4. P u d rat sh a rtn o m a si tara flarin in g h uq uq va m ajburiyatlari
Pudratchi buyurtm achining topshirig'iga asosan m uayyan ishlarni
am alga oshirish bo'yicha shartnom a tuzar ekan, uning asosiy huquq va
m ajburiyatlari buyurtm achi topshirig'iga asosan ishni bajarish va uning
haqini talab qilib olish bilan bog'liq holda vujudga keladi.
F K n in g 6 3 2 -m o d d a s i t a l a b la r id a n k e lib c h iq ib , b u y u r tm a
pudratchining materiallari, uning kuchi va m ablag'lari hisobidan bajarilishi
n azard a tu tilg a n bo'lsa sh a rtn o m a bahosini p u d ra tc h i sarflay o tg an
m ablag'larni qo'shgan holda shakllantirishni talab qilish huquqiga ega.
Vaziyat taqazosi bilan ishni bajarishda qo'shimcha ishlarni bajarish zarur
bo'lib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy
smetani) ancha oshirishga to'g'ri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini
vaqtida ogohlantirishi shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko'rsatilgan
ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi bo'lmagan taqdirda shartnomadan
voz kechishga haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning
bajarilgan qismining bahosini to'lashni talab qilishi mumkin
B uyurtm achini p u d rat shartnom asida ko'rsatilgan ishning bahosini
(sm etani) oshirish zaru rlig i to 'g 'risid a o'z v a q tid a ogohlantirm ag an
pudratchi ish uchu n shartnom ada ko'rsatilgan baho bo'yicha haq olish
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqini saqlab qolgan holda shartnom ani bajarishi shart.
Pudratchi, qoida tariqasida, q a t’iy baho ( q a t’iy smeta)ni oshirishni,
buyutm achi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jum ladan bajarilishi
kerak bo'lgan ishning to‘la hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni
p u d ra t sh artn o m asi tuzilayotgan p a y td a n azard a tu tis h im koniyati
bo'lmagan hollarda ham haqli emas.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo'lgan m ateriallar va
uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko'rsatiladigan
xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnom a tuzish vaqtida nazarda
tutish m um kin bo'lm agan hollarda pudratchi belgilangan ish bahosini
(smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtm achi bu talabni bajarishdan
bosh tortgan taqdirda esa shartnom ani bekor qilishni talab qilishga haqli.
FK ning 644-m oddasi talab lariga m uvofiq, b u y u rtm a c h i p u d ra t
shartnomasi bo'yicha o'zining muqobil m ajburiyatlarini bajarmaganligi,
xususan m aterial, uskunalar, texnik hu jjatlarni yoki qay ta ishlanishi
(ishlov berilishi) k e ra k bo'lgan ashyoni berm aganligi p u d ratc h in in g
shartnom ani bajarishiga to'sqinlik qilgan hollarda, shuningdek m azkur
m ajburiyatlar belgilangan m u ddatda bajarilmasligini yaqqol ko'rsatib
tu rg a n h o latlar m av jud bo'lganida p u d ra tc h i ishga kirishm aslikka,
boshlangan ishni esa to'xtatib qo'yishga haqli. Masalan, ganchkor kerakli
sifatdagi m ahsulotni talab qilganda buyurtm achining o'z v aqtida olib
kelmasligi yoki boshqa sifatdagi m ahsulotni olib kelganligi ishning sifatiga,
amalga oshirilish m uddatiga ta ’sir etishi mumkin. Chunki boshqa sifatli
ganch mahsuloti tez qotmasligi yoki boshqa xususiyatga ega bo'lib, ganch
ishida ishlatilmasligi mumkin. Shu sababli ganchkor kelishilgan ganch
m a h s u lo ti k e lg u n c h a ish n i t o 'x ta t ib tu r is h i yoki m u d d a t o 'tib
ketayotganligini, buyurtm achining e ’tiborsizligini vaj qilib shartnom ani
bekor qilishga haqli bo'ladi.
A g a r b u y u r tm a c h i p u d r a t c h in i n g o 'z v a q ti d a v a a so sli
ogohlantirganiga qaram asdan, oqilona m u ddatda yaroqsiz yoki sifatsiz
materialni alm ashtirm asa, ishni bajarish usuli to'g'risidagi ko'rsatm alarini
o'zgartirm asa yoxud ishning yaroqliligi yoki pishiqligini xav f ostiga
qo'yadigan holatlarni b artaraf etish uchun zarur bo'lgan boshqa choralarni
k o 'rm a sa , p u d r a tc h i s h a rtn o m a n i b a ja ris h d a n bosh to rtis h g a va
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
FKning 637-moddasiga asosan pudratchining amaldagi xarajatlari
ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan
xarajatlardan kam bo'lgan hollarda, basharti buyurtm achi pudratchining
tejami bajarilgan ish sifatiga ta ’sir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlar uchun p u drat shartnom asida ko'rsatilgan baho bo'yicha haq olish
huquqini saqlab qoladi. P u drat shartnomasida pudratchining tejami taraflar
o'rtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
P udratchi qonun hujjatlarida yoki p u drat shartnom asida nazarda
tutilgan hollarda va m iqdordagina o'ziga bo'nak yoki zakalat berilishini
ta la b q ilishg a haqli. S h a rtn o m a n in g b a ja rilish i m u n o sa b a ti bilan
buyurtm achi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani
to 'lash m ajb u riyatini b a jarm ag an taqdirda, b u y u rtm a ch i tom onidan
teg ish li su m m a to 'la n g u n g a q a d a r p u d ra tc h i ishning n a tija la rin i,
shuningdek buyurtm achiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov
berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan m aterial qoldig'i
va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni m ajburiyat bajarilishini
ta ’m inlash m aqsadida ushlab qolish huquqiga ega. Bu orqali pudratchi
bu y u rtm ach in in g o'ziga yuklatilgan sum m ani to'linishini o'z vaqtida
am alga oshirilishiga erishadi.
Shuningdek, agar p u d rat shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tu tilg a n bo'lm asa, b u y u rtm a ch in in g topshirig 'ini bajarish usullarini
pudratchi mustaqil belgilaydi. Bu yerda ishning o'ziga xos usulini tanlash
huquqidan foydalangan holda pudratchi ishni tez, sifatli, tejamli asosda
bajarish yo'llarini o'ylab topishga haqli. Bu yerda asosan pudratchining
m ahorati, tajribasi o'ziga xos ishni bajarish usulini tanlash imkonini beradi.
Ko'p hollarda ishning bajarish muddati, ish sifati, bajarish imkoniyati
pudratchining yordam chi ko'magiga muhtoj qilib qo'yishi mumkin. P u d rat
shartnom asi shaxsiy harak terd a bo'lgan hollarda bunday yordamchilar
k o 'm ag id an foydalanm aslik, ishni faq a t p u dratch in in g o'zi bajarishi
shartligi belgilab qo'yilishi mumkin. Masalan, kosibning m ahoratini eshitib
kelgan mijoz, ishni faqat ushbu usta bajarishini talab qilishi mumkin. Bu
holda p u d rat shaxsiy harakterga ega bo'ladi. P u d rat shartnomasini buzib,
shartnom ani bajarish uchun yordam chi pudratchini jalb qilgan pudratchi
ushbu yordam chi pudratchi shartnom ani bajarishda qatnashib, yetkazgan
zarar uchun buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi.
A gar qonun hujjatlarida yoki p udrat shartnom asida pudratchining
shartnom ada ko'rsatilgan ishni shaxsan o'zi bajarish m ajburiyatlari kelib
chiqmasa, pudratchi o'z m ajburiyatlarining bir qismini bajarish uchun
boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilish huquqiga ega. Bunday
hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Bosh pudratchi buyurtm achining p udrat shartnomasi bo'yicha o'z
m ajburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
yordam chi p udratchi oldida javobgar bo'ladi, buyurtm achi oldida esa
www.ziyouz.com kutubxonasi
yordam chi p u d ratch i o'z m ajb u riy atlarini bajarm aganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar bo'ladi.
Agar qonun yoki pudrat shartnom asida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, buyurtm achi va yordam chi pudratchining h a r biri
bosh pudratchi bilan tuzgan shartnom alar buzilishi bilan bog'liq talablarni
bir-biriga qo'yishga haqli emas.
Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtm achi ayrim ishlarni
bajarish uchun boshqa shaxslar bilan shartnom a tuzishga haqli. Bu holda
m azkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
uchun bevosita buyurtm achi oldida javobgar bo'ladilar.
FK ning 640-m oddasiga asosan p u d ra tc h i b u y u rtm a c h i b e rg a n
m aterialdan tejab-tergab va rejali foydalanishi, ish tugaganidan so'ng
ishlatilgan m aterial to'g'risida buyurtm achiga hisobot berishi, shuningdek
uning qoldig'ini qaytarib berishi yoxud o'z ixtiyoridagi foydalanilmay
qolgan m aterialning qiym atini hisobga olib, buyurtm ach inin g roziligi
bilan ishning bahosini kamaytirishi shart. FKning 653-moddasiga asosan,
agar shartnom ada nazarda tutilgan bo'lsa yoki axborotning harakteridan
ish natijasidan p u d rat shartnomasida nazarda tutilgan m aqsadlarda ushbu
a x b o ro tsiz fo y d a la n is h m u m k in e m a slig i a n g la s h ils a , p u d r a tc h i
buyu rtm ach ig a ishning natijasi bilan birga p u d ra t shartno m asin ing
narsasini ishlatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishga taalluqli
bo'lgan axborotni ham berish m ajburiyatiga ega.
Ayrim hollarda bajarilayotgan ish maxfiy, uchinchi shaxslarga oshkor
qilinmaydigan tusda ham bo'lishi mumkin. Agar ish shunday harakterda
bo'lsa u holda b a ja rila y o tg a n ish, u h a q d a g i m a ’lu m o tla r m axfiy
hisoblanadi. Bu h o llard a b u y u rtm a c h i m ab o d a ish n in g n a tija sin i
pudratchiga bu maxfiy m a’lumotlarni oshkor qilish oqibatida bajarilishi
m umkinligidan kelib chiqib, pudratchiga ishni bajarish jarayonida bu
kabi axborotlarni yetkazishi mumkin.
Bundan tashqari pudratchi ham am alga oshirayotgan ishlarini tijorat
siri sifatida uchinchi shaxslarga oshkor qilinishini xohlamasligi mumkin.
B u n d a y h o lla rd a b ir ta r a f (p u d ra tc h i yoki b u y u rtm a c h i) p u d r a t
shartnom asi bo'yicha o'z m ajburiyatlarini bajarganligi tufayli ikkinchi
tara fd a n yangi yechim lar va texnikaviy bilimlar, ju m lad an huquqiy
muhofaza qilinmaydigan yechim va bilimlar, shuningdek tijorat siri deb
hisoblanishi m um k in bo'lgan m a ’lu m o tlar olsa, u bu m a ’lum otlarni
ikkinchi tarafning roziligisiz uchinchi shaxslarga m a’lum qilishga haqli
emas. Bunday axborotdan foydalanish tartibi va shartlari taraflarning
kelishuvi bilan belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
P udratchi quyidagilarni aniqlagan taqdirda darhol buyurtm achini
ogohlantirishi va undan ko'rsatm alar olgunga qadar ishni to'xtatib turishi
shart:
-b u y u rtm a c h i b ergan m aterial, uskunalar, texnik h u jjatlar yoki
qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilgan ashyoning yaroqsizligi
yoki sifatsizligini;
-buyurtm achining ishni bajarish usuli to'g'risidagi ko'rsatm alarini
bajarish uning uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini;
-p u d ratch ig a bog'liq bo'lm agan, bajarilayotgan ish natijalarm ing
yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qo'yadigan yoxud ishni belgilangan
m uddatda nihoyasiga yetkazish m um kin bo'lmaydigan qilib qo'yadigan
boshqa holatlarni.
Yuqoridagi holatlar to'g'risida buyurtm achini ogohlantirmagan yoki
ogohlantirishga javob olish u c h u n shartnom ada ko'rsatilgan m ud dat
o'tishini, bunday m uddat ko'rsatilm agan bo'lsa, oqilona m uddat o'tishini
kutm asdan yoxud buyurtm achi ishni to'xtatib turish to'g'risida o'z vaqtida
k o 'rsa tm a b e rg a n bo'lishiga q a ra m asd a n ishni davom e ttira v e rg a n
p u d ratc h i bu y u rtm ach i unga yoki p udratchi b uy urtm achiga tegishli
talablar qo'yganida m azkur holatlarni vaj qilib keltirishga haqli emas.
Pudratchining asosiy m ajburiyatlaridan biri albatta bajariladigan
ishning sifati bilan bog'liq. Chunki aynan ishning sifatli bajarilishi pudrat
shartnom asi tuzilishidan ko'zlangan maqsad hisoblanadi.
P udratchi bajargan ish p u d rat shartnomasining shartlariga, shartlar
bo'lm aganida yoki to'liq bo'lm aganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga,
ish muomala odati bo'yicha bunday turdagi ishlarning bajarilish shartlariga
q o 'yiladig an talab larg a mos kelishi kerak. B u y u rtm ach i iste ’molchi
huquqlaridan foydalanganligi sababli unga nisbatan “iste’molchi mutaxassis
em as” degan tamoyil qo'llaniladi. Shu sababli pudratchi bajarayotgan ish
bo'yicha buyurtm achi tushunm asligi sababli bu tu n m as’uliyatni pudratchi
zimmasiga yuklaydi. Shu sababli bajarilgan ish natijasi buyurtm achiga
topshirish paytida shartnom ada ko'rsatilgan yoki odatda qo'yiladigan
talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishi va oqilona m uddat
davomida shartnom ada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u
shartnom ada belgilangan bo'lmasa, bunday turdagi ishning natijasidan
odatdagidek foydalanish uchun yaroqli bo'lishi kerak.
A yrim hollarda qonun h u jja tla rid a p u d ratc h ig a m ajbu riy ishni
bajarish uchun talablar qo'yilishi mumkin. Shu hollarda pudratchi m azkur
talablarga amal qilishga majbur- bo'ladi. Agar qonun hujjatlarida pudrat
shartnom asi bo'yicha bajariladigan ishga qo'yiladigan m ajburiy talablar
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazarda tutilgan bo'lsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi
ishni b u n d a y m a jb u riy ta la b la rg a sh a rtn o m a d a n a z a rd a tu tilg a n
bo‘lmasada amal qilgan holda bajarishi shart.
Ishning sifati bo'yicha kafolat berish talab qilinadigan bo'lsa bu
kafolat p u d ra tc h i tom onidan berilishi shart. Y uqorida b u y u rtm a ch i
iste’molchi h u q u q laridan foydalanishini nazarda tu td ik . O 'zbekiston
Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi
qonuning 12-moddasiga asosan iste’molchi o'zi sotib olgan tovar (ish,
xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jum ladan radiologiya, epidem iyaga qarshi
talablarga va amaldagi boshqa norm alar ham da qoidalarga rioya etgan
holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo'lishiga va uning hayoti, sog'lig'i,
atrof m uhit uch un xavfsiz bo'lishiga, shuningdek uning mol-mulkiga
zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.
U shbu m odda talab larid an kelib chiq q an holda b a ja rilg a n ish
b u y u rtm ach inin g hayoti, sog'lig'i, m ol-m ulki va a tro f m u h it uchun
xavfsiz bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa pudratchining kafolati bilan bog'liq
talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O 'zbekiston Respublikasining “Iste ’m olchilar huquqlarini himoya
qilish to‘g ‘risida”gi qonuning 12-moddasiga asosan pudratchi ishning xizmat
m udd ati yoki yaroqlilik m u d dati m obaynida, a g a r b u n d a y m u d d at
belgilanmagan bo'lsa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan
e’tiboran o'n yil mobaynida uning xavfsiz bo'lishini ta ’minlashi shart.
Ish p ud ratchi tomonidan p u d ra t shartnom asidan chetg a chiqqan
holda bajarilib, ish natijasini yom onlashtirgan bo'lsa yoki uni shartnom ada
nazarda tutilgan m aqsadlar uchun yoxud shartnom ada yaroqsizlik haqida
teg ish li s h a r tla r b o 'lm a g a n ta q d ir d a , o d a td a g i m a q s a d la r u c h u n
foydalanishga yaroqsiz qilib q o 'y a d ig a n boshqa k a m c h ilik la r bilan
bajarilgan bo'lsa, buyurtm achi, b a sh arti qonunda yoki sh artn o m ad a
b o sh q ach a ta r tib n a z ard a tu tilg a n b o 'lm a sa , o'z x o h ish ig a k o 'ra
pudratchidan:
- kamchiliklarni oqilona m uddatda bepul b artaraf etishni;
- ish uchun belgilangan bahoni m utanosib ravishda kam aytirishni;
- sh a rtn o m a d a b u y u rtm a ch in in g k am ch iliklarni b a r ta r a f etish
h u q uqi n a z ard a tu tilg a n bo'lsa, u la rn i b a rta ra f e tish g a q ilgan o'z
xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
Agar qonun yoki pudrat shartnom asida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, buyurtm achi belgilangan m uddatlarda ish natijasining
lozim darajada sifatli emasligini aniqlagan taqdirda, ishning natijasi lozim
darajad a sifatli emasligi bilan bog'liq talablarni qo'yish ga haqli. Ish
www.ziyouz.com kutubxonasi
natijasiga kafolat m u ddati belgilanm agan hollarda ish natijalaridagi
kam chiliklar oqilona m uddatda, biroq ish natijasi topshirilgan kundan
b o sh la b ik k i yil m o b ay n id a a n iq la n g an ta q d ird a , a g a r q o nu n da,
shartnom ada yoki ish muomalasi odatlarida boshqa m uddatlar belgilangan
b o 'lm a sa , b u y u rtm a c h i ish n atijasid ag i k a m c h ilik la r bilan bog'liq
talablarni qo'yishi mumkin. B uyurtm achi kafolat m uddati mobaynida
aniqlangan ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog'liq talablarni qo'yishga
haqli.
S h artno m ada nazarda tutilg an kafolat m u ddati ikki yildan kam
bo'lib, buyurtm achi ish natijasidagi kamchiliklarni kafolat m uddati tamom
bo'lgach, biroq ushbu m oddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan
paytdan e ’tiboran ikki yil davomida aniqlagan va bu kamchiliklar ish
natijasi o'ziga topshirilgunicha yoki topshirish paytiga qadar yuzaga kelgan
sabablarga ko'ra paydo bo'lganligini isbot qilsa, ular uchun pudratchi
javobgar bo'ladi.
A g a r p u d ra t sh artn o m asid a boshqacha ta r tib n azard a tu tilg an
bo'lmasa, kafolat m uddati bajarilgan ish natijasi buyurtm achi tomonidan
qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim bo'lgan paytdan e’tiboran
o'ta boshlavdi.
FKning 642-moddasiga asosan Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga
aralashm agan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga
haqli.
A g a r p u d ra tc h i p u d r a t sh a rtn o m a sin i b a ja ris h g a o'z v a q tid a
kirishm asa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan m uddatda
tugatish m um kin emasligi aniq bo'lib qolsa, buyurtm achi shartnom adan
voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Shu bilan
birga agar ish kechiktirib bajariladigan bo'lsa, buyurtm achi shartnomaga
nisbatan o'z qiziqishini yo'qotganligini isbot qilishi lozim.
A gar ishni bajarish vaqtida uning tegishli darajada bajarilmasligi
aniq bo'lib qolsa, buyurtm achi pudratchiga kamchiliklar ni yo'qotish uchun
oqilona m u d d at belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan m uddatda
bajarm ag an taqdirda p u d rat shartnom asidan voz kechishga yoxud bu
kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga,
shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
A g a r p u d ra t sh a rtn o m a sid a boshqacha ta rtib nazarda tu tilg a n
bo'lmasa, buyurtm achi ish natijasi o'ziga topshirilgunga qadar istagan
v a q td a sh artnom ad an voz kechib, belgilangan bahoning buyurtm achi
shartnom adan voz kechganligi to'g'risidagi ogohlantirish olingunga qadar
b a ja rilg a n ishga m u ta n o sib qism ini to 'lash i m um kin. B u y u rtm ach i
www.ziyouz.com kutubxonasi
pudratchiga shartnom aning bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararni
ham bajarilgan ishning bahosi bilan ham m a ish uchun belgilangan baho
o'rtasidagi farq doirasida to’lashi shart.
Buyurtm achi bajarilgan ishni (uning natijasini) p u d rat shartnom asida
nazarda tutilgan m uddatda va tartibda pudratchi ishtirokida ko'rib chiqishi
va qabul qilishi, ish natijasini yomonlashtiradigan darajada shartnom adan
chekinish yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, bu to'g'rida
pudratchiga darhol m a’lum qilishi shart.
Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtm achi
bu kamchiliklar yoxud ularni tuzatish to'g'risida keyinchalik talab qo'yish
mumkinligi dalolatnoma yoki qabul qilishni tasdiqlovchi boshqa hujjatda
ko'rsatilgan hollardagina ularni vaj qilib keltirishga haqli.
B uyurtm achi ishni tekshirm asdan qabul qilgan bo'lsa, uni qabul
qilishning oddiy usulida aniqlanishi m um kin bo'lgan kam chiliklar (ochiq
ko'rinib tu rgan kamchiliklar)ni dalil qilib keltirish huquqidan m ahrum
bo'ladi.
B u y u rtm a c h i ish qab u l qilib o lin g an id an so 'n g u n d a p u d r a t
shartnom asidan chekinishlar yoki ishni qabul qilishning oddiy usulida
an iq lan ish i m u m k in b o 'lm ag an b o sh q a xil k a m c h ilik la r (y ash irin
kamchiliklar)ni, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklami
aniqlasa, ular aniqlanganidan so'ng o'n kunlik m uddat ichida bu to'g'rida
pudratchiga xabar qilishi shart.
B u y u r tm a c h i b ila n p u d r a t c h i o 'r ta s id a b a ja r il g a n ish n in g
kam chiliklari yoki ularning sab ab lari yuzasidan nizo kelib chiqqan
taqdirda, istagan tarafning talabi bo'yicha ekspertiza tayinlanishi kerak.
Ekspertiza o'tkazish xarajatlari pudratchi zimmasida bo'ladi, ekspertiza
pudrat shartnom asi buzilmaganligini yoki pudratchining harak atlari bilan
aniqlangan kamchiliklar o'rtasida sababiy bog'lanish yo'qligini aniqlagan
hollar bundan mustasno. Bunday hollarda ekspertiza xarajatlarini ekspertiza
o'tkazishni talab qilgan taraf, agar ekspertiza taraflarning o'zaro kelishuvi
bilan tayinlangan bo'lsa, ikkala taraf teng miqdorda to'laydi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
buyurtm achi bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortganida, pudratchi
shartnomaga binoan ish natijasi buyurtm achiga topshirilishi kerak bo'lgan
kundan boshlab bir oy o'tgach va shundan keyin buyurtm achini ikki
m arta ogohlantirgan holda ish natijasini sotib yuborishga, tushgan pulni
esa pudratchiga tegishli ham m a to'lovlarni chegirib tashlab, notarial
idoraning depozitiga buyurtm achining nomiga kiritib qo'yishga haqli.
Pudratchi p udrat narsasini sotish o'm iga uni ushlab turish yoki keltirilgan
zarami buyurtm achidan undirib olish huquqidan foydalanishga haqli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A gar buyurtm achining bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortishi
ishni topshirish kechikib ketishiga sabab bo'lgan bo'lsa, tayyorlangan
(q a y ta ish lan g an ) a sh y o n in g taso d ifan n o b u d bo 'lish xavfi ashyo
topshirilishi lozim bo'lgan paytda buyurtm achiga o'tgan deb hisoblanadi.
P u d ra t shar tnomasini bajarish munosabati bilan buyurtm achi bergan
m aterial, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va
pudratchi ixtiyoriga o'tgan boshqa mol-mulklarni saqlanishini talab qilishga
haqli.
A g a r p u d ra t shartnom asid a bajarilgan ishga yoki uning ayrim
bosqichlariga oldindan haq to'lash nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtm achi
p u d ra tc h ig a sh artlash ilg an h aq n i ish tegishli tarz d a va kelishilgan
m u d d a td a yoxud b u y u rtm a ch in in g roziligi bilan m u d d atid a n oldin
bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin to'lashi shart.
Shuningdek, ishning sifatli, aniq va belgilangan m uddatda bajarilishi
nafaqat pudratchiga, balki ayrim hollarda buyurtm achiga ham bog'liq
bo'ladi. Bu holatlarda b uyurtm achi pudratchiga yordam berishi lozim
bo'ladi. Pudratchining ishni bajarishiga buyurtm achi p u d rat shartnomasida
nazarda tutilgan hollarda, hajm da va tartibda yordam berishi shart.
B uyurtm achi bu m ajburiyatni bajarmasa, pudratchi ko'rilgan zararni,
shu jum ladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qo'shim cha chiqimlarni
qoplashni yoki ishni b a ja rish m ud d atini o 'z g a rtirish yoxud p u d ra t
shartnom asida ko'rsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli.
Buyurtm achining harak ati yoki yo'l qo'ygan xatosi tufayli pudrat
shartnom asi bo'yicha ishni bajarish mumkin bo'lm ay qolgan taqdirda,
pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnom ada
ko'rsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |