89
mavjud desa mubolag’a bo’lmaydi. Har yili o’nlab mineral xom-ashyo konlari
ishga tushirilayapti.
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan
namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom
ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb
etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib toplgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari
970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral-xom
ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiqroq baholanadi(Karimov,1997) .
O’zbekistonda qazilma boyliklarni qidirib topish, ishga tushirish, qazib
olish, tashish jarayonlarida ko’plab yerlar qaziladi, keraksiz tog’ jinslari
ag’darmalari vujudga keladi.
Zilzila, surilma va sel xavfi bo’lgan O’zbekistonning tog’oldi va tog’li
hududlarida joylashgan chiqindixonalar ekologik xavfsizlik talablariga to’la javob
bermaydi. Gaz, neft va boshqa qazilmalarni ko’plab chiqarilishi zilzila va
surilmalarga sabab bo’lishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida O’zbekiston xom- ashyo bazasi hisoblanib, oltin,
volfram, mis, uran, neft, gaz, ko’mirning ko’plab qazib chiqarilishi qayta
tiklanmaydigan bu resurslar zaxirasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ayrim konlardagi
gaz zaxirasi tugash arafasida. qazilma boyliklardan to’liq foydalanishning
ta’minlanmanganligi natijasida tog’-kon sanoatida hosil bo’ladigan chiqindilar
atrof muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
O’zbekistonda 60 yildan ortiq vaqt davomida uran qazib olinadi. Bu davr
ichida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslangan uchastkalar hosil bo’lgan va ularda
mahsus dastur bo’yicha dezaktivatsiya, rekultivatsiya qilish lozimdir.
O’zbekistondan 30 km. masofada Maylisuv(qirg’iziston) daryosi qirg’oqlarida 23
chiqindixona va 13 ag’darmalarda katta xajmdagi radioaktiv chiqindilar saqlanadi.
Bu regional ekologik halokat manbasidir. Sel yoki surilma natijasida bu
chiqindilarning Maylisuv, qoradaryo va Sirdaryoga tushishi O’zbekistonda 300
km
2
maydonda, 1,5 mln.dan ortiq aholi yashaydigan hududda ekologik halokat
keltirib chiqarish mumkin(Natsionalno’y doklad, 2005).
Mineral resurslardan foydalanishni tartibga solish uchun O’zbekistonda «Er
osti qazilmalari to’g’risida»gi(2002) qonun qabul qilingan.
Chiqindilar muammosini hal qilish O’zbekistondagi eng dolzarb ekologik
muammolardan hisoblanadi. Tog’-kon sanoati eng katta xajmdagi chiqindilarni
beradi. Har yili o’rta hisobda 100 mln.tonnadan ortiq sanoat, maishiy va boshqa
chiqindilar vujudga keladi va 15-20% zaxarlidir. Respublikada chiqindilarni
joylashtirish va zararsizlantirish, qayta ishlash talabga to’la javob bermaydi.
Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida eng ko’p chiqindilar
hosil bo’ladi va joylashtiriladi. qayta ishlanadigan qattiq chiqindilar 14-15%ni
tashkil qildi. Bu sohadagi faoliyatni tartibga solish maqsadlarida O’zbekistonda
2002-yili «Chiqindilar to’g’risida»gi qonun qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: