ONA TILI 5-sinf
55-dars.
Ng, ng
HARFLAR BIRIKMASI
VA UNING VAZIFASI
Aybsiz do‘st qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi
uchun xafa bo‘laveradigan
kishining do‘stlari dushmanga ayla-
naveradi, chunki singan
ko‘ngilni tiklab bo‘lmaydi. Do‘stining
o‘zidan o‘zib ketayotganiga chiday olmagan kishi g‘am ostida
yuraveradi. (
Yusufi y)
210-mashq.
Quyidagi so‘zlarning imlosi va talaffuziga e’tibor bering.
Ming, yengil, kenglik, ko‘nglim, tarang, durang, tanga.
211-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ng undoshi
ish tirok etgan so‘zlarni topib ostiga chizing.
1. Dunyo dunyo bo‘lib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon?
(Muhammad Yusuf)
2. Sahroyi Kabirda yozsam ko‘nglimni,
Ruhimda chinorday turding, Vatanim. (Yo‘ldosh Eshbek)
3. Tanglayimni ko‘targan “kindik momom” qo‘lisan,
Beshigimda sirlashgan shamchirog‘im tilisan. (O. Hojiyeva)
Munosabat bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |