шартларни бузилганда жарима шаклида кулланилади.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli
tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga
yetkazilgan tovarlarni iste’molchiga chakana savdo orqali sotilganda,
tovaming sifatsizligi va kamchiliklari aniqlanganda, sotib oluvchi unga
iste’molchi tomonidan qaytarilgan tovami oqilona muddat ichida mahsulot
yetkazib beruvchi tomonidan almashtirilishi va sotib oluvchi ko‘rgan
zararlarni qoplashi lozim bo'ladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlarini buzgan holda
but bo'lmagan tovarlar yetkazib berilganda mahsulot yetkazib beruvchidan
sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra:
-xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
-tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar
mahsulot yetkazib beruvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni
butlash to'g'risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra:
-butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga;
-shartnomani bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to'langan
pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni
talab qilishga haqli bo'ladi (FKning 413-moddasi). Mahsulot yetkazib
beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi to'g'risida sotib
oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki
ularni but tovarlar bilan almashtirgan bo'lsa bunday javobgarlikdan
ozod bo'ladi.
Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi),
agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan but bo'lmagan
tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab
qilishga haqlidir. (FKning 452-moddasi).
Sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga tovarlar to'liq yetkazib
berilmagani, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etilishi yoki tovarlarni
butlab berilishi to'g'risidagi talablarini darhol yoki oqilona muddatlarda
bajarilmay qoldirilganda quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:
1.
Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish
shar tnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo'lsa yoxud
sotib oluvchining tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarlarni almashtirish
yoki tovarlarni butlash to'g'risidagi talablarini belgilangan muddatda
bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan
olib, ularni olish bilan bog'liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot
yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to‘liq yetkazib bermagan
yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki
tovarlarni butlash to‘g ‘risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib
oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlarini ushbu
Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq hisoblab chiqariladi.
3. Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha
va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli
bo'lmagan va but bo'lmagan tovarlar haqini to'lashdan bosh tortish,
bordi-yu, tovarlar haqi to'langan bo'lsa, - to'langan summani qaytarishni
talab qilish huquqiga ega. (FKning 453-moddasi).
4. Tovarlarni to'liq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish
muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada
belgilangan neustoykani to'lanishini mahsulot yetkazib beruvchidan
shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga
qadar undirish huquqiga ega. (FKning 454-moddasi).
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlarini buzganlik uchun
javobgarlikni belgilash nafaqat O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik
Kodeksi, balki ushbu shartnoma xo'jalik shartnomalari guruhiga kirganligi
sababli “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma viy-
huquqiy bazasi to'g'risida”gi 29.08.1998 y. N 670-1 Qonuni bilan ham
tartibga solinadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki qonun hujjatlarida
boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnomani bajarmaganlik yoki
lozim darajada bajarmaganlik uchun “Xo'jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi qonunning 25-
32-moddalarida quyidagi javobgarlik choralari qo'llanilishi belgilangan.
1.
Mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan,
to'liq yetkazib berilmagan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi sotib
oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan
qismining 0,5 foizi miqdorida penya to'laydi, biroq bunda penyaning
umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosining 50 foizidan
oshib ketmasligi lozim. Penyani to'lash shartnoma majburiyatlarini buzgan
tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to'liq
yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g'risida”gi qonunning 25-moddasi.)
2.
Agar yetkazib berilgan mahsulotlar sifati, assortimenti va navi
bo'yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun
www.ziyouz.com kutubxonasi
hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy
shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi mahsulotni qabul qilish hamda
ularning haqini toiashni rad etib, mahsulot yetkazib beruvchidan sifati,
assortimenti va navi lozim darajada boimagan mahsulotlar qiymatining
20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar mahsulotlar haqi toiab
qo'yilgan boisa, to'langan summani belgilangan tartibda qaytarishni
talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada
boimagan mahsulotlar yetkazib berganlik uchun jarima mahsulot yetkazib
beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi bank muassasasiga
mahsulotlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to'g'risidagi
dalolatnoma tuzilgandan keyin o'n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani
undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi belgilangan o'n kunlik muddatni
buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda
amalga oshiriladl( “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to'g‘risida”gi qonunning 26-moddasi.)
3. But boimagan mahsulotlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi:
-tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Mahsulot yetkazib
beru vch i sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar
taraflarning kelishuvida o'zga muddat belgilangan boimasa, o'n besh
kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
- tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini to'lashdan bosh
tortishga, agar tovariarning haqi toiab qo'yilgan boisa, belgilangan
tartibda to'langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
- yetishmayotgan qismlar qiymatini qo'shgan holda, mahsulot
yetkazib beruvchidan but boim agan tovarlar qiymatining 20 foizi
miqdorida jarima undirishga haqli.
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab
bermasa, sotib oluvchi but boimagan tovarlarni qaytarib berishga hamda
but boim agan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga
haqlidir (“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to'g'risida”gi qonunning 27-moddasi).
4. Marka belgisi qo'yilm agan yoki lozim darajada markirovka
qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o'ralmagan tovarlarni
yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada o'ralmagan
tovarlarni yetkazib berganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchi sotib
oluvchiga bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to'laydi.
Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo'natilishi yoki saqlanishi kerak
b oig a n hollarda sotib oluvchi jarima undirishdan tashqari o'z kuchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan, lekin mahsulot yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o‘rashga
va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi mahsulot yetkazib
beruvchidan tovarlarni o‘rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab
qilishga haqlidir (“ X o ‘jalik y u ritu vch i subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi qonunning 28-moddasi).
5. Mahsulot yetkazib beruvchi talabiga binoan qo'yilgan akkreditiv u
amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, mahsulot yetkazib beruvchi
sotib oluvchiga akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi
miqdorida jarima to'laydi. (“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi Qonunning 29-moddasi).
6. Jo'natilgan tovarlarga oid to'lov yoki tovar-transport hujjatlarining
nusxasini belgilangan m uddatda yu borm agan lik yoki tovarlar
jo'natilganligi to'g'risidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun
mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan
har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi
miqdorida jarima to'laydi(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi Qonunning 30-moddasi).
7. Tovarlarni olib ketmaslik, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi
shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda
tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi mahsulot
yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar
qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo'yicha esa -
10 foiz miqdorida jarima to'laydi.
Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda,
mahsulot yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar
mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o'z
muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to'lanishini talab qilishga haqlidir
(“Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g'risida”gi qonunning 31-moddasi).
8. To'lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman
rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar
haqini to 'la sh d a n bosh tortg a n lik (bank m uassasasiga to 'lo v
topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni
taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib
beruvchiga o'zi to'lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi
miqdorida jarima to'laydi.
Yetkazib berilgan tovarlar haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun
sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga o'tkazib yuborilgan har bir
kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo
www.ziyouz.com kutubxonasi
kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorida
penya to 'la y d i ( “ X o 'ja lik y u ritu v ch i su b y ek tla r fa oliyatin in g
shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi qonunning 32-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |