Zarar yetkazuvchi xatti-harakatining huquqqa xilofligi.
Delikt
javobgarligining sharti sifatida zarar yetkazuvchi shaxs harakatining
huquqqa xilofligi FKda qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar
qonunda nazarda tutilgan hollarda to'lanishi lozimligi qoidasidan kelib
chiqadi (FK985-moddasining 55-qismi). Bunga muvofiq, g'ayriqonuniy
harakat tufayli yetkazilgan zarar to'liq qoplanishi lozim.
Umumiy qoidaga ko'ra shaxsning harakatlari huquq normalarida
belgilangan qoidaJarni, hamda bir vaqtning o'zida muayyan shaxsning
subyektiv huquqlarini buzsa huquqqa xilof hisoblanadi. Masalan, fuqaro
katta tezlikda yugurib keta turib, qarshisidan kelayotgan kishini turtib
ketdi deylik, natijada ikkinchi fuqaroning yiqilib tushishi natijasida uning
qo'li sindi, ya'ni sog'lig'iga jiddiy zarar yetkazildi. Bunda inson hayoti va
sog'lig'ini himoya qilish to'g'risidagi obyektiv huquq normasi hamda u
bilan bir vaqtda jabrlanuvchining sog'liqqa nisbatan subyektiv huquqi
buzildi.
Delikt majburiyatlarida zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa
xilofligi prezumpsiyasi amal qiladi. Bu qoida bosh delikt tamoyiliga
tayanadi. Mazkur tamoyilga muvofiq, shaxslarning mol-mulkiga yoki
fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida
boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, huquqqa xilof deb baholanishi
lozim. Shu bilan birga jabrlanuvchiga zarar yetkazuvchi harakatning
huquqqa xilofligini isbotlash majburiyati yuklatilmaydi, aksincha zarar
yetkazuvchining harakati huquqqa xilof taxmin qilinadi. Ya’ni, zarar
yetkazuvchi o'z harakatlarini huquqga xilof emasligini isbotlamagunicha,
uning harakati huquqqa xilof deb hisoblanadi.
Ma’lumki, huquqqa xilof xulq-atvor odatda shaxslarning mulkiy
manfaatlari doirasidagi yo'qotishlarga sabab bo'ladigan faol harakatlar
orqali namoyon bo'ladi. Shu bilan birga shaxsiy nomulkiy manfaatlar
sohasida ham faol harakatlar orqali huquqqa xilof xulq-atvor namoyon
www.ziyouz.com kutubxonasi
boiish i mumkin. Masalan, fuqaroning nomga b o ‘lgan huquqidan
g'ayriqonuniy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi
lozim (FKning 20-moddasi).
Zarar yetkazuvchi xulq-atvorining huquqqa xilofligi nafaqat faol
harakat orqali, balki harakatsizlik natijasida ham namoyon boiishi
mumkin. Bunday harakatsizlik deganda, shaxsning muayyan harakatni
amalga oshirishi kerak boiganda, uning shu harakatni bajarmaganligi
tushuniladi. Masalan, korxonada mehnat va fuqarolar xavfsizligini
ta’minlanmasligi natijasida ba’zi xodimlarning zaharli gazdan zaharlanishi,
korxona ma’muriyatini huquqqa xilof harakatsizligi natijasida baholanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-
fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat
vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga
chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan
zararni to'lash» Qoidalarining 3-bandiga muvofiq, ish beruvchi tomonidan
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena va davolash-
profilaktika choralari hamda sogiom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish
tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika
xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik)
tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb
hisoblanadi1.
Hayotda zarar yetkazilgan b o isa d a , zarar yetkazuvchining
harakatlari huquqqa xilof bo'lmagan vaziyatlar ham ko'plab uchraydi.
Umumiy qoidaga ko'ra, qonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zarar
qoplanmaydi. Biroq mazkur qoidaga istisno sifatida FKning 985-moddasi,
5-qismida qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda
tutilgan hollarda to'lanishi lozimligi belgilangan.
Zarar yetkazuvchi harakati shaxsning xizmat vazifasini bajarishi
yoki qonun hujjatlarida yoxud boshqa kasbiy yo'riqnomada belgilangan
doirada amalga oshirilgan bo'lsa qonuniy hisoblanadi. Masalan, o't
uchiruvchilar yong'inni o'chirish vaqtida yong'in atrofidagi mol-mulkka
ham zarar yetkazishlari mumkin. Bunda agar o't o'ehiruvchi belgilangan
qoidalarga amal qilgan holda harakat qilgan boisalar yetkazilgan zarar
qoplanmaydi. Shu bilan birga muayyan hududda epedimiy, epizotiya
tarqalganda sanepidstansiya xodimlari tomonidan uy hayvonlarining yo'q
qilib tashlanishi, agar bu kasalliklarning oldini olishga xizmat qilsa qonuniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
harakat sifatida e’tirof etiladi va yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
Jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshirilgan harakat natijasida
zarar yetkazilsa, bunday harakat ham huquqqa xilof hisoblanmaydi.
Bunda jabrlanuvchining muomalaga layoqatli bo'lishi va o'z xohishini
erkin ifodalangan bo'lishi talab etiladi (masalan ichki a’ zolarni
trasplentatsiya qilish, qon topshirish va shu kabilar). Shu bilan birga
jabrlanuvchining xohishi ham qonuniy bo'lishi shart. Agar fuqaro ixtiyoriy
ravishda muayyan dori vositasida o'zini o'ldirishni tibbiyot xodimlaridan
so'rasa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, bunday talabni
amalga oshirish g'ayriqonuniy hisoblanadi. Eftanaziya (o'z xohishiga ko'ra
o'lim ni tanlash) huquqi niderlandiyada shaxsiy huquq sifatida
mustahkamlab qo'yilgan, ammo bunday huquqni O'zbekistonda e’tirof
etish maqsadga muvofiq emas. Chunki, O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga, diniy qadriyatlarga, axloqiy negizlarga mutlaqo ziddir1.
Zararning qonuniy asoslarda yetkazilishi mumkinligining keng
tarqalgan holati bu zaruriy m udofaa holatida yetkazilgan zarar
hisoblanadi2. FKning 987-moddasiga muvofiq, zaruriy mudofaa holatida
yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo'lsa,
to'lanmaydi. Agar g'ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida
himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo'lsa, bu zarar tajovuz
qilgan shaxs tom onidan to'lanishi lozim. Shaxsga uning jinoiy
harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga
olib borish sababli yetkazilgan zarar to'lanmaydi. Zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqib yetkazilgan zararlar esa umumiy asoslarda
qoplanadi. Biroq, bunda zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan jabrlanuvchi
aybining darajasi va zarar yetkazuvchining aybi darajasi hisobga olinishi
lozim. Bu holatda huquqqa xiloflikning m avjud emasligi delikt
majburiyatlari vujudga kelishini va unga mos ravishda yetkazilgan zarar
uchun javobgarlik vujudga kelishini istisno etadi.
Biroq, FKda qonuniy harakat natijasida zarar yetkazganlik uchun
javobgarlikni nazarda tutuvchi holat ham belgilangan. FKning 988-
moddasida belgilangan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq, oxirgi zarurat holatida
yetkazilgan zarar, ya’ni, zarar yetkazgan shaxsning o'ziga yoki boshqa
shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida
1 Насриев И. Шахсий номулкий хуку^ларни амалга ошириш ва мухофаза
килишнинг фукаролик-хукукий муаммолари.-Т.: Р.Рулом нашриёти.2006.-37 б.
2 Зарурий мудофа тушунчаси, унинг чегараси Жиноят кодексида белгиланган.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar
bilan bartaraf etilishi mumkin bo'lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan
to'lanishi lozim
Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to'lash
majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini
ko'zlab harakat qilgan bo'lsa, o'sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi
shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni to'lashdan to'liq yoki
qisman ozod qilishi mumkin.
Biroq shu o'rinda ta’kidlash lozimki, oxirgi zarurat va zaruriy
mudofaa holatida yetkazilgan zarar delikt javobgarligi hisoblanmaydi1.
Chunki, bunda zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi mavjud
emas va uning xulq-atvori salbiy baholanmasligi lozim Shuning uchun
ham FK ning 987 va 988 m oddalarida «ja v ob g a rlik » atamalari
qo'llanilmaydi va bu o'rinda FK o'ziga xos «neytral» holatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |