O‘zingiz yashayotgan mahalla, qishloq, tu- manning nomi qanday ma’no anglatishini bilasizmi? Fikringizni 3–4 jum- lada yozma bayon qiling. 85-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Qadimiy shaharlarimiz Qadimgi Yunoniston tarixchilari uni Ma-
rokand nomi bilan yozib qoldirganlar. Amir
Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga
mashhur bo‘Idi. Unda 70 dan ortiq yirik tari-
xiy-me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgor-
liklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilo-
tining qarori bilan “Jahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga kiritildi.
U yosh jihatdan Buxoro bilan tengdosh.
1997-yilda uning ham 2500 yilligi nishonlan-
di. Shahar Sharqning durdonasi hisoblanadi.
Unga nisbatan “Ming gumbaz shahri” ibora-
si ham ishlatiladi. Ichan qal’asi oldingi holati
butunligicha saqlanib qolgan yagona shahar
bo‘lganligi uchun 1967-yildayoq qo‘riqxo-
na-shahar deb e’lon qilindi.
Topshiriq.