34-bob. M ULK IJAR ASI
l-§ . M ulk ijarasi to'g'risida u m u m iy qoidalar
1.1. M ulk ijarasi sh artn om asi tu sh u n ch a si va huq uqiy b elgilari.
Hozirgi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida mulk ijarasi bilan bog'liq
munosabatlar tobora rivojlanib, uning ko'lami yanada kengayib bormoqda.
Lekin ijara bozor iqtisodiyotiga o'tish d a v rid a kelib chiqadigan
b utunlay yangi huquqiy m unosabat emas, albatta. Ijara mamlakatimizda
ilgari ham m avjud bo'lgan va u tegishli qonun-qoidalar bilan tartibga
solib turilgan edi. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni m ulk ijarasi
bilan bog'liq m u n osabatlarnin g y an ad a kengayishiga sab ab bo'ldi.
Endilikda ijara, ijarachi va ijaraga beruvchi degan so'zlar va tushunchalar
k u n d a lik tu r m u s h im iz d a k e n g q o 'lla n ilm o q d a , c h u n k i ija r a
turm ushim izning ham m a sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda.
Ija ra bu m ulk egasining ishlab ch iq arish vositalari va boshqa
buyum larini m uayyan to'lovlar evaziga vaqtincha foydalanish uch u n
boshqa birovga o'zaro kelishuviga muvofiq topshirishdir. Mulk egasi (ijara
beruvchi) o'z mulkini boshqa birovga (ijarachiga) vaqtincha egalik qilish
yoki foydalanish uchun beradi.
Ijara munosabatlarini ijaraga beruvchi ijaraga olingan ishlab chiqarish
vositalarining m ulkdori bo'lib qolaveradi. Ijarach i esa sh a rtn o m a d a
ko'rsatilgan m uddat davomida mulkdorning b a ’zi huquqlarini oladi va
buning uchun ijara haqini to'laydi. Shu bilan birga, ijarachi ijara faoliyati
davomida ishlab chiqarish vositalarining vaqtincha egasi, olingan m ahsulot
va darom adlam ing esa m ustaqil egasi hisoblanadi.
Fuqarolik Kodeksining 535-moddasida m ulk ijarasi shartnom asiga
quyidagicha ta ’rif berilgan: “Mulk ijarasi shartnom asi bo'yicha ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish
va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi”.
Ushbu ta ’rifda m ulk huquqi elem entlarining bir egadan ikkinchi
egaga o'tishiga qarab ijara shartnom asining ikki turini farqlash mumkin.
1. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha
egalik qilish va foydalanish uchun topshirish m ajburiyatini oladi.
2. Ijarag a beru v ch i ijarag a oluvchiga haq evaziga m ol-m ulkni
v a q tin c h a faq a t foydalanish u c h u n to p sh irish m a jb u riy a tin i oladi.
Birinchisida ijaraga oluvchida m ulkka nisbatan egalik qilish va foydalanish
h u q u q i m avjud b o isa , ikkinchisida esa fa q a t m u lk d an foydalanish
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqigina m avjud bo'ladi. Masalan, uy-joy egasi o'zi yashab tu rg an
uyni ijara shartnom asi asosida boshqa shaxslaming yashashlari uchun
faqat foydalanishga beradi.
Mulk ijarasi shartnomasining oldi-sotdi shartnomasidan farqlaydigan
m uhim xususiyati h a r doim mulkni tasarruf etish huquqi m ulkdor qo'lida
saqlanib qolishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |