Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/34
Sana31.12.2021
Hajmi2,33 Mb.
#264764
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Amaliyot hisoboti 1(1)

“OTSUSTVIYE  NA  RABOTE  “  hujjati  kiritilganda  xodimning  qachon  ishga  qaytishi 

nomalum  bo’ladi.  Shuning  uchun  hodim  ishga  qaytgan  sanada  “VOZVRAT  NA 

RABOTU”  hujjati  yaratilishi  kerak.  Ana  shunda  tableni  aniq  to’ldrish  mumkin 

bo’ladi. 



 

MAVZU:TASHKILOTLARDA MENEJERLIK FAOLIYATINI YURITISH 

Menejerning korxona faoliyatidagi o’rni  

Menejer ega bo’lishi kerak bo’lgan xususiyatlar 

(Korxonaning ma’muriyat bo’limida o’talgan amaliyot kunlari) 



Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatiniamalga oshiradigan 

va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori 

masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy 

insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat 

bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular 

tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha 




har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha 

taqsimlanadi.Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan 

malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer 

ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini 

tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini 

uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki 

bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ollohdan 

atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, 

muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi 

kerak.Jadvaldan ko’rinib turganidek, qancha rahbar yuqoriroq pog’onani 

egallasa u ko’proq e’tiborni boshqarish strategiyasini belgilashga, aksincha, 

qancha quyi bosqichda bo’lsa ishlab chiqarish sirlarini chuqurroq bilishni 

taqozo etarkan.Menejerlar yaxshi taktikkina bo’lib qolmay, strateg ham 

bo’lishlari kerak. Ular bozor ehtiyojlarini inobatga olishlari, bozorning 

shakllanishida ta’sir etish, talabdagi o’zgarishga egiluvchan shaklda javob 

berish, u maqsadni aniq tasavvur qila olish, ertangi kun muammolarini 

yechish uchun bugundan taraddud ko’ra olish, texnik yutuq va iqtisodiy 

ijtimoiy rivojdan orqada qolmaslik uchun va samarali xo’jalik yuritish kerak. 

Bunga erishish uchun iqtidorli boshqaruv apparatiga ehtiyoj seziladi. Bozor 

sharoitlarida yaxshi natijalarga erishish uchun kadrlar tayyorlash tizimiga 

yangi talablar qo’yiladi, bu tizimda universitet va institutlar alohida o’rin 

egallashi lozim, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, 

iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik 

usullari va texnika vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim. 

           Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo 

takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib 

bormasa, eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar 

ko’rishi mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga 

doimo to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor 

munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish 

rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish .Shu 

yuqoridagi berilgan yo’nalishlarda menejerlar faoliyatini yaxshi rivoj 

topishida o’zining axloqi juda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli hozirgi zamon 

talabi ham menejerlarning professional bo’lishlarini talab qiladi. Xulosa qilib 

shuni aytish mumkinki, zamonaviy boshqarishda rahbarlarning axloqiy 

yo’nalishlari bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribalari asosida ish olib borish 

maqsadga muvofiq bo’ladi.Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilar 

mehnatining ajralmas qismi bo’lib menejmentning funksiyalari operativ 

bajarilishi to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq bo’ladi va ishlab chiqarish 

natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni 

o’zida mujassam etadi. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishga bevosita 

moddiy ta’sir ko’rsatmaydi, ammo ularning mehnati samarali bo’ladi. 

Boshqaruv mehnatining natijasi murakkab hisoblanadi. Boshqaruvchilik 



mehnatining o’ziga xos xususiyati uning aniq o’lchovini belgilash mumkin 

emasligidadir. 

Boshqaruvchilik mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy unsuri 

emas, balki axborot, har xil hujjatlar, boshqaruv yechimlari hisoblanadi. 

Menejer mehnatida axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saqlash asosiy 

o’rinni egallaydi. Bitta buyum ishlab chiqaruvchining texnologik 

operatsiyasiga beshtagacha va undan ko’p operatsiyalar to’g’ri 

keladiBoshqaruv maqsadga yo’naltirilgan jarayondek, avvalambor insonlarni 

boshqarishdir. 

         Inson ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy komponentdir 

va har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqaruvning ham ob’ekti, 

ham sub’ekti bo’la oladi. Har qanday inson u egallagan lavozimidan qat’iy 

nazar vakolatli organlarda o’z aksini topgan jamiyat tomonidan boshqariladi. 

Har qanday darajadagi rahbar o’zining hoxishi bo’yicha boshqarmaydi. Teng 

huquqli jamiyatda jamiyat tomonidan nazoratdan hech kim erkin emas, 

hattoki eng yuqori darajali rahbar - Prezident ham. Jamiyatning har bir a’zosi 

boshqariluvchi hisoblanadi, chunki u ma’lum bir jamoaga kiradi. Shu bilan 

birga jamiyatning har bir a’zosi boshqaruvchi bo’lib hisoblanadi. U ishlab 

chiqarishning haqiqiy xo’jayiniga, ya’ni mulkdoriga aylanadi, shuning uchun u 

butun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda boshqaruvchi sifatida 

ishtirok etadi. U yoki bu darajada u jamoaning ishlari bilan boshqarishda 

qatnashadi.Menejer mehnati o’zini harakatlarida, operatsiyalarda, ya’ni 

insonlarni boshqaruv jarayonini bajarganda mujassamlashadi. U yopiq siklik 

formaga egadir. Boshqaruv jarayoni qo’yilgan maqsaddan boshlanib, vazifa va 

vazifaning yechilishi bilan yakunlanib, maqsadga erishish bilan tugaydi. 

Masala yechilgandan keyin, maqsadga erishishda, yana boshqa vazifa 

qo’yiladi, yangi maqsad va yana boshqaruv jarayoni boshlanadi. 

Korxonalarda menejer mehnati ko’pgina masalalarni hal qilishga qaratilgan 

bo’ladi: 

 



 

texnik, ya’ni uskunalardan foydalanishi, ishlab chiqarish maydonlari 

bilan bog’liq, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va hokazo; 

 



 

texnologik, ya’ni loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni 

takomillashtirish bilan bog’liq; 

 



 

iqtisodiy, ya’ni korxona ichki va tashqi muhitida iqtisodiy 

munosabatlarni takomillashtirish; 



 

 



tashkiliy, ya’ni ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishda boshqaruv 

tuzilmasini takomillashtirish bilan bog’liq; 

 

 



ijtimoiy, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq va 

hokazo. 


Zamonaviy boshqaruv xodimlarining xarakteristiq xususiyatlari - yuksak 

professionalizm va ishbilarmonlik xususiyatlari, boshqaruv bilimi asoslari va 

iqtisodiy fikr yuritishdan xabari bo’lishi kerak. Yuksak ma’rifatli va 

madaniyatli, demokratik, mohirlik va xalqqa hisob qila olish, xalqning 

ehtiyojini bilishi kerak. Bundan tashqari maqsadni ko’ra olish ijtimoiy 

muammolarni yecha olish, jamoani yarata olish va yo’naltirish xususiyatlariga 

ega bo’lishi kerak.Biz doimo o’zgaruvchan olamda yashaymiz. Menejer buni 

boshqalardan ko’proq va yaxshiroq tushunishi kerak. Gap faqat olamdagi yoki 

xalqaro maydondagi katta o’zgarishlar haqida ketayotgani yo’q. Bozordagi 

vaziyat o’zgaradi: talab o’zgaradi, iste’molchilarning qarashlari, bozordagi 

narxlar, raqobat murakkablashadi, yangi tovarlar, texnologiyalar paydo 

bo’ladi, ishchi kuchi sifatiga talab o’zgaradi. Menejerning kasbiy hayotda ham 

bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi: inflyatsiya yuzaga keladi va rivojlanadi, 

hamkorlik va xom ashyo yetkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini 

bajarishmaydi, yangi qonun-qoidalar chiqadi, yuqori malakali mutaxassislar 

pensiyaga chiqishadi yoki boshqa korxonaga ishga o’tib ketishadi, aylanma 

mablag’larda uzilish yuzaga keladi, yoki yanada samaraliroq potensial 

sheriklar uchrab qoladi va hokazolar.Shuning uchun ham menejer har kuni va 

har soatda o’zgaruvchan muhit sharoitiga tayyor turishi talab etiladi. Aks 

holda o’zgarishlarni tezkorlik bilan qayd etib unga muvofiq choralar 

ko’rmaslik tashkilot uchun yomon holatlarni yuzaga keltirishi va menejerni 

bundan faol ish muhitidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bunday tez 

o’zgaruvchanliklarni bartaraf etishda menejer uchun bitta imkoniyat bor-bu 

qaror qabul qilish. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zining (professional) kasbiy fao-liyati davomida 

menejer ko’pgina o’zgarishlarga duch keladi va ularga nisbatan qabul qilingan 

qarorlar turkumlari ham juda keng. Lekin qabul qilingan qarorlarni 

birlashtiruvchi narsa mavjud bo’lib, bu uning faoliyati natijasi-o’z 

mentalitetidir (o’zligi). Shu nuqtai nazardan boshqaruv faoliyati avvalambor 

faoliyat mental xarakter sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham menejerga 

ma’lum mental quvvatga ega bo’lish va uni doimo rivojlantirish va 

takomillash-tirib borish zarur. 



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish