Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal
qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va
nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni
bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish,
metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni
qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan
vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |