38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni bu zararni yetkazgan shaxs
tomonidan to‘la hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qo‘shib qoplanishi kerak. Zarar
yetkazuvchi bo‘lmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning o‘rnini qoplash majburiyati yuklatilishi
mumkin.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida
tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qat’i
nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining
no}onuniy xarakatlari (xarakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning
o‘rni sudning qaror asosida qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |