6 8 -bob. QONUN BO'YICHA VORISLIK
1. Qonun bo'yicha vorislik tushunchasi
Meros qoldiruvchi o'zining xususiy mulkining o'zi vafot etgandan
keyingi taqdirini o'zi hayotlik vaqtida belgilab qo'yish huquqiga ega.
Ammo qonun bilan bir qator shartlar belgilanganki, bunga asosan meros
qoldiruvchi ulami o'zgartirish huquqiga ega emas. Qonunda maxsus belgilab
qo'yilgan ayrim kategoriya ■merosxo'rlarning merosga bo'lgan huquqlarini
qonun himoya qiladi. Meros qoldiruvchi bunday merosxo'rlarning qonunda
belgilangan meros ulushlarini kamaytirishga yoki ularni umuman meros
olishdan mahrum qilishga haqli emas.
«Meros ochilgan paytda, - deyiladi Oliy sudning 2000- yil 22-
dekabrda qabul qilingan 33-son Plenum qarorining 3-moddasi, 2-qismida,
- hayot bo'lgan meros qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarida
bo'lgan shaxslar qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradi hamda
qarindoshlik doirasiga qarab fuqarolik kodeksining 1135-1138-moddalari
talabiga muvofiq vorislikka chaqirilgan».
Qonunn bo'yicha vorislikni amalga oshirish uchun meros qoldiruvchi
bilan qarindoshlik munosabatida bo'lgan hamda meros qoldiruvchining
qaramida, uning boqimida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar
hisoblanadi.
Demak, vafot etgan shaxsga xususiy mulk huquqi asosida tegishli
bo'lgan mol-mulkka bo'lgan huquq hamda majburiyatlaming qonunda
belgilab qo'yilgan shaxslarga o'tishi qonun bo'yicha vorislik hisoblanadi1.
FKning 1134-m oddasiga asosan, qonun b o'yich a vorislikda
farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari bir tarafdan farzandlikka
oluvchi shaxs va uning qarindoshlari ikkinchi tarafdan, tug'ishgan
qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar o'z ota-onalariga, ularning qarindoshlariga
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo'qotadilar, shu bilan birga
majburiyatlardan ham ozod bo'ladilar.
«Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari, - deyiladi FKning
1134-moddasining 3-qismida, - farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi,
bobo-buvalari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etgandan keyin qonun
bo'yicha meros olmaydilar».
1 Узбекистон фукаролик кодекс ll-кисмга шархлар Т. 1998 й Ш-жилд 265-бет.
800
www.ziyouz.com kutubxonasi
Demak, farzandlikka olingan shaxsning ota-ona, bobo-buvasi, aka-
uka va opa-singillari, farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlariga
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini
yo‘qotadilar.
Shuningdek, qayd qilingan nikohdan tug'ilgan va qonunda
belgilangan tartibda otaligi aniqlangan bolalar, shuning bilan farzandlikka
olinganlar va qonun bo'yicha vorislik huquqiga ega bo'lgan barcha shaxslar
vorislikka chaqirilgan bir navbatda va teng hissada meros olish huquqidan
foydalanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga asosan
xotin-qizlar va erkaklar meros olishda ham teng huquqdan foydalanadilar.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar, FKning 1135-1139-moddasida nazarda
tutilgan tartibga asosan, besh navbatda vorislikka chaqiriladilar.
Bundan tashqari FK ning 11 40-m oddasiga asosan m eros
qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari sifatida vorislikka
chaqirilishlari mumkin.
Qonun bo'yicha merosxo'rlaming har bir navbati awalgi navbatdagi
merosxo'rlar a) bo'lmagan taqdirda; b) m erosxo'rlam ing hammasi
merosdan chetlashtirilganda; v) barcha vorislar merosni qabul qilib
olmaganda; yoki undan voz kechganda vorislik huquqini qo'lga kiritadi.
Bir navbat doirasida qonun bo'yich a vorislikka chaqirilgan
merosxo'rlar o'rtasida meros mulk teng hissada taqsimlanadi.
Voyaga etmagan bolalar o'zlarining ota-onalari bilan birga yashaganda
vafot etgan taqdirda ulardan meros qolgan mol-mulk, agar qonunda
belgilangan tartibda vasiyat qilingan bo'lsa, ota-onalarga o'tadi.
Qonun bo'yicha vorislikka faqat meros qoldiruvchi vafot etgan
paytda hayot bo'lgan shaxslargina chaqiriladilar.
Qonun bo'yicha merosxo'r meros ochilgandan keyin uni qabul qilib
olmasdan vafot etgan taqdirda, uning ulushi taqdim qilish huquqi bo'yicha
uning merosxo'rlariga o'tadi.
Qonun bo'yicha m erosxo'rlar doirasini aniqlash uning meros
qoldiruvchiga nisbatan qarindoshlik darajasini belgilash O'zbekiston
Respublikasining Oila kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Qonun bo'yicha vorislikning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki,
meros qoldiruvchining oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari vorislikning
chaqirilish nisbatiga bog'liq emas. Oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari
meros qoldiruvchi bilan uning vafotigacha 3 yil birga yashab kelgan
qonun bo'yicha vorislarga o'tadi. Oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari
tarkibiga kundalik uy-ro'zg'or yumushlarini bajarish va oila a’zolarining
www.ziyouz.com kutubxonasi
maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan ashyolar kiradi.
Fuqaro «В» vafot egangacha o'zining tug'ishgan opasi bilan «V» bilan
o‘n yil davomida birga yashagan. «В» vafot etishi bilan uning alohida
yashab turgan o'g'li «L» notariusga murojaat qilib, o'zini birinchi navbatda
m erosxo'r deb, otasidan qolgan barcha mol-mulkka bo'lgan huquq
to'g'risida guvohnoma berishni so'ragan. Notarius meros tarkibiga kirgan
mol-mulkni teng bo'lib, meros mulkning yarmiga - o'z ulushiga merosga
bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma yozib bergan. Uy jihozlari va ro'zg'or
buyumlarini hamda tegishli ulushni «Vga berish haqida merosga bo'lgan
huquq to'g'risida guvohnoma beradi.
«L»ning arizasiga asosan ishni ko'rgan tuman sudi, arizani
qanoatlantirmay, notariusning qarorini qonuniy deb hal qiluv qarori
chiqargan.
Tuman sudining hal qiluv qarorida ko'rsatishicha «V» FKning 1141-
moddasiga asosan qonun bo'yicha merosxo'r bo'lib, meros qoldiruvchining
boqimida u vafot etgangacha u bilan birgalikda yashaganligi va mehnatga
qobiliyatsizligi tufayli vorislikka chaqirilgan navbatning merosxo'rlari
bilan birgalikda meros oladilar, FKning 1153-moddasiga asosan, meros
ochilguncha meros qoldiruvchi bilan 3 yil davomida birgalikda yashagan
merosxo'rlar meros taqsimlaganda meros tarkibidan uy-joy, kvartira,
shuningdek, uy-joy ashyolari va ro'zg'or buyumlarini olishda imtiyozli
huquqga ega ekanligini asos qilib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |