Quyidagi so‘zlarni rus va ingliz tillarida yozing: kitob,
sinf, o‘qituvchi, kutubxona, bilim, o‘rganmoq, aqlli, beshinchi, dars jadvali.
339-mashq.
Uyga vazifa.
Geografi ya faniga oid 10 ta terminni
izohlab yozing, yodda saqlashga harakat qiling.
97- dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Kelajakda kim bo‘lasan?
Muhandislik eng qadimgi kasb-korlardan biri sanalgan. Ilgari
Sharqda
binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi,
geometriya bilan shugʻullanuvchi kishilarni umumiy nom bilan
“muhandis” deb ataganlar.
Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva,
Samarqand, Toshkent,
Qoʻqon va boshqa shaharlarda hozirgacha
saqlanib qolgan qadimiy bino va inshootlar mavjud. Ularning
qurilishida foydalanil gan murakkab geometrik shakllar, arklar, gum-
bazlar, qubbalar, jumladan, sugʻorish va suv chiqarish inshoot -
lari (koriz, sardobalar), charxpalak (chigʻir)lar bizda muhandislik
qadimdan taraq qiy etganligini bildiradi.
(“Biz bilgan va bilmagan dunyo” kitobidan)
340-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |