Chiqindili texnologiyalar va chiqindisiz texnologiyalar
51
Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish
texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining
o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va
boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan
boiib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi.
Texnologik jarayonlarda chiqadigan chiqindilarni kamaytirish yoki atrof-muhitga
zararsiz chiqindilarga aylantirish texnika taraqqiyotining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Har qanday yangi texnologiya o’lining yaratilish davrida uch asosiy
bosqichdan o’tadi. Bular ilmiy-tadqiqot, loyiha-texnika jihatdan ishlab chiqarish,
ishlab chiqarishda o’zlashtirish. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish,
bu ijtimoiy-iqtisodiy muammo, ayniqsa kimyoviy texnologiyada judayam zarur
hisoblanadi. Buning uchun mavjud texnologik jarayonlardan eng optimallarini
tanlash va ishlab chiqarishda qoilash kerak. Mavjud davriy jarayonlardan uzluksiz
jarayonlarga o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi davriy jarayonlar natijasida
chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash birmuncha qiyinchilik tug’diradi, uzluksiz
jarayonlarni shunday tanlash kerak boiadiki, chiqadigan chiqindilarni boshqa
texnologik jarayonda qoilash imkoniyati paydo boisin.Bunday jarayonlarni tadbiq
etish natijasida chiqadigan chiqindilar miqdori kamayadi. Xom ashyodan kompleks
foydalanish mumkin boiadi. Ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish
(buning uchun qurilmalami, katalizatorlarni, xom ashyolami yangi turlarini topish
kerak bo’ladi). Qurilmalaming yakka quwatini oshirish(ishlab chiqarishda
chiqindilarni kamaytirishdagi bu yoi asosan, mehnat qurollari va vositalarining
konstruksiyalarini o’zgartirishdan iborat). Mustaqil Respublikamizda kimyo,
metallurgiya, mashinasozlik, transport va sanoatning boshqa tarmoqlarida
foydalaniladigan qurilmalaming quwatini (hajmini) oshirish bo’yicha katta ishlar
amalga oshirilmoqda. Masalan, hozirda qo’llanilayotgan bitta ammiak ishlab
chiqarish qurilmasi, ilgari qoMlanilgan bir nechta qurilma o’mini egalladi.
Qurilmalaming bir marta ishlab chiqarish quwatini oshirish, unga bo’Igan
eksplutatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, 5000 m
3
hajmli domna pechini
qurish 5 ta 1000 m
3
hajmli domna pechlari qurishga nisbatan 2,5 baravar arzon
bo’lib,eksplutatsion xarajatlari esa ikki marta kamdir. Chiqindisiz texnologiyani
ishlab chiqarishda qo’llash bir necha yo’nalishda olib boriladi:
•
Suvni minimal talab qiluvchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish.
•
Mavjud xom ashyolar o’rniga zaharsiz xom ashyolami qo’llash.
•
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarda uchuvchan
erituvchilardan tashqari, boshqa chiqindilarni minimumga keltirishga erishish.
•
Energo-texnologik sxemalarni qoilash kerak.
•
Yuqori samarali tozalash usullarini qo’llash kerak (oqava suvlarni, gazlarni
va qattiq chiqindilarni tozalash uchun).
•
Chiqindisiz ishlab chiqarishda xom ashyodan va energiyadan maksimal va
toiiq foydalanish kerak.
•
Jarayonning selektivligini oshirish uchun qo’shimcha moddalar va
chiqindilarni zararsizlantirish, kamaytirish, texnologik jihozlami va tozalash
usullarini yangilash kerak.
52
•
Agar mumkin boisa, suv aylanishidan maksimal foydalanish yoki oqava
suvlarsiz (ishlab chiqarish davomida oqava suv chiqarmasdan) ishlab chiqarishga
erishish kerak.
Ishlab chiqarishni intensifikasiyalash yo’llaridan biri energiya, xom ashyo,
material, katalizatorlardan ratsional foydalanishdan iborat. Ba’zi bir apparatlarda,
masalan, domna, koks, marten pechlarida muhim jarayonlarni shu apparatlardan
chiqayotgan issiqlikni regeneratsiya qilmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Texnologik jarayon uchun zarur haroratni berish uchun, issiq gazlar regenerator
orqali o’tkazilib, uning yordamida apparatga berilayotgan havo va gaz zarur
haroratga qadar qizdirib olinadi, so’ngra yoqilg’i sifatida apparatga kiritiladi.
Texnologik jarayonlaming gazsimon mahsulotlari va chiqindi gazlar utilizator
qozonlari orqali chiqarilib, bug’ hosil qilishda ishlatiladi. Regeneratsiya va
utilizatsiya natijasida jarayonning F.I.K.(foydali ish koefTitsienti)ortadi. Ayniqsa,
katalizatorni doimiy ravishda regeneratsiya qilib turilishi shart, chunki ulaming
faolligi texnologik jarayonlar natijasida juda tez pasayadi. Ular o’rniga yangisini
qo’llay berish iqtisodiy jihatdan qulay emas. Regeneratsiya faqat iqtisodiy va
texnologik jihatdan maqsadga muvofiq boimasdan, balki u ekologik ahamiyati
jihatidan ham maqsadga juda muvofiqdir. Issiqlik va materiallarni tejash
maqsadida ko’pgina texnologik jarayonlar qarama-qarshi oqimli apparatlarda
o’tkaziladi. Qarama-qarshi oqim jarayonlarni tezlatish bilan birga, materiallar va
issiqlikdan to’liq foydalanish imkonini beradi. Lekin shunday bo’lishiga
qaramasdan, sanoatda ba’zan jarauonlar kam rentabelli hisoblangan to’g’ri oqimli
prinsip asosida olib boriladi. Masalan, qayta ishlanayotgan materiallar yuqori
harorat ta’sirida parchalanish xossasiga ega bo’Isa, bunday holatda qarama-qarshi
oqimli prinsipni qoilab bo’lmaydi. Chunki apparatning pastki qismida harorat
yuqori bo’ladi.
Materiallaming qayta ishlash soniga ko’ra jarayonlar orasi ochiq yoki to’g’ri
aylanma, sirkulyatsion yoki siklik bo’lishi mumkin. Orasi ochiq yoki to’g’ri
jarayonlarda materiallar apparatga faqat bir marta tushadi, aylanma sirkulyatsion
yoki siklik jarayonlarda esa materiallar apparatga faqat bir marta tushadi ya’ni
bunda reaksiyaga kirishmay qolgan qismi yangi qism materiallari bilan birgalikda
yana apparatga tushiriladi.
Aylanma jarayonlar kimyo sanoatida juda keng qoilaniladi. Masalan, azot va
vodorod aralashmasidan ammiak sintez qilishda boshlang’ich moddalar reaksiyaga
toiiq kirishmaydi va ular yangi boshlang’ich moddalar bilan birgalikda yana
apparatga kiritiladi.
Siklik va orasi ochiq jarayonlar ham to’g’ri oqimli va qarama- qarshi oqimli
usullar bilan olib borilishi mumkin. Ko’pincha sanoat tarmoqlarida yuqorida
keltirilgan jarayonlar birga olib boriladi.
Sanoatda ishlab chiqarishdan chiqqan materiallar ko’p hollarda ikkinchi marta
ishlab chiqarishga kiritiladi. Regeneratsiya prinsipi (regeneretsiya atamasi
«regenevo» so’zidan olingan bo’lib, «qayta tiklash, qayta hosil qilish» demakdir).
Masalan, Eski- rezina texnika mahsulotlari kislota va ishqorlar yordamida
ishlanganda, uning tarkibidagi to’qima materiallar ajralib qoladi, eritmaga o’tgan
rezina (regenerat) esa boshqa rezina mahsulotlari olishda xom ashyoga qo’shib
53
yuboriladi, yoki tabiiy gazlami kimyoviy yo’l bilan tozalshda soda eritmasidan
foydaslaniladi, hosil bo’lgan eritma (NaHS+NaHCO
3
> qizdirilganda undan yana
soda eritmasi hosil bo’ladi, bu eritma (NaHS+NaHCO
3
->NaCO
3
+H
2
S) ikkinchi
marta ishlab chiqarishga kiritiladi, yoki ishdan chiqqan metall dctallarni u yoki bu
yo’l bilan suyuqlantirib qaytadan yangi detallar ishlab chiqariladi. Faqat
materiallar emas balki energiya ham regeneratsiyalanadi: ko’pgina texnologik
jarayonlarda ishlab chiqarishdan chiqadigan gazlar issiqligidan keng foydalaniladi.
Masalan, po’lat ishlab chiqarishda marten pechlarida, cho’yan ishlab chiqarishda
domna pechlarida hosil bo’layotgan gazlardan ishlab chiqarishda takror
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |