27.5. Spidvey Har bir aylanishda 4ta mototsiklchi ishtirok etadi, o'yinlar har 2-5 daqiqa ichida o'tkaziladi.
Garov turlari:
G'olib - o'yinchining fikricha, marraga birinchi etib keladigan mototsiklchining navbat raqami
uchun tikilgan garov;
Qo'shaloq - o'yinchi aniq tartib bilan birinchi va ikkinchi keladigan mototsiklchini navbat
raqamini tanlaydi;
Qo'shaloq dastur - o'yinchilar taklif qilingan natijalarning barcha kombinatsiyalari bo'yicha
xohlagan raqamlarga qo'shaloq garov tikishlari mumkin. Garovlar eng oz ikki navbat raqamiga
tikilishi kerak.
Qo'shimcha garovlar (Extra bets):
Juft (Even) garovi – juft tartib raqamli mototsiklchi g'alabasi uchun tikilgan garovlar (2 yoki 4);
Toq (Odd) garovi – toq tartib raqamli mototsiklchi g'alabasi uchun tikilgan garovlar (1 yoki 3);
Birinchi ikkilik (Under) garovi – birinchi ikkilikdagi raqam ishtirokchisi g'alabasi uchun tikilgan
garovlar (1,2);
Ikkinchi ikkilik (Over) garovi –ikkinchi ikkilikdagi raqam ishtirokchisi g'alabasi uchun tikilgan
garovlar (3, 4).