AMALIY MASHG‘ULOT №7
Korpus tipidagi detallarni ishchi chizmalarini yaratish (4 soat)
1. Ishdan maqsad:
AutoCAD dasturi yordamida korpus tipidagi detallarni ishchi chizmalarini
yaratishni o‘rganish.
2. Ishning mazmuni:
Mashinalarning korpus tipidagi detallarini ishchi chizmalarini AutoCAD dasturi
yordamida loyihalash.
3. Ish joyining jihozlanishi va uskunalari:
Kompyuterlar Pentum IV rusmdagi, «AutoCAD» dasturi yuklangan
Proektor BENQ MP 514
Skaner BENQ SCANNER 5000
Printer Canon LBP 2900
4. Korpus tipidagi detallar haqida umumiy ma'lumot:
Korpus detallar mexanizmining barcha qismi va elemantlarini to‘g‘ri
joylashtirish, ularni ishlash muhitini yaratishda muhim ahamiyatga egadir.
Korpus detallar murakkab tuzlishga ega bo‘lishi bilan ham boshqa
detallardan farq qiladi. Ularda moslama, dastgohga o‘rnatish uchun ishonchli yuza
mavjud emas. Shu sababdan ko‘pchilik hollarda detalni qo‘zg‘atish, bir dastgohdan
ikkinchi dastgohga o‘tkazish moslama – sputnik bilan birga amalga oshiriladi.
Odatda texnologik tayanch sifatida ikkita o‘zaro paralel o‘qli teshiklar va
perpendikulyar tugal yuza olinadi. Shu tayanchlarni butun texnologik jarayon
davomida doimiy saqlab turish, ishlov berishda yuqori aniqlikka erishish va bir xil
tuzilishga ega bo‘lgan moslamalardan foydalanish imkonyatini yaratadi. Korpus
detallarining uzunligi yetarli bo‘lmaganda yoki u yuzalarda tayanch teshiklar
bo‘lmaganida qo‘shimcha tayanch teshikli yuza hosil qilinadi va detalga shu
tayanch elementlarga nisbatan ishlov beriladi.
Korpus detallariga ishlov berishda ko‘pincha avtomatik tizimalardan keng
foydalaniladi. Korpus detallarni tayyorlashda frezerlash, parmalash, rezvertkalash,
rostochka, protyajka, rez’ba qirqish va boshqa turdagi ishlov berishlar amalga
oshiriladi. Shu bilan birga avtomotik liniyada alohida vtukalarni presslash,
boltlarni tortish kabi sodda yig‘ish, yuvish, nazorat qilish, saralash operatsiyalari
ham amalga oshiriladi.
Korpus detallar kulrang, yasama cho‘yan va alyuminiy qotishmalaridan
quyib tayyorlanadi, bu usulda zagotovka ixcham, kam massaligi bilan ajratilib
turadi. Bundan tashqari bu turdagi korpus detallarning alohida qismlarini ularning
funksional vazifalariga qarab ligerlangan, kam ligerlangan yoki uglerodli
po‘latlardan tayyorlash va shuning hisobiga detal materiali tannarxini kamaytirish
mumkin bo‘ladi. Shuningdek prokat, shtamplangan va quyma elementlardan ham
foydalanish mumkin bo‘ladi.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |