Yakuniy nazorat ishi Konstitutsiyaviy huquq



Download 404,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi404,84 Kb.
#265952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KHKHRH-Участник 115815 0

Mahkamasi to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi 

to’g’risida”gi qonunlardan foydalanish asosiy yo’ldir. 

           Birinchi muammoni tahlil qiladigan bo’lsak, kazusda Karmana tumani hokimi 

Navoiy xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan olingani 

aytilmoqda. Bu tuman hokimining lavozimiga tayinlanish tartibiga qonuniy mosligini 

ko’rib chiqish zarur.  

           102-modda  

Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi 

va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 

tasdiqlanadi. 

1

        



 

1

 “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” / 



https://lex.uz/docs/-20596#-39781

 



    2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va 

lavozimdan ozod etish 

             Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi 

va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 

tasdiqlanadi. 

2

 



         Yuqoridagi normalardan ko’rinib turibdiki, tuman hokimi dastavval tegishli viloyat 

hokimi tomonidan  o’z lavozimidan olinadi va bu qaror tegishli xalq deputatlari kengashi 

tomonidan tasdiqlanadi.  

         Demak, mazkur muammoda ham Karmana tumani hokimi Navoiy viloyat hokimi 

tomonidan lavozimidan olinib, so’ng tegishli (Karmana tuman) xalq deputatlari kengashi 

tomonidan tasdiqlanishi kerak edi. Bu holatda hokimning lavozimini olish to’liq 

qonuniylikka mos emas va xatolikka yo’l qo’yilgan. 

        Ikkinchi muammoga yechim topadigan bo’lsak, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 

Karmana tumani hokimi lavozimiga Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining  

tayinlanishi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari sirasiga kiradimi?  

       Bu muammoda ham xuddi shunday O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 

102-moddasi (“ Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi 

tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari 

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”.) hamda  “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi 

qonunning 2-moddasi (“Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi 

tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari 

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”) ni ham isbotlovchi norma sifatida keltirish mumkin.  

        Normalarda yozilishicha,  tuman hokimini lavozimiga tayinlash  o’sha tuman 

bo’ysunadigan viloyat hokimi tomonidan amaga oshiriladi va bu qaror mazkur tuman xalq 

deputatlari kengashida tasdiqlanadi. Bu normadan shu fikrga kelish mumkinki, ushbu 

tayinlovga Vazirlar Mahkamasining aralashuvi mutlaqo xato bo’lgan. “O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida” gi qonunda berilgan Vazirlar 

Mahkamasining vakolatlari sirasiga tuman hokimlarini tayinlash ishiga aralashish 

kirmaydi.  

       Demak, Karmana tumani hokimini Navoiy viloyati hokimi tayinlashi kerak edi va bu 

Karmana tuman xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi. Mazkur 

holatda ham, qonun buzilishi aks etgan. 

       Ushbu holatda Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorining ham qonuniylikka 

zidligini ta’kidlash zarur. 

103-modda   Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik 

asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va 

faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.  

3

       


          Yuqorida ko’rib turibmizki, viloyat, tuman va shahar hokimlari o’z vakolatlarini 

yakkaboshchilik asosida amalga oshirishlari kerak, ya’ni bir viloyat, tuman yoki shaharga 

 

 

2



 “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida” gi qonun / 

https://lex.uz/ru/docs/-112170

  

3

  “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” / 



https://lex.uz/docs/-20596#-39781

 



bir hokim tayinlanishi va o’z faoliyatini olib borishi kerak. Bundan xulosa qilish 

mumkinki, ikki tumanning hokimi bir shaxs bo’la olmaydi.  

          Demak, Karmana tumani hokimlik lavozimiga Xatirchi tumanining hokimi 

tayinlanishi qonuniy emas. 

          Uchinchi muammoga yechim beradigan bo’lsak, kazusda Vazirlar Mahkamasining 

ushbu qarori ustidan e’tiroz bildirgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 

palatasining aslida bunday huquq-vakolati bor edimi? va bu e’tiroz qonuniylikka qanchalik 

mos?  


         12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi 

Qonunchilik  palatasi  davlat  organlarining,  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining 

mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari 

hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan 

tushuntirish  berish  yoki  nuqtai  nazarini  bayon  etish  talabi  bilan  parlament  so‘rovi 

yuborishga haqli.

4

 

             Mazkur normada Qonunchilik palatasi davlat organlarining qarorlari yuzasidan 

e’tiroz bildirib, ushbu qarorlar yuzasidan tushuntirish berilishini talab qilish huquqiga ega 

ekanligi aytilmoqda.  Vazirlar Mahkamasi ham O’zbekiston Respublikasi davlat organidir.  

             38-modda. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan 

hamkorligi 

             Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalari 

va komissiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir 

tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. 

Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar 

to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 

tegishli qo‘mitalarini va komissiyalarini kelishilgan muddatda xabardor qiladi. 

5

 

             Ushbu normada ham Oliy Majlis palatalari Vazirlar Mahkamasi faoliyati 



masalalariga doir e’tiroz, tavsiya va takliflar berish vakolatiga ega ekanligi va bularni 

ko’rib chiqish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 

             Demak, Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasining Karmana tumani hokimlik 

lavozimiga Xatirchi tumani hokimini tayinlashi yuzasidan bildirga e’tirozi qonuniy 

jihatdan to’g’ri va u bunday vakolatga ega. Bu e’tirozning qanchalik qonuniylikka mos 

kelishiga kelsak, O’zbekiston Respublikasining 103-moddasida har bir hokim o’z 

faoliyatini tegishli tuman, shahar, viloyatda yakkaboshchilik asosida olib borishi zarurligi 

va ikki tumanni bir hokim boshqara olmasligi ta’kidlangan, aks holda esa bunday 

boshqaruv  ikki tumanning birlashtirish holatiga olib kelishi Qonunchilik palatasi 

tomonidan to’g’ri tanqid qilingan. 

 

4

  “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi to’g’risida” gi qonun / 



https://www.lex.uz/docs/-51961

 

5



 “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida” gi qonun / 

https://lex.uz/ru/docs/-4636594

 

 



             Kazusdagi vaziyatga umumiy xulosa beradigan bo’lsak, dastavval Navoiy viloyati 

Karmana tumani hokimining lavozimidan ozod etilishi qonuniylikka mos kelmagan holda 

amalga oshirilganini keltirib o’tish zarur hamda Karmana tumanining yangi hokimini 

tayinlash Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilganligi aslida Vazirlar 

Mahkamasining qonuniy vakolatlariga kirmaydi. Uchinchi muammoga yechim tariqasida 

Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga uning faoliyati yuzasidan 

e’tiroz bildirib, parlament so’rovini yuborishga huquqi borligini keltirib o’tilgan. 

 


Download 404,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish