Kirish.
Respublika Mustaqilligi yillarida qishloq xo’jaligida, ayniqsa, g’allachilik
tarmog’ida erishilgan yutuqlar g’oyat quvonarlidir. Bu davrda g’alla maydonlari
kengaydi, hosildorlik keskin oshdi, yetishtirilayotgan don hosili ehtiyojimizni
to’liq qondiribgina qolmay, uning eksportiga ham keng yo’l ochdi.
G’allachilik tarmog’idagi ushbu yutuqlarda Respublika Prezidenti
I.A.Karimov rahbarligida qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan izchil iqtisodiy
islohotlar va dehqonlarning fidokorona mehnati bosh mezon bo’ldi. Shu bilan
birga
g’allachilik tarmog’ida erishilgan muvoffaqiyatlarda respublika
g’allachilik fani yutuqlari asosiy poydevor bo’lib xizmat qilgani hyech kimda
shubha uyg’otmaydi.
Bugungi kunda, g’allachilikda yanada yuksakroq marralar sari dadil
odimlar tashlanayotgan damlarda, O’zbekiston g’allachilik fanining shakllanishi,
rivojlanishi, erishgan yutuqlari va istiqbollari haqida fikr yuritish o’rinli bo’ladi.
Yuqori va barqaror hosil yetishtirishga qaratilgan tadbirlar tizimida Don
massasini saqlash davrida bo’ladigan fiziologik jarayonlarni takomillashtirish
muhim rol o’ynaydi. Fan yutuqlari va ishlab chiqarish ilg’orlarining tajribasidan
ma’lumki, zamonaviy to’g’ri tashkil qilingan urug’chilik ekinlar hosildorligini
25-30% ga oshiradi.
Ekinlarning hosildorligi qo’llanilgan texnologiyaga hamda navlarni to’g’ri
tanlash va ekish uchun foydalanilayotgan urug’lik sifatiga bog’liqdir. Shu yo’l
bilan yetishtirilayotgan qo’shimcha hosil hech qanday xrajatlarsiz olinadi va
katta iqtisodiy samara beradi.
Бажарди
Рахбар
Сулаймонов И.
Абулқосимов
ЖЖДЖШ
Tarmoqdagi ushbu muvaffaqiyatlarda qishloq xo’jaligida amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda, Respublika g’allachilik fanining
ahamiyati beqiyosdir. Muayyan hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga
olgan holda, O’zbekiston uchun bug’doyning yangi tipi-intensiv kuzgi
mexanizasiyaga mos bug’doyning tanlanishi, uning ekin maydonlarining
kengaytirilishining ilmiy asoslanishi, qisqa muddatlarda ularning tezkor
urug’chilik tizimining shakllantirilishi, zamonaviy agrotexnologiyalarining,
kasallik, zararkunanda va begona o’tlarga qarshi himoya tizimlarining ishlab
chiqilishi va sohadagi boshqa ilmiy natijalar O’zbekistonda yaratilgan va keng
qo’llanilgan g’allachilik ilmining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Ushbu soha katta
kelajakga ega. Bu respublikaning har bir tuproq-iqlim sharoitlariga,
mexanizasiyaga mos yangi navlarini yaratish, ularning tuproq unumdorligini
yaxshilash, resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va boshqa
sohalardagi chuqur ilmiy izlanishlar hisobiga g’alla hosildorligini uzluksiz
oshirib borish, don sifatini yaxshilashdan iboratdir.
O’zbekistonda Mustaqillik yillarida g’allachilik tarmog’ida erishilgan
yutuqlarni bugungi kunda butun dunyo e’tirof etmoqda. Respublikada qisqa
muddatlarda don yetishtirish qariyib 8 barobarga, shu jumladan sug’oriladigan
yerlarda 15 barobarga oshdi. Yetishtirilayotgan hosil ehtiyojimizni to’liq
qondiribgina qolmay, uning eksportiga ham keng yo’l ochdi.
G’allachilikka ilg’or texnika va texnalogiyalarni joriy etish, seleksiya va
urug’chilikning to’g’ri yo’lga qo’yilishi, tabiiy iqlim sharoitimizga mos yangi
navlarni yaratish va uning takomillashgan agrotexnikasini ishlab chiqib joriy
etilishi, ekish va o’rib-yig’ib olish uchun xorijdan yangi texnika vositalarining
keltirilishi, g’allachilikda hosildorlikning oshishiga o’z ijobiy samarasini
bermoqda.
Бажарди
Рахбар
Сулаймонов И.
Абулқосимов
ЖЖДЖШ
Respublikada boshoqli don ekinlari seleksiyasi, urug’chiligi va yangi
navlarni yetishtirish bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlari oldiga
qo’yilgan asosiy vazifa-O’zbekiston Respublikasining turli xil tuproq-iqlim
sharoitiga moslasha oladigan, kasallik va tabiatning noqulay omillarga chidamli,
barqaror va sifatli don hosili beradigan boshoqli don va dukkakli ekinlarning
mahalliy navlarni yaratish, ularni yetishtirish saqlash texnalogiyasini ishlab
chiqish, hamda yangi texnologiyalarni g’allachilikda sinovdan o’tkazishdan
iborat.
Don yetishtirish bo’yicha yuqori hosildorlikka erishilgan bo’lsada
yetishtirilgan donning texnologik sifatini yaxshilash, aholini sifatli un
mahsulotlari bilan ta’minlash uchun hali ko’p izlanishlar olib borish kerak.
Yuqori sifatli, ertapishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga
chidamli yumshoq bug’doy navlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda.
SIMMIT va IKARDA Xalqaro ilmiy markazlardan esa 4000 dan ortiq,
Serbiyaning Dalachilik va sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutidan 15 dan ortiq
boshoqli hamda don-dukkali ekinlarning nav va namunalari olib kelinib, institut
va uning viloyat filiallaridagi tajriba dalalarida ekologik nav sinovidan
o’tkazilib, ulardan intensiv tipdagi mahalliy sharoitlarga mos eng yaxshi navlar
tanlanib, ularni yetishtirish agrotexnikasi texnologiyasi ishlab chiqib Davlat nav
sinash komissiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: