1 Гражданское право. Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. -М.: Проспект. 1997.
-103 б.; Узбекистан Республикасининг Фукаролик хукуки. 2-кисм./)^.Ра^монкулов,
И.Зокировларнинг умум. та.\р. остида. -Т.: Адолат. 1999 -65 б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
predm eti va m azm uni bilan harakterlanadi.
K orxonani sotish shartnom asining subyektlari sifatida fuqarolik
huquqining barcha subyektlari ishtirok etishlari mumkin. Davlat va uning
organlari, yuridik shaxslar va fuqarolar korxonani sotish shartnomasida
sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashadilar.
D av la tg a q arash li k o rx o n ala r sotilganda sotuvchi sifatid a shu
korxonaga tegishli bo'lgan davlat yuridik shaxslari ishtirok etadilar. Odatda,
korxonani sotish shartnomasining subyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyati
bilan shug'ullanayotgan fuqarolar va tijoratchi yuridik shaxslar e’tirof
e tilsa -d a, k o rx o n an i sotish sh a rtn o m a sin i ta rtib g a soluvchi qonun
h u jja tla rid a s h a rtn o m a s u b ’e k la rig a n isb a ta n b u n d a y c h e k la sh la r
belgilanmagan. Bu holat esa, istalgan fuqaroning yoki tijoratchi bo'lmagan
yuridik shaxsning korxonani sotish shartnomasining subyekti bo'la olishi
mumkinligini anglatadi. Korxonani sotib olgan fuqaro tadbirkorlik faoliyati
bilan shug'ullanish uchun ruxsatnom aga ega bo'lmasdan ham korxonaga
nisbatan m ulk huquqining sohibi bo'lishga haqli. Bu holatda korxonanining
tadbirkorlik faoliyatini shunday ruxsatnom aga ega bo'lgan mulkdorning
vakili am alga oshirishi yoki m ulkdor korxonani ijaraga berish orqali bu
faoliyatini olib borishi mumkin.
K orxonani sotish shartnom asi ko'chm as m ulkni sotish shartnom asi
kabi ta ra fla r imzolagan yozma shakldagi hujjat tarzida tuziladi. Ushbu
s h a rtn o m a k o 'c h m a s m u lk n i so tish d a n farq lan ib , u n in g shakli va
rasm iylashtirishiga nisbatan FK quyidagi qo'shimcha talablarni belgilaydi:
1. Korxona mol-mulki, huquq va m ajburiyatlarining haqiqiy holatini
ifodalaydigan hujjatlarni shartnom aga ilova qilish. Bu talab korxonaning
h uquq subyektliligi bilan bog'liq bo'lib, uning uchinchi shaxs oldidagi
m ajb uriy atlari va m ulkiy talablarini aniqlashga va kelajakda taraflar
o 'rtasida nizo vujudga kelm asligiga xizmat qiladi. Shartnom aga ilova
q ilin a d ig a n h u j ja tl a r ju m la s ig a : in v e n ta riz a ts iy a d a lo la tn o m a si,
b ux g alteriy a balansi, m ustaqil auditorning korxona tarkibi va uning
qiym ati to'g'risidagi xulosasi, kreditorlar va ular qo'yayotgan talablar
xususiyati, miqdori va m uddatlari ko'rsatilgan qarzlar ro'yxati kiradi
2. Shartnom aning notarial guvohlantirilishi. B a’zi hollarda korxonani
sotish shartnom asida notarial guvohlantirilish talab qilinmaydi. FKning
490-m oddasiga m uvofiq, vakolatli davlat organining qaroriga binoan
tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial
guvohlantirilishi sh art emas. Ayni vaqtda Qonunning 110-moddasi 2-
qismi 2-bandiga ko'ra, taraflard an birining talabi bilan ushbu shartnom a
notarial tasdiqlanishi shartligini ham aytib o'tish lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K o 'c h m a s m ulk n i so tish s h a rtn o m a s i k a b i k o lrx o n a n i sotish
shartnom asi davlat ro 'y x atid an o'tkaziladi. K orxona h u q u q subyekti
hisoblanganligi munosabati bilan uni sotish shartnomasi adliya organlarida
ro'yxatga olinadi.
Yuqoridagi talablarga am al qilm asdan tuzilgan korxonani sotish
shartnom asi haqiqiy emas deb topiladi. Bunday shartnom a o'z-o'zidan
haqiqiy bo im agan bitim hisoblanadi, uni bajarishga yo'l qo'yilmaydi va
bir tarafning bitimni bajarishi uni haqiqiy deb hisoblanishiga olib kelmaydi.
Shuningdek, taraflardan birining korxonani sotish shartnom asining davlat
ro'yxatidan bosh tortishi, ikkinchi tarafning sud tartibida shartnom ani
ro'yxatdan o'tkazdirishiga olib kelmaydi.
Korxonani sotish shartnom asining predm eti shartnom aning asosiy
sharti hisoblanadi. FKda korxonani sotish shartnomasiga nisbatan q a t’iy
talablar qo'yilgan. Birinchi navbatda, ushbu shartnom aning predm eti
mulkiy m ajm ua hisoblangan korxona hisoblanadi. Ikkinchidan esa, firma
nomi, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va sotuvchini ham da
uning m ahsulotini, u b ajaradigan ish yoki ko 'rsatad ig an xizm atlarni
shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari shartnom a
predm etini tashkil etadi.
FKning 85-moddasiga muvofiq, bu tu n korxona m ulkiy kompleks
sifatida ko'chm as mulk hisoblanadi. Mulkiy kompleks b o ig an korxona
tarkibiga uning faoliyati uchun m o'ljallangan ham m a m ulk turlari, shu
ju m la d a n y e r u c h a stk a la ri, b in olar, in sh oo tlar, u sk u n a , in v e n ta r,
xomashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani,
uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alom atlarga
(firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari) b o ig an huquqlar
va boshqa m utlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnom ada boshqacha
tartib nazarda tutilgan boim asa, kiradi.
M ulkiy m ajm u a sifatid a k o rxo n an in g ta rk ib ig a k iru v c h i m ol-
mulklarning ro'yxati aniqlanishi lozim. Sotiladigan korxona tarkibi va uning
qiymati korxonani sotish shartnomasida inventarizatsiyalashning belgilangan
qoidalariga muvofiq o'tkaziladigan korxonani to'liq inventarizatsiyalash
asosida aniqlanadi.
Um um iy qoidaga ko'ra, korxonaning predm eti m oddiy va nomoddiy
n e’m atla rd a n tashkil topadi. K orxona p redm eti hisoblangan m oddiy
ne’m atlarga korxonaning binosi, turli xildagi ishlab chiqarish vositalarini
kiritish m umkin. Nomoddiy n e ’m atlarg a esa, korxonaning h u q u q va
m ajburiyatlari, m utloq huquq obyektlari (patent, firm a nomi, to v ar
belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va h.k.) kiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
S otilayotgan korxonaning m ajb u riy atlari xususida sotuvchi o'z
kreditorlarini, korxona sotib oluvchilarga topshirilgunga q ad ar uning
sotilishi haqida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Qarzning boshqa shaxsga o'tkazilishiga roziligini sotuvchiga yozma
ravishda bildirm agan kreditor korxona sotilishi to'g'risida bildirish xati
olgan k u n d an boshlab uch oy m obaynida yo m ajburiyatni bajarishni
to'xtatishni yoki m uddatidan oldin bajarishni va sotuvchi tomonidan
zarar qoplanishini, yo bo'lmasa korxonani sotish shartnomasini butunlay
yoxud uning tegishli qismini haqiqiy emas deb topishni talab qilish
huquqiga ega.
Korxonaning sotilishi to'g'risida ushbu moddaning birinchi qismida
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani
sotib oluvchiga topshirgani to'g'risida xabar topgan yoki xabar topishi
lozim bo'lgan kundan boshlab bir yil mobaynida ushbu moddaning ikkinchi
qismida nazarda tutilgan talablarni qondirish haqida d a’vo qo'zg'atishi
mumkin.
K orxona sotib oluvchiga topshirilganidan so'ng sotuvchi va sotib
olu vchi to p sh irilg a n korx o n a ta rk ib ig a k iritilg a n , sotib oluvchiga
kred ito rn in g roziligisiz o 'tkazilgan qarzlar bo'yicha solidar javobgar
bo'ladilar.
Firm a nomi, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va sotuvchini
ham da uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko'rsatadigan xizmatlarni
shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar
korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
sotib oluvchiga o'tadi.
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug'ullanishi uchun berilgan
m axsus ru xsatnom a (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, korxonani sotib
oluvchiga berilmaydi. Chunki, bunday litsenziyalar m a ’m uriy huquqiy
h a ra k te rg a ega bo'lib, faqatgina m uayyan shaxs nomiga beriladi va
boshqa shaxsga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.
Agar, sotuvchi shartnom a bo'yicha topshiriladigan korxona tarkibiga
m axsus ruxsatnom a (litsenziya) ga ega bo'lmagani tufayli sotib oluvchi
bajara olmaydigan m ajburiyatlam i kiritsa, u kreditorlar oldidagi tegishli
m ajburiyatlardan ozod qilinmaydi. Bunday m ajburiyatlam i bajarmaganlik
u c h u n sotuvchi va sotib oluvchi k redito rlar oldida solidar javobgar
bo'ladilar.
Korxonani sotish shartnom asining bahosi, FKning 491-moddasida
ko'zda tutilgan hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunday hujjatlarni tuzish
www.ziyouz.com kutubxonasi
u ch u n qilingan xarajatlar tarflarn in g kelishuviga ko ‘ra qoplanadi va
u n in g q iy m a ti sh artn o m a b ah o sig a kiritilm aydi. K o rxo nan i sotish
shartnom asi taraflarning erki asosida tuziladigan shartnom a boiganligi
sababli, baho taraflarning erk-irodalariga muvofiq belgilanadi.
K o rx o n a n i sotish s h a rtn o m a s in in g m u d d a tin i b e lg ila sh h a m
taraflarning erkiga muvofiq aniqlanadi. Qonun hujjatlarida korxonani
sotish shartnomasining m uddati to'g'risida ko‘rsatm alar berilmagan.
K orxonani sotish sh a rtn o m a sig a m uvofiq, so tu v c h in in g asosiy
m ajburiyati korxonani va unga nisbatan mulk huquqini uchinchi shaxslar
h uquqlaridan ozod holda topshirishdan iborat. B unda korxona yaxlit
holda topshirilishi lozim1. Ushbu m ajburiyatni bajarish uchun sotib oluvchi
bir qancha harakatlarni amalga oshirishi zarur. Birinchi navbatda sotuvchi
korxonani sotishga tayyorlashi, shartnom aga ilova qilinadigan hujjatlarni
va sotib oluvchiga o'tadigan h uquq va m ajburiyatlar ro'yxatini tuzishi
lozim.
FKning 493-moddasiga ko‘ra, sotuvchining korxonani sotib oluvchiga
topshirishi topshirish dalolatnomasiga muvofiq am alga oshiriladi, unda
korxonaning tarkibi va kreditorlar korxona sotilishi to'g'risida xabardor
qilinganligi, shuningdek topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar
haqida m a ’lum otlar va yo'qolganligi tufayli topshirish m ajburiyatlari
vujudga kelishi mumkin bo'lmaydigan mol-mulkning ro'yxati ko'rsatiladi.
K orx o n an i to p sh irish g a ta y y o rla s h , sh u ju m la d a n , to p sh irish
dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish, a g ar shartnom ada
boshqacha tartib nazarda tutilgan boim asa, sotuvchining m ajburiyati
hisoblanadi va uning hisobidan am alga oshiriladi.
Ikkala taraf topshirish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab
korxona sotib oluvchiga topshirilgan hisoblanadi. Shu paytdan boshlab
korxona tarkibida topshirilgan m ol-m ulkning tasodifan nobud boiishi
yoki tasodifan buzilishi xavfi sotib oluvchiga o'tadi.
Korxonaga mulk huquqi bu huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi.
Sotib oluvchining korxonaga m ulk huquqini ro 'y x atd an o'tkazish,
basharti korxonani sotish shartnom asida boshqacha tartib nazarda tutilgan
boim asa, korxona sotib oluvchiga topshirilganidan so'ng bevosita amalga
oshiriladi.
Korxonani sotish shartnom asida korxona haqi to ia n g u n ic h a yoki
boshqa holatlar yuz berguncha sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |