23-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter
hisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun
hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish asosi va tartibi O‘zbekiston
Respublikasining
Jinoyat
protsessual
kodeksining 157—168-
moddalarida belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalterlik hisobida hujjatlar va
hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi Nizomning 28-bandiga qarang (ro‘yxat. № 1297,
14.01.2004-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |