7. Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta’riflang.
8. Falsafa tarixini o’rganish qanday maqsadni ko’zlaydi?
9. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi me’yor hisoblanadi?
10. Ayrim insonning yaxlit falsafiy dunyoqarashi falsafiy plyuralizm asosida
qanday shakllanadi?
11. Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga ta’rif berish qanday amalga
oshirilgan?
12. Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda?
Referat mavzulari
1. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
2. Diniy e’tiqodlarning kurtaklari va tarixiy shakllari.
3. Falsafaning predmeti va uning jamiyatdagi roli.
4. Falsafa tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorligi.
5. Falsafaning asosiy funksiyalari.
6. Falsafa dunyoni bilish usuli sifatida.
7. Madaniyat tizimida falsafa.
8. Insoniyatning muhim muammolarini hal qilishda falsafaning roli.
Bilim va ko’nikmalarni baholash materiallari
1. «Falsafa» so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni
belgilang?
A. YUnoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik
B. YUnoncha, phileo – sevaman va sophia – bilish
V. Lotincha, philo – sevaman va sophi – donishmandlik
G. Lotincha, phileo – sevaman va sophia – donolik
2. Ob’yektiv dunyoga va insonning undagi o’rniga, odamzotning
o’zini qurshagan borliqqa va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatiga
nisbatan yondashuvlar tizimi, bu - ...
A. Dunyoqarash
B. Tafakkur
V. Idrok
G. Tasavvur
3. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. Mif va din
B. Din va san’at
V. San’at va mifologiya
G. Poetika va lirika
4. Dinning asosiy funksiyalari qaysi javobda to’g’ri va to’liq
ko’rsatilgan?
A. Dunyoqarashni shakllantirish, kommunikativ, tartibga solish,
kompensatorlik funksiyalari
B. Dunyoqarashni shakllantirish, komillikka ko’tarish, sabrga o’rgatuvchi
funksiyalari
V. Kamolotga yetkazish, kompensatorlik, kommunikativ funksiyalar
G. Boshqaruvchi, tartibga soluvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi,
kompensatorlik funksiyalari
5. Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan
javobni belgilang?
A. Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika,
aksiologiya, falsafiy antropologiya
B. Fenomenologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa,
etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
V. Pragmatizm, pozitivizm, strukturalizm, etika, estetika, aksiologiya,
fenomenologiya
G. Ontologiya, ma’naviyat asoslari, g’oyalar falsafasi, falsafa tarixi,
antropologiya
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.-174
b
2. Falsafa asoslari . Q .Nazarov tahriri ostida. -T.: SHarq, 2005
3. Falsafa M.Axmedova tahriri ostida. -T.: O’FMJ, 2006.
4. Qahharova SH. Falsafaga kirish. -T.: Universitet, 2005.
5. Vvedeniye v filosofiyu: Uchebnoye posobiye dlya vuzov / I.T.Frolov i dr. 3-e
izd., pererab. i dop. -M.: 2003.
6. Velikiye filosofskiye ucheniya / Red. i per. I.S.Vdovinoy. -M.: AST, 2005.
7. SHermuxamedova N.A. Ssiyentizm va antissiyentizm// Falsafa va fan
metodologiyasi. -T.: Universitet, 2005.