III. TOVUSH ALMASHINISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR
1. Tovush almashini yuqoridagilar kabi so’zning turli o’rinlarda bo’lishi mumkin.
a) so’z boshida tovush almashinishi fabrika-pabrika, fartuk-partuk, faqat-paqat
b) so’z o’rtasida tovush almashinishi ibrohim-ibroyim, sohib-soyib
c) so’z oxirida tovush almashinishi kitob- kitop, obod-obot
2. Talaffuzda bazan j-li undosh o’zining jarangsiz jufti bilan almashinishi mumkin, bu
hodisa “jarangsizlashish” deyiladi. Maktab-maktap, ozod-ozot, aktiv-aktif
3. Talaffuzda yonma-yon kelgan 2 undosh shunchaki o’rin almashtirishi ham mumkin bu
hodisa “metateza” deyiladi. –tuproq-turpoq, daryo-dayro, o’xshaydi-o’shxaydi, tebratmoq-
terbatmoq.
4. Ayrim so’zlar borki ular hozirgi adabiy tilimizga metatezaga uchragan ko’rinishda qabul
qilingan.- yomgir tarixan yog’mir shaklida ya’ni o’zagi yog’ bo’lgan metatezaga uchrab
yomg’ir shaklini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |