26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni o‘z nomidan amalga oshirish huquqi
kafolatlari
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkor faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquqlar va
majburiyatlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning
mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida
xarakat qilayotganligini ko‘rsatishi lozim. Bunday eslatmaning bo‘lmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni
o‘z majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari
blankalaridan, muhr shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka
tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |