Elektron pochta. Elektron pochta (e-mail — electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir
manzildan ikkinchisiga ma‘lumotlarni jo‗natilishini ta‘minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi
vaqtga bog‗liq emasligida. Elektron xatlar jo‗natilgan za‘otiyoq manzilga boradi va egasi
olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni,
programm fayllarni o‗z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o‗zida bir necha manzillar bo‗yicha jo‗natilishi mumkin.
Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmog‗ning turli xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‗ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan interfeysga ega.
Bunday yondoshuvning mo‘iyati shundaki, xostkompyuterga talab elektron xat ko‗rinishida
jo‗natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni taominlovchi standart yozuvlar to‗plamidan
tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashma nomi
bilan birlashtirish mumkin. MS DOS da foydalanuvchilar uchun bml dastursi qo‗llanilsa, Unix
tizimlar uchun elm dastursi kengroq tarqalgan. Eng qulay va foydalanishga oson dastur —
Microsoft Windows uchun Eudora dan foydalaniladi. Windows 95 operasion tizimida elektron
pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Exrress ilovasi ta‘minlaydi. Bu dasturlar quyidagi
vazifalarni bajaradi:
- matnni yaratadi;
- xat - xabarlarni (korrespondensiyalarni) o‗qish va saqlash;
- xat-xabarlarni o‗chirish;
- manzilni kiritish;
- xat - xabarlarni qabul qilish va jo‗natish;
- turli xujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import (qabul qilish va kerakli
formatga o‗zgartirish), xatga ilova qilish;
- xatlarni mavzusiga qarab ajratish.
Odatda, elektron pochta dasturlari ASCII kodidagi matnlarni ikkilik formatda xam
jo‗natadi. ASCII kodida faqat matnlarni yozish mumkin. Ikkilik fayllarda xar qanday
axborotni saqlash mumkin, shu bois aralash xabarlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish
uchun ikkilik tizim qo‗llaniladi. Munozaralarda ishtirok etish yoki yuborilgan xat - xujjatlar
ro‗yxatini tuzishda xabarni ASCII kodida yozish lozim.
Internetga chiqish imkoniyatiga ega bo‗lgan foydalanuvchi elektron pochtani tarmog‗ning
shlyuzlar yordamida ulangan boshqa manzillari bo‗yicha xat jo‗natishi xam mumkin. Bu xolda
turli tarmoqlar turlicha yuborish usullaridan foydalanishlarini xisob ga olish darkor. Elektron
pochta orqali boshqa tarmoqqa xabar jo‗natishda unda qabul qilingan manzillar tizimini
qo‗llash lozim.