pasay, sovuq…
2-guruh esa faqat talaffuzda tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladigan,
ammo yozuvda ifodalanmaydigan tovush o‘zgarishlari uchray-
digan so‘zlarni doskaga yozadi:
fi k(i)r, birga, o(y)ila, so(g‘)at…
5 daqiqada kim ko‘p so‘z yozsa, g‘olib bo‘ladi.
http://eduportal.uz
46
Do'stlaringiz bilan baham: |