Mulk ijarasi shartnomasida taraflar. M ulk ijarasi shartnom asida
h a r doim tara f sifatida ijaraga b eruvchi va ijaraga oluvchi ishtirok
etadi. Fuqarolik Kodeksining 538-m oddasida kim lar ijaraga beruvchi
bo'lishi nazarda tutilgan, jum ladan m ol-m ulkini ijaraga berish huquqi
shu m ol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki m ulkdor tom onidan mol-
m ulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar h am ijaraga
beruvchi bo'lishlari mumkin.
Ijaraga oluvchi o'z faoliyatida zarur bo'lgan mol-mulkni ehtiyojni
qondirish maqsadida haq evaziga vaqtincha o'ziga olib turgan shaxsdir.
Ijara munosabatlarida taraflar sifatida, jismoniy va yuridik shaxslar,
davlat, chet el yuridik shaxslari, xorijiy davlatlar ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |