ONA TILI 5-sinf
o‘lchovi – naql. 3. Ilmi yo‘qning ko‘zi yumuq.
4. Ilm-u hikmat suvni yondirar. 5. Ilmlining
so‘zi – o‘q.
297-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida “Men
ham o‘z iqtidorimni namo
yish etmoqchiman”
mavzusida 10–12 ta gapdan iborat hikoya yozib
keling.
82-dars. TARIXIY VA ARXAIK SO‘ZLAR
Shom sari yurish oldidan Qorabog‘da chodir tikib uzoq turib
qoldik. Harb-u zarb mashqlarini puxtalamoq uchun qo‘shin
ichinda bo‘lib, ochiq havoda tunadik. Ko‘p vaqt o‘tkazib, safar
oldidan chodirga qaytsak, ajib manzaraning guvohi bo‘ldik.
Bizning yo‘g‘imizda chodir tuynugidan ikki kabutar tushib, bizning
xos o‘rindiqqa xas-xashak-la in qurib, biri tuxum bosib yotur edi.
Tangri taoloning bu beozor jonivorlariga xalal yetkazmaslik uchun
chodirni o‘zga qildik. Ertasi kuni, safarga jo‘nar avvalida, to‘rt nafar
navkarni mulozim birla qoldirdik. Ularga tayin etdikkim: “Tangri
taoloning beozor qushlari tuxum ochib, polaponlari uchirma
bo‘lg‘uncha, shu yonda bo‘lursiz. Polaponlar uchib chiqqach,
chodirni yig‘ib, ortimizdan yetib borg‘aysiz...”
Do'stlaringiz bilan baham: |